Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti



Yüklə 327,5 Kb.
səhifə12/18
tarix19.12.2023
ölçüsü327,5 Kb.
#187140
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
portal.guldu.uz-Metodik ko`rsatma

7. Matematik usul. Tadqiqot natijalarini tahlil etish uchun matematik usulni qo’llash katta imkoniyat yaratadi. O’qitish metodikasi bo’yicha olib borilgan tatqiqotlar natijalarini hisobga olish va ularni umumlashtirish maqsadida ko’rsatiladi. Miqdoriy ko’rsatgichlarni tanlash ularni tartibga keltirish va taxlil qilish metodik tatqiqotlarda katta axamiyatga ega. CHunki ular juda ko’p pedagogik tatqiqotlarning o’lchami hisoblanadi. Miqdoriy ko’rsatgichlar yordamida tarbiya va o’qitishda qo’llaniladigan pedagogik vositalarning qanchalik foydaliligini aniqlash mumkin. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, matematik usul ikki yoki undan ortiq holatlar o’rtasidagi ishonchli farqlarni qayd qilishi mumkin. Asosan, olingan natijalarni tahlil qilish, sanoat ishlab chiqarish va qishloq xo’jaligi mahsulotlarini hisoblashda bu usuldan keng foydalaniladi. Jumladan, ishlab chiqarish quvvatlari, mahsuldorligi yoki ular saldolarini hisoblab topish uchun bu usuldan foydalanish ancha qulay.
8. Statistik usul. Geografik, metodik va iqtisodiy tadqiqotlarda statistik usul yordamida turli – tuman omillar ta’sirida shakllanuvchi holatlarni o’rganish imkonini beradi. Bu usul bugungi kunda iqtisodiy, sosiologik, demokratik, psixologik va hatto pedagogik tadqiqotlarda keng qo’llanilmoqda. Jumladan, iqtisodiyotda yillar yoki biror iqtisodiy rivojlanish bosqichdagi ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini taqqoslash, yillar davomidagi o’rtacha ko’rsatkichlarni hisoblab topishda foydalanilsa, sasiologik tadqiqotlarda aholining maishiy shart-sharoitlari holatini tahlil qilish yoki umumiy natijalarga erishishda, demokratik tadqiqotlarda aholining tabiiy o’sishi, mehnat resurslari dinamikasi yoki ularning ma’lum yillardan keyingi holatini prognozlashda, psixologik tadqiqotlarda aholi yoki uning ma’lum qatlamining ruhiy holatini tadbiq etish va uning ijtimoiy omillarini aniqlash kabi korreliyasion natijalarga erishishda foydalanish mumkin.
9. Iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli. Iqtisodiy va geografik tadqiqotlarda iqtisodiy qiyosiy tahlil usulini chetlab o’tib tadqiqotni amalga oshirish mumkin emas. CHunki, har qanday iqtisodiy va iqtisodiy geografik tadqiqotda o’rganilayotgan hudud boshqa hudud bilan yoki sohaning turli hududlardagi holati tahlil etiladi. SHuningdek, tabiiy geografik tadqiqotlarda o’rganilayotgan hudud landshafti, geomorfologiyasi, iqlimiga xos xususiyatlar qiyoslanadi. Ko’pgina holatda qiyosiy tahlil etish yordamida juda muhim muammolarni va bu muammolarning paydo bo’lish omillarini tadqiq etish imkonini beradi. Masalan, bir vaqtlar “Buyuk ko’llar” (Michigan, Gudzon, YUqori ko’l) AQSHning shimoli sharqidagi yirik baliqchilik markazi hisoblangan. Bu hududda sanoat korxonalarining rivojlanishi va dengiz transportlarini materik ichkarisiga kirib borishi uchun kanal qurilishi oqibatida “ilonbaliq” bu ko’llarga o’tib qoladi, asosan, uvildiriqlar bilan oziqlanadigan ilonbaliqlarning ko’payib ketishi ko’ldagi noyob baliqlarning keskin kamayib ketishiga sabab bo’ladi. Natijada, XX asrning 50-yillariga qadar ko’l bilan bog’liq baliq sanoati butunlay inqirozga uchraydi. Xo’sh, endi savol tug’iladi. Bizda, O’zbekistonda (qolaversa Markaziy Osiyoda) “ilonbaliq” qanday paydo bo’lgan? Bizdagi suv havzalari okean bilan tutash emas-ku?! Hozirgi kunda “Navro’z” restorani rahbari O’. Daminov tomonidan “asyotra” balig’ini Toshkent viloyatida ko’paytirish yo’lga qo’yilgan va natija ham ancha samarali. Demak, bizda ham noyob baliqlarni ko’paytirish, shuningdek, qimmatbaho baliq mahsuloti “ikra” ishlab chiqarish imkoniyati mavjud.
Umuman, qiyosiy va iqtisodiy qiyosiy tahlil usuli yordamida tabiat va ishlab chiqarishdagi juda dolzarb muammolarni va ularning paydo bo’lish omillarini aniqlash mumkin.

Yüklə 327,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin