Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə96/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

1-savolning bayoni: Davlat va din munosabatlarining ildizlari juda qadim davrlarga borib taqaladi. Ayni paytda, ushbu munosabatlar turli tarixiy davrlarda turlicha mazmun kasb etgan. Ular orasidagi munosabat sinkretik xarakterga ega bo‘lgan, O‘rta asrlardagi kabi din jamiyatning barcha sohalarida, shu jumladan, davlat hayotida to‘la hukmronlik qilgan davrlar ham bo‘lgan. Muayyan davlatlarda din butunlay inkor etilgan, ya’ni ateizm ustunlik kasb etgan.

Har bir davlat o‘zining dinga bo‘lgan munosabatini muayyan me’yoriy-huquqiy hujjatlar va qonunlar orqali tartibga solib kelgan. SHunday bo‘lsa-da, shaxsning boshqalar bilan birgalikda o‘zi xohlagan dinga e’tiqod qilishi erkinligi aslo unga davlat tomonidan taqdim etilgan sovg‘a emasligini ta’kidlash zarur. Din va e’tiqod erkinligi, boshqacha aytganda, insonning diniy huquqlari shaxsning asosiy va tabiiy huquqlaridan biridir.

Bugun, XXI asr ibtidosida davlat va dinning o‘zaro munosabatlari bo‘yicha davlatlarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:

– Dinga davlat dini maqomi berilgan davlatlar (Qatar, Pokiston, Kosta-Rika);

– CHerkov ta’siri doirasidagi davlatlar (Daniya, Buyuk Britaniya, SHimoliy Irlandiya);

– Dunyoviy davlatlar yoki diniy munosabatlarda betaraflik yo‘lini tutuvchi davlatlar (Burundi, Madagaskar, Niger, Turkiya, CHad);

– Rasmiy dinga ega bo‘lmagan davlatlar (Argentina, Belorusь, Boliviya, Gana, GFR, Gonduras, Ispaniya, Italiya, Kabo-Verde, Mavrikiya, Slovakiya, Sudan, Tailand, CHexiya);

– Din davlatdan ajratilgan davlatlar (AЈSH, Gollandiya, Peru, Portugaliya, Rossiya, Fransiya, Ukraina, O‘zbekiston);

– Katolik cherkovi bilan kelishuvga ega davlatlar (Avstriya, Vengriya, Venesuela, Gaiti, GFR, Dominikan Respublikasi, Ispaniya, Liviya, Malьta, Monako, Marokash, Polьsha, San-Marino, ЈozoQiston);

– Huquqiy e’tirof etilgan diniy guruhlarni muhofaza qiluvchi davlatlar (Ispaniya, Italiya, Kabo-Verde, CHexiya);

– Diniy-jamoaviy tizimli davlat (Isroil).

Albatta, bunday guruhlashtirish, ma’lum darajada, shartli xarakterga ega. SHunday bo‘lsa-da, u davlat va din o‘rtasidagi munosabatlarining asosiy xarakterli xususiyatlarini ochib beradi.

Hozirgi davrda jahondagi davlatlarning yarmidan ko‘pi dinning davlatdan ajratilganini yoki davlatning cherkovga nisbatan betarafligini ifodalaydigan, Konstitutsiya yoki qonun darajasida belgilab qo‘yilgan qoidalarga ega. YUridik tan olingani yoki olinmaganidan qat’i nazar, barcha davlatlar din va e’tiqod erkinligiga hurmat bilan qarashlarini e’lon qilganliklarini ta’kidlash zarur.

Markaziy Osiyo mintaqasi o‘z tarixida islom rivojiga hech qanday aqidaparastlik va jangarilik unsurlarini olib kirmagan. Aksincha, mintaqada islom dini yoyilgan vaqtdan to bugungi kungacha insonparvarlik va bag‘rikenglik an’anasi ustuvor bo‘lib kelmoqda. O‘rta asrlarda Arab SHarqida ayrim sufiy birlashmalari jangovarlikni namoyon qilgan hamda inkvizitsiya va jazolash tuzilmalari vazifalarini bajargan vaqtda ham Markaziy Osiyo sufiyligida insonga muhabbat va bag‘rikenglik targ‘ib qilinar edi.

Ayni paytda, barcha davrlarda u yoki bu etnik guruhga mansublik bog‘lovchi (birlashtiruvchi) omil sifatida muayyan vazifani bajargani uchun ham Markaziy Osiyoda qaror topgan islom dini milliylikdan xoli emasligini namoyon etganini ta’kidlash zarur. SHuning uchun ham, XX asrning boshlaridagi arab modernistlaridan farqli ravishda jadidlar undan yiroqlashib, o‘z kuchlarini birinchi navbatda ham diniy, ham milliy ongni o‘stirishga sarflagan edilar.

O‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi diniy bag‘rikenglik, insonparvarlik mayllari, fan va san’atning rivojlanishi Arab SHarqida qarshilikni keltirib chiqardi. Natijada XIII–XIV asrlarda bugungi kunda tuzilmalarini shakllantirayotgan ekstremistlar g‘oyaviy jihatdan tayanayotgan aqidaparast salafiylik oqimi yuzaga keldi.

Ibn Taymiyya boshchiligidagi salafiylar Markaziy Osiyo mutafakkir, olim va ulamolarini «islom mohiyatini soxtalashtirish»da ayblab, xalifalikni ideallashtirishga asoslangan qarashlar tizimini ishlab chiqdilar va jihodni unga erishishning asosiy vositasi sifatida e’lon qilib, o‘z g‘oyalariga jangovarlik tusini berdilar. SHunday qilib, salafiylik hokimiyat uchun kurashning mahsuli edi. SHu tariqa, XVIII asrning birinchi yarmida Muhammad Abdul Vahhob salafiylik asosida Arabiston yarim orolida hokimiyat uchun kurash olib borishga moslashtirilgan vahhobiylik ta’limotini yaratdi.

YAngi davr Arab SHarqidagi mutaassib oqimlar dastlab salafiylik va vahhobiylikka asoslangan bo‘lsalar-da, keyinroq ulardan ham ilgarilab ketdilar. Bu tuzilmalarning g‘oyaviy dasturi «ixvoniylik» va «jihod»ga asoslangan bo‘lib, ko‘p sonli jangarilik uyushmalariga g‘oyaviy ozuqa berib kelmoqda.

Markaziy Osiyodagi ekstremistik oqimlar XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillari boshlarida xorijiy ekstremistik markazlar, ayniqsa, arab ekstremistik tashkilotlari sa’y-harakatlari bilan shakllana boshlagan edi. Ularning asosiy niyati sobiq SSSRning musulmon aholi yashaydigan respublikalarini o‘z maqsad-intilishlari doirasiga tortishdan iborat edi. Bunday maqsad, ya’ni soxta inqilobni eksport qilish g‘oyasi o‘sha asrning 30-yillarida Hasan al-Banno tomonidan bayon etilgan edi. Natijada Markaziy Osiyo respublikalarida xorijdan kelayotgan moliyaviy yordam hisobiga jangari sifatida foydalaniladigan shaxslarni tanlash va tayyorlash bilan shug‘ullanadigan tizimni yaratgan guruhlar paydo bo‘ldi.

Uni yaratish chog‘ida chet ellik yo‘riqchilar rahbarligi va mahalliy kuchlar ishtirokida mintaqada beqarorlikni keltirib chiqarish orqali Markaziy Osiyoni jangarilar tayyorlovchi, katta mablag‘lar keltiradigan narkotik moddalar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan joyga aylantirishdek maqsad ko‘zlangan edi.

Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgan 1990 yillarning boshlarida bu guruhlar faollashib ketdilar. Xususan «Islom lashkarlari», «Tavba», «Adolat» guruhlari Farg‘ona vodiysida beqaror holatni yuzaga keltirish uchun harakat qildilar.

Biroq O‘zbekiston davlatining qat’iy qarshiligi, ichki va tashqi siyosatdagi izchillik, xalqning mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi harakatlarni qo‘llab-quvvatlashi, ijtimoiy hayotning turli sohalarida olib borilayotgan islohotlar ekstremistlarning sa’y-harakatlarini yo‘qqa chiqardi. Ekstremistlarning bir qismi O‘zbekiston hududidan chiqib, avval Tojikiston, keyin esa Afg‘onistondagi jangarilar safiga qo‘shilib ketdilar.

Markaziy Osiyodagi guruhlar asosida yuzaga kelgan va o‘zini «O‘zbekiston islom harakati» deb nomlagan tuzilma 1990 yillarning o‘rtalariga kelib, ancha baquvvat bo‘lib qolgan «al-Qoida» tarkibiga kirdi. Aksilterror koalitsiyasi tomonidan Afg‘onistonda o‘tkazilgan amaliyotlar vaqtida ularning asosiy qismi yo‘q qilindi.

O‘tgan asrning 70-yillari oxiriga kelib, Afg‘oniston ekstremizm va fundamentalizmning eng yirik o‘chog‘iga aylana boshladi. Ushbu mamlakatdagi siyosiy beqarorlik tufayli turli mamlakatlardan o‘zining xunuk qilmishlari uchun badarg‘a bo‘lgan qora kuchlar Afg‘onistonga oqib keldilar va mustahkam o‘rnashib oldilar. «Tolibon» nomi bilan atalgan ekstremistlar ularga boshpana berdilar. Afsuski, ayrim yirik davlatlar ham o‘zlarining shubhali geosiyosiy manfaatlarini ro'yobga chiqarish ilinjida Afg‘onistondagi radikal guruhlarni amalda qo‘llab-quvvatladilar. Natijada, ushbu mamlakat ekstremizm va terrorizmning haqiqiy o‘chog‘iga aylandi. Bu hol nafaqat uning, balki unga tutash mamlakatlarning xavfsizligiga ham tajovuz solgan.

Jamiyat taraqqiyotiga muqobil ravishda ekstremizm va terrorchilik bilan bog’liq jinoyatlar sifat va miqdor jihatidan o‘zgarib, uning masshtab doirasi tobora kengayib bormoqda. Shuningdek, terrorchilar sodir etayotgan jinoyatlarning intensivligi va og‘irlik darajasi ham kun sayin dahshatli tus olayotgani juda achinarli holdir. Bu esa insoniyat xavfsizligi va dunyo mamlakatlarining ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyotiga tahdid hamon saqlanib qolayotganidan dalolat beradi. Ekstremizm aqidaparastlik va mutaassiblik bilan bog'liq bo‘lib, din sohasidagi salbiy hodisalarning o‘ziga xos mantiqiy halqasi hisoblanadi.

Ekstremistik harakatlar o’zlarining g‘ayriinsoniy g‘oyalari bilan odamlar ongini egallash, diniy shiorlardan foydalangan holda ularni chalg‘itish, jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishish maqsadlarini ko‘zlaydilar. Buzg‘unchilik esa ular o‘zlari jar solayotgan, o‘zlari intilayotgan mazmun-mohiyati va shaklu shamoyili noma’lum bo‘lgan jamiyatga erishishning yoli sifatida chiqadi. Ekstremistik tashkilotlar kurashning terrordan boshqa yo‘lini rad etishi, jangariligi hamda yuqori darajada ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turadi.

Bugungi kunda diniy shiorlarni o‘ziga bayroq qilib olgan ekstremistik oqimlar kishilarni garovga olish, turli qiynoqlarga solish va hattoki, shafqatsiz uslublarda qatl etishdek mudhish ishlarga qo‘l urmoqdalar.

Ayni paytda, bir haqiqatni alohida qayd etish lozim. Ota-bobolarimiz dini bo‘lmish islom dini har doim odamlarni o‘z-o‘zini idora etishga, yaxshi xislatlarni ko‘paytirib, yomonlaridan xalos bo‘lishiga chorlagan, og‘ir sinovlarga bardosh berishga, yorug‘ kunlarga intilib yashashga da’vat qilgan, bir so‘z bilan aytganda, xalqimiz uchun ham imon, ham axloq, ham ma’rifat bo‘lib kelgan. Hozirda ham bu ma’rifat odamlarga ma’naviy-ruhiy kuch-quvvat bag‘ishlab, o‘zaro mehr-oqibatlilik tuyg‘ularining kamol topishiga xizmat qilmoqda.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin