Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya


-MAVZU: SOTSIAL PSIXOLOGIYADA GURUHLAR MUAMMOSI



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə55/92
tarix13.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#176085
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Guliston davlat universiteti sotsial psixologiya

15-MAVZU: SOTSIAL PSIXOLOGIYADA GURUHLAR MUAMMOSI

Asosiy savollar:


1.Ijtimoiy psixologiyada kichik guruh muammosi. Kichik guruh klassifikatsiyasi
2. Kichik guruhlarning o‘lchami..
3. Kichik guruhning tuzilishi va dinamik xarakteristikasi
4.. Kichik guruhlarning shakllanishi. Konformizm hodisasi.
5.Guruhiy qarorlar qabul qilish.
6.Ijtimoiy fasilitatsiyasi va ijtimoiy ingibitsiyahodisasi.
7.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar


Tayanch tushunchalar: Ijtimoiy psixologiya, shaxslararo munosabatlar, psixologik yondoshish, sotsiologik yondoshish, kichik guruhlar.

Jamoalarda psixologik o‘zaro moslik. Guruh hayoti va undagi a’zolarning o‘zlarini yaxshi xis qilishlari ko‘p jihatdan ularning hamkorlikda ishlay olishlari va bir - birlariga ijobiy munosabatda bo‘la olishlariga bog‘liq. Bu xodisani tushuntirish uchun psixologiyada psixologik moslik tushunchasi mavjud. Psixologik moslik deganda, guruh a’zolari sifatlari va qarashlarining aynanligi emas, balki ular ayrim sifatlarining mos kelishi, qolganlarining kerak bo‘lsa, tafovut qilishi nazarda tutiladi.


Moslikning mezoni sifatida N. Obozov quyidagilarni ajratadi: a) faoliyat natijalari; b) a’zolarning sarflagan kuch - energiyalari; v) faoliyatdan qoniqish.
Ikki xil o‘zaro moslik: psixofiziologik va ijtimoiy psixologik. Birinchi xolatda faoliyat jarayonida odamlarning bir xil va mos tarzda harakat qila olishlari, reaksiyalar mosligi, ish ritmi va tempidagi uyg‘unliklar nazarda tutilsa, ikkinchisida ijtimoiy xulqdagi moslik - ustanovkalar birligi, ehtiyoj va qiziqishlar, qarashlardagi monandlik, yo‘nalishlar birligi nazarda tutiladi. Birinchi xil moslik ko‘proq konveyer usulida ishlanadigan sanoat korxonalari xodimlarida samarali bo‘lsa, bu oliygoh o‘qituvchilari, ijodiy kasb egalarida iloji yo‘q va bo‘lishi mumkin emas, ularda ko‘proq ijtimoiy psixologik moslikning ahamiyati kattadir.
O‘tkazilgan tadqiqotlar psixologik moslikning ko‘plab qirralari bo‘lishi mumkinligini isbot qildi. Asosan shuni unutmaslik kerakki, qaysi faoliyat va uning maqsadi odamlarni birlashtirgan bo‘lsa, o‘sha maqsadni idrok qilish va birgalikda anglash istagida uyg‘unlikning bo‘lishi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Har bir shaxs o‘z faoliyatini turli guruhlar sharoitida yoki turli guruhlar ta’sirida amalga oshiradi. CHunki jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga umuman qo‘shilmaydigan individning o‘zi yo‘q, inson jamiyatda yashar ekan, u doimo turli o‘ziga o‘hshash shaxslar bilan muloqotda, o‘zaro ta’sirda bo‘ladi, bu muloqot jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro‘y beradi. SHuning uchun ham guruhlar muammosi, uni o‘rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy mavzularidan va muammolaridan biridir.
Psixologik ma’noda guruh – bu umumiy belgilar, umumiy faoliyat, muloqot hamda umumiy maqsad asosida birlashgan kishilar uyushmasidir. Demak, odamlar guruhi tashkil topishi uchun albatta qandaydir umumiy maqsad yoki tilaklar, umumiy belgilar bo‘lishi shart. Masalan, talabalar guruhi uchun umumiy narsalar ko‘p: o‘quv faoliyati, bilim olish, yoshlarga xos birliklar (o‘spirin yoshlar), ma’lum o‘quv yurtida ta’lim olish istagi va hokazo. Ko‘chada biror tasodif ro‘y berganligi uchun to‘plangan kishilar uchun ham umumiy bo‘lgan narsa bor – bu qiziquvchanlik bo‘lib o‘tgan hodisaga guvohlik, unga umumiy munosabatdir.
Guruhni alohida shaxslar tashkil etadi, lekin har bir guruh psixologiyasi uni tashkil etuvchi alohida shaxslar psixologiyasidan farq qiladi va o‘ziga xos qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Ayni shu qonuniyatlarni bilish esa turli tipli guruhlargi boshqarish va ana shu guruhlarni tashkil etuvchmilarni tarbiyalashning asosiy mezonidir.
Guruhlarning turlari ko‘p, shuning uchun ham ularni turli olimlar turlicha klassifikatsiya qiladilar. Bizning nazarimizda, G.M.Andreevaning “Ijtimoiy psixologiya” darsligidagi klassifikatsiya guruhlarning asosiy turlarini o‘z ichiga qamrab olgan. U har qanday kishilar guruhini avvalo shartli va real guruhlarga bo‘ladi. Real guruhlar aniq tadqiqot maqsadlarda to‘plangan laboratoriya tipidagi hamda tabiiy guruhlarga bo‘linadi. Konkret faoliyat va odamlarning ehtiyojlari asosida tashkil bo‘ladigan bunday tabiiy guruhlarning o‘zi kishilarning soniga qarab katta, kichik guruhlarga bo‘linadi. Katta guruhlar uni tashkil etuvchilarning maqsadlari, fazoviy joylashishlari, psixologik xususiyatlariga qarab uyushgan va uyushmagan turlarga, kichiklari esa o‘z navbvtida endi shakllanayotgan – diffuz hamda taraqqiyotning yuksak pog‘onasiga ko‘tarila olgan jamoa turlariga bo‘linadi. Guruhlarning ijtimoiy psixologiya uchun ayniqsa muhim hisoblangan turlariga ta’rif berish va ularning psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni maqsad qilib qo‘ygan holda, bevosita katta guruhlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlarini o‘rganishga o‘tamiz.
Ijtimoiy psixologiyada kichik guruh muammosi.
Kichik guruhlar muammosi ijtimoiy psixologiyada eng yaxshi ishlangan va ko‘plab ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilgan ob’ektlardandir. Bu an’ana Amerikada asrimiz boshida o‘tkazilgan ko‘plab eksperimental tadqiqotlardan boshlangan bo‘lib, ularda olimlar oldiga qo‘yilgan asosiy muammo shu ediki, individ yakka holda yaxshi ishlaydimi yoki guruhda yaxshiroq samara beradimi, boshqa odamlarning yonida bo‘lishi uning faoliyatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi kabi savollarga aniq ilmiy asoslangan javob topish zaruratidir. SHuni ta’kidlash lozimki, bunday sharoitlarda individlarning o‘zaro hamkorligi (interaksiya) emas, balki ularning bir vaqtda bir erda birga bo‘lganligi faktining (koaksiya) ta’siri o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, boshqalar bilan hamkorlikda bo‘lgan individ faoliyatining tezligi oshadi, lekin harakatlar sifati ancha pasayishi aniqlandi. Bunday ma’lumotlar amerikalik N.Triplett, nemis olimi A.Mayyor, rus olimi V.M.Bexterev, yana bir nemis olimi V.Myode va boshqalarning tadqiqotlarida ham qayd etildi. Bu psixologik hodisa ijtimoiy psixologiyada ijtimoiy fatsilitatsiya nomini oldi, uning mohiyati shundan iborat ediki, individning faoliyat mahsullariga uning yonida bo‘lgan boshqa individlarning bevosita ta’siri bo‘lib, bu ta’sir avvalo sensor kuchayishlar hamda ish-harakatlarning, fikrlashlarning tezligida namoyon bo‘ladi. Lekin ayrim eksperimentlarda teskari effekt ham kuzatildi, ya’ni, boshqalar ta’sirida individ reaksiyalaridagi tormozlanish faoliyatining susayishi holatlari kuzatildi. Bu xodisa fanda ingibitsiya nomini oldi. Lekin olingan faktlarning qandayligidan qat’i nazar, olimlar uchun kichik guruhlar asosiy tadqiqot mavzuiga aylanib qoldi va ular natijasida qator qonuniyatlar ochildi.
Birinchidan, kichik guruhlarning hajmi, uni tashkil etuvchi shaxslar soni xususida shunday fikrga kelindiki, kichik guruh “diada” ikki kishidan tortib, to maktab sharoitida 30-40
kishigacha deb qabul qilindi. Ikki kishilik guruh deyilganda, avvalo oila – yangi shakllangan oila ko‘proq nazarda tutiladi. Lekin samarali o‘zaro ta’sir nazarda tutilganda “plyus-munis 7 – 2” kishi nazarda tutiladi. Bunday guruh turli ijtimoiy psixologik tadqiqotlar uchun ham, sotsial psixologik treninglar o‘tkazish uchun ham qulay hisoblanadi.
Ikkinchidan, guruhning o‘lchami qanchalik katta bo‘lsa, uning alohida olingan shaxslar uchun qadrsizlanib borish xavfi kuchayadi. YA’ni, shaxsning ko‘pchilikdan iborat guruhdan o‘zini tortish va uning normalarini buzishga moyilligi ortib boradi.
Uchinchidan, guruhning hajmi kichiklashib borgan sari shaxslararo o‘zaro munosabatlar taranglashib boradi. CHunki, shaxslarning bir-birlari oldida mas’uliyatlarining oshishi va yaqindan bilishlari ularning o‘rtasidagi aloqalarda doimo aniqlik bo‘lishini talab qiladi. Munosabatlardagi har qanday disbalanslar ochiq holdagi ziddiyatlarni keltirib chiqaradi.
To‘rtinchidan, agar guruh a’zolarining soni toq bo‘lsa, ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar juft bo‘lgan holdagidan ancha yaxshi bo‘ladi. SHundan bo‘lsa kerak, boshqaruv psixologiyasida odamlarni biror lavozimlarga saylashda, saylov kompaniyalarida nomzodlarni elektoratga taqdim etishda va umuman rasmiy tanlovlarda guruhdagi odamlar soni toq qilib olinadi.
Beshinchidan, shaxsning guruh tazyiqiga berilishi va bo‘ysunishi ham guruh a’zolarning soniga bog‘liq. Guruh soni 4-5 kishi bo‘lgunga qadar, uning ta’siri kuchayib boradi, lekin undan ortib ketgach, ta’sirchanlik kamayib boradi. Masalan, ko‘chada sodir bo‘lgan baxtsiz hodisaning guvohlari soni ortib borgan sari, jabrlanganga yordam berishga intilish, mas’uliyat hissi pasayib boradi.
Bu qonuniyatlarni bilish, tabiiy guruhlarni boshqarish ishini ancha engillashtiradi. Bu qonuniyatlar ayniqsa, maktab pedagoglari va murabbiylar uchun ahamiyatli hisoblanadi. CHunki ular aslida ta’lim-tarbiya jarayonida muayyan kichik guruhlarni tashkil etuvchilarni tarbiyalaydilar, buning uchun esa ular mansub bo‘lgan guruh faoliyatini boshqarish, guruh orqali ayrim-alohida shaxsni tarbiyalashni zimmalariga oladilar.
Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi
6-savolning javobi
Kichik guruhlarning klassifikatsiyasi.
R.S.Nemov kichik ijtimoiy guruhlarning quyidagi klassifikatsiyasini taklif etgan.
1-rasm.

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin