Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


-MAVZU: IJTITNOIY PERSEPSIYA VA UNING MEXANIZMLARI



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə48/92
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#176085
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya

14-MAVZU: IJTITNOIY PERSEPSIYA VA UNING MEXANIZMLARI.
Asosiy savollar
1.Shaxslararo idrok. uning effekti.
2.Kauzal atributsiya. atributsixa turlari.
3.Inson obrazining shakllanishi.
4.Asosiy mexanizmlarni o'rganish.
5.lkkinchi shaxsni tushunish mexanizmlari.
Shaxslararo idrok. uning effekti.
Muloqotning perseptiv tomoni kishini kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilami tushunib olish bilan kishi suhbatdosh bilan bo'ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini
aniqroq belgilab oladi.
Birgalikdagi faoiiyatning muvaffaqiyatli ro'y berishi ko'p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotgani, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasawurlar shakllanayotganligiga bog'liq. Bu esa muloqotning perseptiv tomonini o'rganish zaruriyatini vujudga keltiradi. Kishilaming birbirini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo'lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi. Insonning inson tomonidan idrok etilishi «ijtimoiy persepsiya» deyiladi. Dastlab, bu atama J. Bruner tomonidan 1947-yilda ishlatilgan bo'lib, u perseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinatsiyasini anglatgan. Keyinchalik bu atama ijtimoiy obyektlami, ya’ni odamlar, ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan. Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda individ quyidagilarni idrok etishi mumkin: o'z guruhiga mansub individni, boshqa guruhga mansub individni, o'zining guruhini, o'zga guruhni. Ijtimoiy perseptiv jarayonlarda guruh quyidagilarni idrok etishi mumkin: o'z individini, o'zga guruh individini, o'zini, o'zga guruhni.
Muloqot jarayonida insonlar bir-birini idrok etar ekan, bunda attraksiya (o'ziga jalb etish) jarayoni yuz berishi, ya’ni idrok etilayotgan kishiga nisbatan «yoqtirish hissi» paydo bo'lishi mumkin. Attraksiya
subyektning persepsiya obyektiga nisbatan bo'lgan emotsional munosabati sifatida shakllanadi.
Muloqot ishtirokchilari o'z ongida bir-birlarining ichki dunyosini qayta tiklashga, his-tuyg'ularini, xulq-atvorining sabablarini fahmlab yetishga harakat qiladi. Shaxs boshqa odamlarning tashqi qiyofasi, ulaming
fe’l-atvori va xatti-harakatlari, ularga qo'llanadigan kommunikativ vositalar orqali o'zi bilan muloqotga kirishgan odamlarning kimligini tushunib yetish, ulaming qobiliyatlari, niyatlari kabilar haqida xulosa
chiqara olish uchun muayyan ishni bajarishiga to'g'ri keladi.
X Taniqli psixolog S.L. Rubinshteyn shunday deb yozgan edi: «Kundalik hayotda odamlar bilan muloqotga kirishar ekanmiz, biz ulaming xulq-atvoriga qarab mo'ljal olamiz. Negaki, biz ulaming tashqi ma’lumotlari mohiyatini go'yo «o'qib», ya’ni «mag'zini chaqib» chiqamiz, shu yo'sinda matnning ichki psixologik jihati mavjud bo'lgan mazmunini aniqlaymiz. Bunday o'qish naridan beri tez yuz beradi, chunki atrofdagilar bilan muloqot jarayonida bizda muayyan darajada ularning fe’l-atvoriga nisbatan avtomatik tarzda amal qiladigan
psixologik ichki ma’no hosil bo'ladi.»
Muloqotning perseptiv jihati — kishining kishi tomonidan idrok etilishi, tushunilishi va baholanishi demakdir.
Muloqot jarayonida kamida ikki kishi ishtirok etadi. Kishining qiyofasi, xatti-harakati asosida suhbatdosh haqida tasavvur hosil qilinadi. Birbirini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g'oyat muhimdir:
1. Identifikatsiya — inson o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo'yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.
2. Empatiya — inson o'zini xayolan suhbatdoshi o'miga qo'yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi.
3. Refleksiya — inson suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi.
4. Stereotipizatsiya — inson suhbatdoshini tushunishga intilishi yo'lida muayyan shablonlardan foydalanishi.
Identifikatsiya (lotincha «tenglashtirish», «aynan o'xshatish») bir kishining ikkinchi kishini uning ta’rifmi subyektning o'z ta’rifiga anglanilgan yoki anglanilmagan tarzda o'xshatilishi orqali tushunish usulidir. Odamlar o'zaro birgalikda harakat qilish vaziyatlarida boshqa kishini o'zining o'miga qo'yib ko'rishga uringan holda uning ichki holati, niyatlari, o'y-fikrlari, mayllari va his-tuyg'ulari haqida taxmin qiladilar. Masalan, avgust oyi kunlaridan birida universitet qoshida hayajonlangan holda kitobni varaqlayotgan abituriyentlarni uchratib qolgan talaba o'zining abituriyentlik davrini eslaydi, ularning ruhiy holatini xayolan o'z boshidan kechira boshlaydi.
Refleksiya — (lotincha «aks ettirish») — o'z fikr va kechinmalarini tahlil qilish va mulohaza yuritish, ya’ni muloqotga kirishuvchining suhbatdoshi uni qanday idrok etayotganligini anglashi. Kishining kishi
tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o'zini ham aks ettiradi. Agar kishi o'zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to'liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo'lsa, ular bilan bexato aniqlikda o'zaro ta’sir o'matishi mumkin. Biroq subyekt hamma vaqt bunday aniq ma’lumotga ega emas. Shuning uchun u boshqalar xattiharakatining sabablarini o'ylashga majbur bo'ladi.
Kishilar bir-birini idrok etishi jarayonida turli effektlar yuzaga kelishi mumkin. Ular orasida quyidagi uchta effekt ancha chuqur

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin