Guliston davlat universiteti


© Universitet K I R I SH



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə2/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

© Universitet
K I R I SH
Xalqlarimizning tabiatiga mutlaqo yot bo‘llgan siyosiy, diniy ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yovuz oqimlarning mintaqamizga kirib kelishi va tarqalishi tinchlik va osoyishtalikka, farzandlarimizning kelajagiga katta xavf tug‘dirishini odamlar ongiga chuqur singdirib borish kerak. Xalqlarimiz tafakkurida yuksak axloqiy ma’naviy qadriyatlarni qaror toptirish va mustahkamlash orqali ularni yovuz kuchlarga qarshi kurashga safarbar etish zarur.

I.Karimov
Din kishilarni hamisha yaxshilikka, ezgu ishlarga chorlagan. Jumladan, ota-bobolarimizning muqaddas e’tiqodi bo‘lgan islom dini ham yuksak insoniy fazilatlarning shakllanishiga xizmat qilgan. U tufayli xalqimiz ming yillar mobaynida boy ma’naviyati va merosi, o‘zligini omon saqlab keldi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, odamlarning e’tiqodi va diniy hissiyotlaridan foydalanib, ekstremistlar va terrorchilar tomonidan islom bayrog‘i ostida sodir etilayotgan jinoyatlar ularning asl qiyofasini namoyon etmoqda deyish mumkin. Ayni paytda, bunday jarayonlar kishilarni doimiy ogoh bo‘lishga, haqiqiy diniy qadriyatlarni ularning soxta va g‘arazli talqinlaridan farqlashga yordam beradigan bilimlarni egallashga undaydi.

Din va davlat munosabatlari hamma vaqt dolzarb bo‘lib kelgan. Turli davrlarda xilma-xil mazmun va shakl kasb etgan bunday munosabatlar mustaqil O‘zbekiston sharoitida vijdon erkinligi konstitutsiyaviy asosda to‘la-to‘kis ta’minlangani, diniy tashkilotlar faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlar yaratilganida namoyon bo‘lmoqda. Mazkur sohaga oid qonunlarni buzganlik uchun huquqiy javobgarlik belgilangani ham bu munosabatlarning asl mohiyatini ko‘rsatadi, deyish mumkin.

Majmuada diniy mutaassiblikning jahon hamjamiyati, jumladan musulmon dunyosi uchun tug‘dirayotgan tahdidlari ham yirik diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyati misolida ko‘rsatib berilgan. Global muammoga aylangan diniy ekstremizm va terrorizmni barcha sog‘lom kuchlar birgalikda harakat qilibgina enga olishi mumkin. Shundan kelib chiqib, bu borada BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar olib borayotgan ishlar haqida ham batafsil fikr yuritilgan.

SHuningdek, mintaqamizda diniy ekstremizm va terrorizmning namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari, yoshlar va xotin-qizlarning bunday kuchlarning asosiy nishoniga aylanishi sabablari, g‘araz maqsadlarda buzib talqin qilayotgan «xalifalik», «shahidlik» kabi islomiy tushunchalarning asl mazmuni tahlil qilingan va «jaholatga qarshi ma’rifat» g‘oyasining mohiyati ochib berilgan.

Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Ishchi dastur 5111600 – “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi uchun Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi «Ta’lim» o‘quv-metodik birlashmasida ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2021 yilning _ ______ida tasdiqlanib, № _____________ raqami ostida ro‘yxatga olingan namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqildi. Unda ko‘rsatilgan yo‘nalish bakalavriyat darajasida ta’lim berishga mo‘ljallangan.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin