4 Akimova M.K., Gurevich K.M. Psixologicheskaya diagnostika.M., ≪Piter≫,2005, 18-6. . ----------- _ 17 O’ TerDU ARM I
qoilay boshladi. Bunda tajribalar yordamida qoiga kiritilgan reaksiya vaqti bo‘yicha individual farqlar tekshiruvchilaming individual xususiyatlaridan emas, balki assotsiatsiyalar xarakteridan keiib chiqib tushuntirildi. XIX asming oxirlarida G. Ebbingauz birinchi boiib xotira qonunlarini o‘rgandi. Amerikalik psixolog Dj. Kettel diqqat hajmi va o‘qish malakalarini tadqiq qildi. Taxistoskop yordamida u turli omillar -
shakl, harf, so‘zlarni idrok qilish va so‘z bilan atash uchun zarur boiadigan vaqtni aniqladi. Uning tajribasida diqqat hajmi 5 ta omildan iborat bo‘ladi. Aylanayotgan barabandagi harf va so‘zlarni o‘qish bo‘yicha eksperimentlar o‘tkazib, Kettel antitsipatsiya fenomenini (idrokning ilgarilab ketishi) qayd qildi. Eksperimental metod psixologiya fanida lceng qo‘llanila boshlanishi odamlar orasidagi individual farqlar haqidagi bilimlarni yuzaga kelishiga olib keldi, Psixodiagnostika yuzaga kelishining ikkinchi manbai differensial psixologiyadir. Differensial psixologiyaning predmeti
individual psixologik xususiyatlar boiib, psixodiagnostika ularni o’lchash metodlari haqidagi fan sifatida yuzaga keldi. Ushbu ikkita manbadan tashqari amaliyot talab va ehtiyojlari ta’sirida psixodiagnostika tarkib topdi. Psixologik testlar tarixi.Testlar juda katta tarixga ega. Qadim davrlardanoq turli xil maqsadlarda insonning qobiliyatlari, bilimko'nikma va malakalari sinalib kelingan. Masalan, eramizdan avvalgi uch ming yillik o‘rtalarida Qadimgi Vavilonda xattotlar tayyorlovchi maktabni bitiruvchilarni sinash yoiga qo‘yildi. Kasbiy jihatdan tayyorgarlik ko‘rgan xattot mahalliy madaniyatning markaziy namoyondasi hisoblanib, u 4 ta arifmetik amalni, Yer oichashni mol-mulkni boiishni bilishi hamda ashula aytish va musiqa asbobini chalish san’atini egallagan boiishi shart edi. Qadimgi Misrda ham maktablarga qabul qilishda nomzodlar muayyan sinovlardan o‘tishlari zarur boigan. Avvalo ular bilan suhbat o‘tkazilgan, tarjimai holga taalluqli maiumotlar qoiga kiritilgan, maiumotlilik darajasi aniqlangan. Bulardan tashqari ularning tashqi ko‘rinishi, suhbat olib borish malakasi ham baholangan. Shundan so‘ng mehnat qilish, boshqalami eshita olish, jim tura olish malakalari tekshirilgan. Olovdan, suvdan, qorong‘u yertoialarda yolg‘iziik, qo‘rqinch hislari sinalgan. Malum boiishicha, bunday qattiq sinovlardan mashhur olim Pifagor ham muvaffaqiyatli o‘tgan. Keyinchalik Gretsiyaga qaytgach, u shunday maktabga asos soldiki, unga kiruvchilar o‘zi boshidan o‘tkazgan sinovlardan albatta o‘tishlari shart boMgan. Manbalaming dalolat berishicha, (Goiitsin N.N.,1855) Pifagor aqliy qobiliyatlaming muhim ahamiyatga egaiigiga alohida e’tibor bergan. Buning uchun
esa ularning aynan aqliy qobiliyatlarini diagnostika qilish zarurligini ta’kidlagan. Nomzodlarga murakkab matematik masala berilib, agar uni yecha olsalar, ular maktabga darhol qabul qilinganlar. Masalani yecha olmaganlarni esa o‘quvchilar to‘plangan zalga olib kirib, ular ustidan kulib, masxaralab, turli laqablar berishgan. Agar bunday nomzodlar bu holatdan muvaffaqiyatli chiqa olsalar, ya’ni ularga javob qaytara olsalar hamda o‘zlarini tuta bilsalar ulami maktabga qabul qilganlar.
Pifagor yoshlarning yurishi va kulishiga alohida ahamiyat bergan, chunki ularning fikricha bular inson xarakterining eng yaxshi ko‘rsatkichi hisoblanadi. U ota-onalar va o‘quvchilaming tavsiyanomalariga diqqat bilan munosabatda boiib, yangi o‘quvchilarning o‘z fikrini erkin bildira olishi, tortinmasligi, suhbatdoshlari bilan munozara qila olishini sinchikovlik bilan kuzatar edi.
Eramizdan 2200 yil avval qadimgi Xitoyda hukumatda amaldorlik lavozimini, martabasini qoiga kiritish uchun qobiliyatlami tekshirish tizimidan o‘tish talab qilinar edi. Amaldorlar har 3 yildaqaytadan imtihon qilinib, imperatorning o‘zi 6 yo‘nalish: musiqa, kamondan otish, otda yurish, yozish, hisoblash, rasm-rusumlarni bilish bo‘yicha ulami sinovdan oikazardi. Davlat uchun imtihonlar tizimi qobiliyatli, zehnli, zukko kishilarni rahbarlikka tanlab olishda katta ahamiyat kasb etar edi. 0 ‘rta asrlarda Vetnam davlatida lavozimlar uchun turli xil imtihonlar va sinovlar uyushtirilar edi. 1370 - 1372 yillar mobaynida barcha harbiy va fuqaro amaldorlarini qayta attestatsiyadan o'tkazilishga erishildi. Buning natijasida Vetnam yana kuchli feodal
mamlakatga aylandi.
XV asrda sinovlarni o'tkazish tartibga solindi. Ular bosqichlar, turlar bo‘yicha oikazila boshlandi. Imtihonda yuqori darajalarni ta’sis etish katta tantanalar bilan amalga oshirila boshlandi. Laureatlar podsho tomonidan taqdirlanib, ularning nomlari poytaxt Sharqiy darvozasiga osib qo‘yiladigan “oltin ro‘yxat”ga kiritilar edi. Bu tarixiy maiumotlar individual qobiliyatlarni sinash ko‘pChilik davlat ijtimoiy hayotining muhim va ajralmas qismi deb qarash to‘g‘risida xulosa chiqarish imkonini beradi. Biroq, yuqorida keltirilgan maiumotlar asosida testlar tarixi va keng yoyilishi to‘g‘risida gapirish mumkinmi? Agar “test” so‘zining inglizchadan “sinash”, tekshirish, sinab ko‘rish deb tarjima qilinishi ko‘zda tutilsa, bu savolga “ha” deb javob berish mumkin. Biroq hozirgi paytda testai bunday ta’riflab boimaydi. Vaqt o‘tishi bilan test to‘g‘risidagi kundalik hayotiy tasavvurlar bilan ularning ilmiy tushunish o‘rtasida katta farq borligi sezila boshlandi. Har qanday test o‘z ichiga sinash elementlarini olsada, u
faqat sinov emas, balki hozirgi vaqtda bir qancha ilmiy talablarga javob beradigan tadqiqot metodidir. Fan rivojianishining har bir bosqichida testlarga qo‘yiladigan talablar va ularning o'zlari ham o'zgarishlarga uchraydi. XX asr boshlarida qobiliyatlarni o‘rganishga boigan amaliy ehtiyojlar individual farqlarni tadqiq qiiish ilmiy muammosi shaklida tarkib topdi. Bu muammo dastlabki testlarning paydo
boiishi uchun turtki boidi. Mashhur ingliz olimi F. Galton 1884 - 1885 yillar davomida tadqiqotlar oikazdi. Uni 5 yoshdan 80 yoshgacha boigan kishilar arzimagan haq evaziga labaratoriyalarda ularning jismoniy xususiyatlari - reaksiya tezligi, kuchi, organizmning qator fiziologik imkoniyatlari hamda psixik sifatlarini, jami 17 koisatkich bo‘yicha o‘zlarini tekshirib koi'ishlari mumkin edi. Bu ko‘rsatkichlar qatoriga - bo‘yi, ogirlik,
o'pkaning ogirlik sigimi, kaft va musht kuchi, harflarni esda olib qolish, ko‘rish o‘tkirligi, ranglarni farqlash va boshqalar kiritildi.