Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə67/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

2-asosiy savolning bayoni:

Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi diniy mutaassiblik, aqidaparastlik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanidan kelib chiqib, jahon hamjamiyati birgalikda unga qarshi kurashishi lozimligi to‘g‘risidagi g‘oyani jahonning nufuzli tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. To‘g‘risini aytish kerak, O‘zbekistonning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurash siyosatining mohiyatini rivojlangan mamlakatlar va dunyoning nufuzli xalqaro tashkilotlari kechroq angladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov 1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg‘oniston muammosini izchil o‘rganish va echishga chaqirdi. «Tolibon» harakatining diniy mutaassib va jangarilik faoliyati haqidagi ushbu haqqoniy fikr faqat AQSHdagi 2001-yil 11-sentabr fojialaridan so‘ng tan olindi.

O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi biian 1998-yilda tashkil topgan «6Q2» guruhining BMT rahbarligida 1998-1999-yillarda olib borgan faoliyati Afg‘onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlash zarur. Bu guruh Afg‘oniston bilan chtgaradosh olti davlat (Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston) va mintaqa tashqarisidan Afg‘onistondagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib turgan ikki davlat - AQSH va Rossiyaning yuqori darajadagi vakillaridan tashkil qilingan edi. Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va muzokaralar o‘tkazib, ularga Afg‘onistonda bir-biri bilan kurashayotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, «Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida»gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. 1999-yilning 28-iyulida BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida «6Q2» guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlari yuksak baholandi.

2001-yilning 28-sentabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi 1373(2001)-sonli rezolyutsiyani qabul qilib, BMT doirasida terrorizm­ga qarshi kurash qo‘mitasini tuzdi. Ushbu qo‘mitaning tuzilishi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazining kontsepsiyasiga hamohangdir. Zero, YUrtboshimiz 1999-yilning noyabrida Evropa Xavfsiziik va Hamkorlik tashkilotining (EXHT) Stambulda bo‘lib o‘tgan Sammitida va 2000-yilning 7-8-sentabr kunlari Nyu-YOrkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus ro‘yobga chiqqanidan so‘ng, O‘zbekiston 2001-yil dekabroyida va 2002-yilning avgust oyida BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyutsiyasining. bajarilishi xususida BMTning terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasiga ma’ruzalar taqdim etdi.

O‘zbekistonning AQSH etakchiligida tashkil etilgan xalqaro terrorizmga qarshi kurash koalitsiyasi tarkibidagi ishtiroki uning bu sohadagi ichki va tashqi siyosatining mantiqiy davomidir. O‘zbekiston xalqaro aksilterror koalitsiyasining faol ishtirokchisi sifatida AQSH harbiy havo kuchlarining transport samolyotlari va vertolyotlariga Afg‘onistonda qidiruv-qutqaruv va insonparvarlik yordamini amalga oshirish uchun o‘z havo hududini ochib berdi va Xonoboddagi harbiy aerodromning bir qismini AQSH harbiy havo kuchlariga vaqtincha foydalanishga berdi.

ekstremizm va terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurash haqida gap ketar ekan, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlikka erishishda BMTning faolligini kuchaytirish, Afg‘oniston ichki ishlariga tashqi kuchlarning aralashuvini bartaraf etish va qurol-yarog‘ olib kirishni taqiqlash, ekstremizm va xalqaro terrorizmning moliyaviy manbai bo‘lgan narkobiznes va narkotrafikka qarshi xalqaro miqyosda kurash kabi masalalarda ham e’tiborga molik takliflarni ilgari surganini ta’kidlash zarur.

Respublikamiz ekstremizm va terrorizm bilan birga uni moliyalashtirish bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan narkobiznes va narkotra­fikka qarshi kurashda ham qat’iy siyosat olib bormoqda. 1999-yilda «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida»gi, 2000-yilda «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilingani hamda «Eksport nazorati to‘g‘risida» va «Pulni noqonuniy o‘zlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun loyihalari tayyorlangani fikrimizni tasdiqlaydi.

Ma’lumki, BMTning terrorizmning oldini olish va unga qarshi kurashga qaratilgan 13 ta hujjati (11 ta Konventsiya va 2 ta protokol) mavjud. Hozirda O‘zbekiston 12 ta ana shunday xalqaro shartnomalami ratifikatsiya qilgan. Ular qatorida 1971-yildagi fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash; 1973-yildagi xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan, diplomatik agentlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolash va ularni bartaraf qilish; 1979-yildagi garovga olish harakatlariga qarshi kurash; 1980-yildagi yadroviy materiallarning himoyasi; 1988-yildagi dengiz kemalari harakati xavfsizligiga tahdid soladigan noqonuniy aktlarga qarshi kurash; 1997-yildagi bombaviy terrorizmga qarshi kurash; 1999-yildagi terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash xalqaro Konventsiyalari borilgini ko‘rish mumkin.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin