Kimyoviy tuzilishi. Kapsula geteropolisaxarid bo’lib, uning tarkibi 90% suvdan iborat, polisaxarid, polipeptid, lipid (tuberkullyoz bakteriyalarda) birikmalaridan tashkil topgan. Kapsulali bakteriyalar kapsulasiz bakteriyalar yashay olmaydigan muhitlarda ham yashay olishi mumkin.

Xivchinlar. Bakteriyalar ikki xil harakatlanadi. Sirpanib harakat bakteriyalarning (miksobakteriyalar, oltingugurt bakteriyalari) tanasining to’lqinsimon qisqarishi natijasida hujayra shakli davriy o’zgarib turadi, natijada bakteriyaning ma’lum turdagi harakati sodir bo’ladi. Suzib harakatlanish xivchinlari yordamida amalga oshadi. Masalan, spirillalar va kokkilarning ba’zilari.
Bakteriyalar xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagilarga bulinadi:
Bakteriyalar xivchinlarining soni va joylashishiga qarab quyidagilarga bulinadi:
Monotrixlar-bakteriya hujayrasining bir uchida bitta xivchin bo’lgan bakteriyalardir.
Lofotrix-ho’jayraning bir uchida bir to’p xivchini bo’ladi.
Amfitrix-hujayraning ikki uchida ikki to’p xivchin bo’ladi.
Peritrix-hujayraning hamma tomoni xivchin bilan qoplangan bo’ladi.
Xivchinlarning soni ham har xil. Spirillalarda 5-30 tagacha, vibrionlarda 1,2 ta yoki 3 ta xivchin bo’lib, ular hujayra qutblarida joylashadi. Ba’zi tayoqchasimon bakteriyalar-Rroteus vulgares, Clostridium Tetani kabilarda 50-100 tagacha xivchin bo’ladi. Xivchinlarning eni 10-20 nm uzunligi 3-15 mkm. Xivchinlar uzunligi kulьturaning tabiati, ichki yoki tashqi muhit ta’siriga qarab har xil bo’ladi. Xivchin kimyoviy jihatdan oqsil modda-flagellindan tuzilgan. Xivchin bakteriya hayotida katta rolь o’ynaydi. Bakteriyalarni ba’zi bir oziqa muhitlarida xivchinsiz qilib ham o’stirish mumkin.