Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo’nalishi 12-16- guruh talabasi Noraliyev Tolibjonning Mikrobiologiya fanidan taqdimoti
Mikroorganizmlarning shakllari va o’lchamlari. Mikroorganizmlar hujayrasining tashqi va ichki tuzilishi. Mikroorganizmlarga tashqi muhit omillarining ta’siri va turlari 1 2 3
Bakteriyalarning shakllari va o’lchamlari.
Bakteriyalarning shakllari va o’lchamlari.
Bakteriyalar oddiy sodda, shar, silindr yoki egilgan shaklda bo’ladi. Sharsimon bakteriyalar kokkilar (kokkus-lotincha don) deyiladi. Ular sferasimon, elipssimon, no’xotsimon va boshqa ko’rinishga ega bo’ladi. Bakteriya hujayralarining bir-biriga nisbatan joylanishiga qarab, har xil nomlanadi. Sharsimon bakteriyalar hujayrasi bo’linib, ayrim joylashsa ular monokokklar, hujayra bo’linishi natijasida har xil uzum boshi kabi to’plamlar hosil qilsa stafilokokklar deyiladi. Bakteriyalar bo’lingandan so’ng ikkitadan bo’lib joylashadiganlari-diplokokklar, bo’linishi natijasida uzun zanjir hosil qilsa streptokokklar, to’rttadan bo’lib joylashsa tetrakokklar, kub shaklida joylashsa-sarsinalar deb ataladi.
Bakteriya shakllari
Bakteriyalarning ko’pchiligi silindr yoki tayoqchasimon shaklga ega bo’ladi. Tayoqchasimon bakteriyalar uzunligi, katta-kichikligi, kundalang kesimi, hujayra uchining ko’rinishi, hujayralarining o’zaro joylashishlari bilan farqlanadi. Hujayra uchlari to’g’ri, oval, buralgan yoki o’tkirlashgan bo’lishi mumkin. Bakteriyalar qayrilgan, ipsimon, shoxlangan ham bo’lishi mumkin. Bakteriyalar ayrim, yakka-yakka, tayoqchalar, ikkitadan joylashgan diplobakteriyalar, spora hosil qiluvchilari bo’lsa diplobasillalar, zanjir hosil qiluvchilarini esa streptobakteriya (streptobasilla) deyiladi.