Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə100/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

3-savolning bayoni: Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi diniy mutaassiblik, ekstremizm va terrorchilikning mintaqaviy va umumbashariy miqyosdagi xavf ekanini ta’kidlab, jahon hamjamiyati unga qarshi birgalikda kurashishi lozimligini jahonning nufuz li tashkilotlari minbarlaridan e’lon qildi. Xususan, O’zbekiston Respublikasining Birinchi Birinchi Birinchi Prezidenti Islom Karimov 1993-yil 28-sentyabrda BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida qilgan ma’ruzasida jahon hamjamiyatini Afg'oniston muammosini izchil o‘rganish va yechishga chaqirdi.

2001-yilning 28-sentyabrida BMTning Xavfsizlik Kengashi 1373 (2001)-sonli rezolyutsiyani qabul qilib, tashkilot qoshida terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasini tuzdi. Ushbu qo‘mitaning tuzilishi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Birinchi Prezidenti Islom Karimov taklif qilgan terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazining konsepsiyasiga hamohangdir. Zero, Yurtboshimiz1999-yilning noyabrida Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Stambulda bo‘lib o‘tgan Sammitida va 2000-yilning 7-8-sentyabrida Nyu-Yorkda boiib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining «Mingyillik sammiti»da BMT tuzilmalarida terrorizmga qarshi kurash xalqaro markazini tuzish taklifini bayon qilgan edi. Ushbu tashabbus amalga oshganidan so‘ng, O‘zbekiston 2001-yil dekabr oyida va 2002-yilning avgust oyida BMT Xavfsizlik Kengashining yuqorida zikr etilgan rezolyutsiyasining bajarilishi xususida BMTning terrorizmga qarshi kurash qo‘mitasiga ma’ruzalar taqdim etdi.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Birinchi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan 1998-yilda tashkil topgan «6+2» guruhining BMT rahbarligida 1998-1999-yillarda olib borgan faoliyati Afg‘onistonda ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta ahamiyatga ega bo‘lganini ta’kidlash zarur. Bu guruh Afg‘oniston bilan chegaradosh olti davlat (Xitoy, O‘zbekiston, Pokiston, Eron, Tojikiston, Turkmaniston) va mintaqa tashqarisidan Afg‘onistondagi vaziyatga jiddiy ta’sir ko‘rsatib turgan ikki davlat — AQSH va Rossiya Federatsiyasining yuqori darajadagi vakillaridan tashkil topgan edi. Bu guruh bir qator majlislar, muhokamalar va muzokaralar o‘tkazib, ularga Afg‘onistonda bir-biri bilan kurasha yotgan kuchlar vakillarini jalb qilib, «Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari to‘g‘risida» gi Toshkent Deklaratsiyasini va mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha bir qator boshqa hujjatlarni ishlab chiqdi. 1999-yilning 28-iyulida BMT Xavfsizlik Kengashi majlisida «6+2» guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlari yuksak baholandi.

Xalqaro tashkilotlar va ayrim mamlakatlar ushbu yo‘nalishda muayyan ishlarni amalga oshirayotgan bo‘lsa-da, Afg‘oniston jahon hamjamiyati uchun hali-hanuz tahdidlar o‘chog‘i bo‘lib qolayotganini, ushbu mamlakatda ziddiyatlarning kuchayib borishi, keskinlik va terrorizm ko‘lamining kengayishi global xavfsizlik va barqarorlik uchun hamon jiddiy tahdid solayotganini ham ta’kidlash zarur. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Birinchi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 2007-yil aprelda Buxarest shahrida bo‘lib o‘tgan, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni ta’minlash yo‘lida ko‘p tomonlama hamkorlik, shuningdek, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirishga doir masalalar muhokama qilingan NATO Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammitida qilgan ma’ruzasida bayon etilgan g‘oyalar diqqatga sazovordir.

Yuqoridagilar bilan bir qatorda Birinchi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan Afg'onistonda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha yagona xalqaro amaliy mexanizm bo‘lib kelgan, 1997-2001-yillarda BMT rahnamoligida samarali faoliyat ko‘rsatgan, Afg‘oniston bilan qo'shni davlatlar, AQSH va Rossiyaning vakolatli vakillaridan tashkil topgan «6+2» muloqot guruhini hozirgi voqelikni inobatga olgan holda va muzokaralar jarayonida NATO vakolatxonasi ham albatta ishtirok etishini nazarda tutib, «6+2» guruhiga aylantirish zarurligi haqidagi g‘oyat qimmatli amaliy taklif ilgari surilganini ham alohida qayd etish lozim. Bunday mexanizmning qayta tiklanishi barcha manfaatdor tomonlar ishtirokida Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish jarayoniga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

Markaziy Osiyo respublikalari hamkorligi doirasida ham O‘zbekiston ekstremizm, xalqaro terrorizm va narkobiznes xavfini o‘zaro birgalikda bartaraf etish bo‘yicha qator tashabbuslar bilan chiqib, uni ro‘yobga chiqarib kelmoqda. 2000-yil 21-aprelda Toshkentda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg'iziston respublikalari terrorizm, siyosiy va ekstremizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik hamda tomonlarning barqarorligiga xavf tug‘diradigan boshqa tahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikda harakat qilish haqida shartnoma imzolagani ham buning isboti bo‘la oladi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin