Harakat tezligi harorat, osmotik bosim va muhit yopishqoqligiga bog’liq bo’ladi. Ba’zi bakteriyalar 1 sekuntda bir bakteriya tanasi uzunligicha, ba’zilari esa 50 tana uzunligiga teng masofaga harakat qiladi. Odatda ular tartibsiz harakat qiladi, ammo ularda kimyoviy moddalarga nisbatan taksis xodisasini kuzatiladi, bunga xemotaksis dsyilsa, kislorodga nisbatan harakat aerotaksis, yorug’likka nisbatan harakat bo’lsa fototaksis deyiladi.
Fimbriy va pililar. Bakteriyalarning ustki qismidagi ingichka, yo’g’onligi 3-15 nm, uzunligi 12 nm gacha bo’lgan iplar pililardir. G’-pili jinsiy pilidir. Bakteriyalarda xivchinlardan tashqari uzun, ingichka ip ham bo’lib, unga fimbriy deyiladi. Ular harakatchan yoki harakatsiz bo’lishi mumkin. Ularning uzunligi 0,3-4 mkm., eni 5-10 nm bo’lib, soni 100-200 tagacha, ba’zan esa 1000 taga etib boradi.

Fimbriylar pilin oqsilidan tuzilgan. Bakteriyalarda fimbriylarning bir qancha tipi uchraydi va ular bajaradigan vazifalariga qarab farqlanadi. SHulardan 2 tipi yaxshi o’rganilgan bo’lib, ular quyidagilar:
1-tip ko’pgina bakteriyalarda bo’lib, ular umumiy tipdagi fimbriylar deyiladi. Fimbriylar bakteriya hujayrasining muhitga, boshqa hujayraga yoki inert substrat (harakatsiz ozuqa) ga yopishishini ta’minlaydi. Suyuqlik yuzasida parda hosil qilishida u ham ishlatiladi. Shuning uchun ham uni yopishish organi deyish mumkin.