2-tip-jinsiy fimbriy-pili bo’lib (G’), u ichi bo’sh kanaldan iborat. Bu kanaldan bakteriya kon’yugasiyada qatnashayotgan boshqa bir bakteriyaga genetik manba beradi. Pilining boshqa bir xususiyati ham bo’lib, u patogen bakteriyalarda hayvon va odam hujayralariga yopishishda ishtirok etadi.
Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi.
Bakteriya hujayrasining ichki tuzilishi.
Hujayra devori. Hujayra devoriniig o’zi ham ma’lum qattiqlik (rigidlik) ka ega. SHu bilan birga u elastiklikka ham ega bo’lib, oson bukiladi. Hujayra devori ulьtratovush va lizosim fermentlari ta’sirida parchalanganda sharsimon shaklga o’tadi. Hujayra devori hujayrani har xil mexanik ta’sirlar va osmotik bosimdan saqlaydi.
U bakteriyaning ko’payishi va bo’linishi, irsiy moddalarning taqsimlanishini ham idora qiladi.
Xujayra devorining qalinligi 10-80 nm bo’lib, hujayra massasining 20% ni tashkil etadi. Hujayra devori orqali katta molekulali moddalar kirishi mumkin. Hujayra devori sitoplazmatik membrana bilan birlashtiruvchi iplar «ko’prikchalar» (o’simliklarda Gext iplari) vositasida bog’langan.
Hujayra devori bakteriyalarni Gramm (bakteriyalarni shu usulda bo’yashni kashf qilgan olim) usulida bo’yalganda, uning musbat yoki manfiy bo’lishini belgilaydigai omildir. Hujayra devori asosan peptidoglikan (murein) dan tashkil topgan. Peptidoglikan hujayra devoriga rigidlik xususiyatini beradi va bakteriya shaklini saqlab turadi. Gramm musbat bakteriyalarda ko’p qavatli peptidoglikan (50-90%) bor. U murakkab holda oqsil, polisaxarid, teyxo kislota (fosfor kislotasi gliseridi) bilan bog’langan.