Ba’zan buralgan yoki spiralsimon ko’rinishga egalari ham uchraydi, ular spirillalar (spira-lotincha buralgan). Spirillalarni buralishga ega bo’ladigan kalta egilganlari vibrionlar (vibrio so’zi lotincha qayrilaman) deb ataladi.

Bakteriyalarning ipsimon shakllilari, ko’p hujayralilari ham bo’lib, hujayraning tashqi tomoni har xil o’simtalar hosil qiladi. Ularning uchburchak, yulduzsimon, ochiq yoki yopiq halqa chuvalchangsimon va boshqa shakllari ham uchraydi.
Bakteriyalar o’lchami kichik bo’lganligi uchun mikrometr (mkm-millimetrning mingdan bir ulushi) larda, nozik strukturalari esa nanometr (nm-millimetrning miliondan bir ulushi) larda o’lchanadi. Kokkilarning razmeri (diametri) 0,5-1,5 mkm ni tashkil etadi. Tayoqchasimonlarining eni 0,5-1 mkm uzunligi esa bir necha (2-10) mkm bo’lishi mumkin. Mayda tayoqchalilarni kattaligi 0,22-0,4 x 0,7-1,5 mkm bo’ladi. Bakteriyalar orasida bir necha yuz mikrometrga etadiganlari ham uchraydi. Agar bakteriya hujayrasi qattiq ozuqa muhitiga ekilsa bir necha soatdan so’ng ular ko’payib oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan koloniya (bakteriya hujayralari to’plami) hosil qiladi. Koloniyalar ko’rinishi, rangi va boshqa xususiyatlari bilan bir-biridan farq qiladi.