Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə104/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Ijtimoiy omillar. Ko‘proq ichki xususiyatga ega bo‘lib, aynan xalqning turmush darajasi bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Ta’lim, xizmat ko‘rsatish, mehnat, dam olish va b. sohalarda qator muammolar (ishsizlik, qashshoqlik, adolatsizlik, poraxo‘rlik, korrupsiya)ning zo‘rayishi, ularni o‘z vaqtida hal etilmasligi natijasida jamiyatda shakllanadigan ijtimoiy norozilik kayfiyati

– diniy ekstremistlar va terroristlarning o‘z tarafdorlarini ko‘paytirish imkonini beradi. Bu esa o‘rganilayotgan voqelikning yanada jonlanishiga sabab bo‘ladi.

Mafkuraviy omillar. Terrorist va ekstremistlarning faollashuvi fuqarolar umumiy savodxonligining pastligi va diniy-dunyoviy ta’limotlar mazmun-mohiyatini tegishlicha bilmasligi bilan ham bog‘liq. G‘oyaviy saviyada sayozlik holati esa ular tomonidan o‘z g‘oyalarini osonlik bilan singdirishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday jamiyatda mafkuraviy tarbiya ishlarining tizimsiz olib borilishi ham bu sohada ekstremistik-terroristik maqsad-muddaolarni ifoda etadigan targ‘ibot-tashviqot ishlarining “samarali” bo‘lishiga olib keladi.

SHunday qilib, terrorizm va diniy ekstremizmning namoyon bo‘lishiga ta’sir ko‘satuvchi omillarning deyarli barchasi uning o‘zi kabi salbiy xarakterga ega bo‘ladi. Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashilar ekan, bunda voqelikning oxirgi ko‘rinishi (favqulodda vaziyatdagi harbiy-siyosiy inqiroz) ga qaraganda, uning omillariga qarshi puxta chora-chora tadbirlarning ko‘rilishi esa har tomonlama samarali hisoblanadi.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin