Stereotipizatsiyaodamlar ongida muloqotlar mobaynida shakllanib o‘rnashib qolgan ko‘nikib qolingan obrazlardan shablon sifatida foydalanish hollaridir. Ijtimoiy stereotiplar har bir shaxsda u yoki bu guruhli kishilar haqida shakllangan obrazlardir. Stereotipizatsiya — inson suhbatdoshini tushunishga intilishi yo'lida muayyan shablonlardan foydalanishi. Stereotipizatsiya — (grekcha «o‘zgarishsiz, takrorlanish») stereotipga mos ma’lum yoki taxminan ma’lum bo‘lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo'li bilan xulq normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash. Ba’zan muomala jarayonida noto‘g‘ri stereotip vujudga keladi. Masalan, A.A. Bodalyev tomonidan o'tkazilgan suhbatga ko'ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasawurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So'ralgan 72 kishining 9 tasi yuzi kvadrat ko'rinishga ega bo'lganlar kuchli, irodali; 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli; 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo'ysunmas xarakterga ega; 5 kishi bo'yi o'rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar; 5 kishi chiroyli kishilar yo ahmoq yoki o'zini sevuvchi kishilar bo'ladi, deb ta’kidlangan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar tashqi qiyofasi ham muhim o'rin tutadi.
Amerikalik psixologlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot bunga misol bo'la oladi. 400 o'qituvchiga baholash uchun tarqatilgan rasmlar ularga 200 nafari ijobiy, chiroyli, 200 nafari esa salbiy, xunuk, yoqimsiz deb ta’rif bergan. A.A. Bodalev va uning shogirdlari bunday stereotiplar ba’zan muloqotni to‘g‘ri yo‘nalganligini ta’minlasa, boshqa hollarda esa undagi xatoliklarning sababi bo‘lishi mumkinligini kuzatishgan. Idrok va tushunish borasidagi bunday xatoliklar kauzal atributsiya (lotinchasiga “kauza" — sabab, “atrebutsio" — bermoq, qo‘shib bermoq ma’nosini bildiradi) deb ataladi.
Masalan, o‘qituvchi bilan hamsuhbat bo‘lib qolgan odamda suhbat boshidayoq “hozir odob-ahloqdan dars berishni boshlamasmikan" degan shubha paydo bo‘lishi mumkin. Bu ham stereotip. Bundan tashqari, odamlar birinchi marta ko‘rgan odam to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish maqsadida uning tashqi qiyofasi bilan xarakteri o‘rtasida bog‘liqliklar o‘rnatishga harakat qilarkan, shunday bog‘liqliklarni aniqlash maqsadida A.A. Bodalev talabalar guruhiga turlicha qiyofali shaxslarning fotosuratlarini ko‘rsatgan. 72 kishidan 9 tasi iyagi katta kishilar kuchli iroda egalari ekanligini, 17 tasi peshonasi keng odamlar aqlli ekanliklarini, 3 kishi sochi qattik odamlarning qaysarroq, qatiy ekanliklarini, 5 kishi kichik bo‘yli odamlar hokimiyatga intilgan, boshqalar ustidan buyruq berishga moyil, chiroyli odamlar yo o‘ta o‘ziga bino qo‘ygan yoki nodon bo‘lishligini aytishgan va hokazo.
Tabiiyki, bunday fikrlar mutlaq to‘g‘ri emas, lekin kishilar ongida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan tasavvurlar shunday obrazlarni shakllantirgan. Notanish odam haqida tushunchaning shakllanishida u haqida berilgan birlamchi ma’lumot katta rol o‘ynaydi. Masalan, talabalarning ikki guruhiga bir xil portret ko‘rsatib, birinchi guruhda bu odam yirik olim, ikkinchisida esa, bu — davlat jinoyatchisi deb, unga ikkala holda ham ijtimoiy-psixologik xarakteristika berishlarini so‘ragan. Ko‘rsatmalar har xil bo‘lganligi sababli berilgan ta’riflar ham har xil bo‘lgan. Birinchi guruhdagi talabalar bu odam mehnatkash, mehribon, shafqatli, g‘amxo‘r, aqlli bo‘lsa kerak, deyishgan bo‘lsa, ikkinchi guruhdagilar uni – beshafqat, makkor, qatiyatli deb ta’riflashgan. Birinchi guruhdagilar portretdagi ko‘zlarni dono, muloyim deyishgan bo‘lsa, boshqalar ularni yovuz, beshafqat deb aytishgan.
SHunday qilib, ijtimoiy persepsiya yoki odamlarning bir-birlarini to‘g‘ri idrok etish va tushunish jarayoni muloqotning muhim muammolaridan biridir. Bu jarayon psixologik jihatdan murakkab bo‘lib, unda muloqotga kirishayotgan tomonlarning har biri alohida ana