Guliston davlat universiteti


Dunyodagi isbotlangan neft zahiralari va ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlar8



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə94/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Dunyodagi isbotlangan neft zahiralari va ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatkichlar8.




Mamlakat

Zahiralar

(mlrd. tonna)

Ishlab chiqarish

(mln tonna)

1.

Saudiya Arabistoni

35,8

428,0

2.

Rossiya

13,9

301,0

3.

Iroq

15,1

28,8

4.

Quvayt

13,3

107,2

5.

BAA

12,6

117,3

6.

Eron

12,7

183,8

7.

Venesuela

9,3

162,4

8.

Meksika

7,3

163,6

9.

XXR

3,3

158,5

10.

AQSH

3,7

382,9

11.

Liviya

3,9

69,1

12.

Nigeriya

2,1

106,0

13.

Qozog‘iston

2,2

23,0

14.

Norvegiya

1,5

155,5

15.

Aljir

1,2

60,0




Dunyo zahiralari

140,9

3361,6


Dunyodagi gaz zahiralari va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari 9




Mamlakat

Zahiralar

(trln kub. m.)

Ishlab chiqarish

(neft ekvivalenti bo‘yicha mln tonna)

1.

Rossiya

48,6

505,0

2.

Eron

21,0

34,3

3.

Qatar

7,08

12,2

4.

Saudiya Arabistoni

5,35

27,2

5.

BAA

5,35

14,0

6.

AQSH

4,68

492,2

7.

Venesuela

4,0

28,8

8.

Aljir

3,69

59,3

9.

Nigeriya

3,0

4,2

10.

Iroq

3,34

-

11.

Turkmaniston

2,89

29,6

12.

Qozog‘iston

2,5

5,4

13.

Kanada

1,93

137,7

14.

Norvegiya

1,35

36,8

15.

Meksika

1,92

28,1

16.

Gollandiya

1,81

68,2

17.

O‘zbekiston

1,9

41,1

18.

Malayziya

2,27

31,8

19.

Indoneziya

2,05

59,9

20.

XXR

1,17

17,9

21.

Ukraina

1,14

15,4

Turkmaniston o‘zining betaraf pozitsiyasini ro‘kach qilib, mintaqa atrofida kechayotgan asosiy geosiyosiy jarayonlardan chetda turishni afzal ko‘rmoqda. Qirg‘iziston va Tojikiston ham bir necha yillardan buyon mintaqa atrofida kechayotgan geosiyosiy jarayonlar sinovidan o‘tib kelmoqda. Tabiiyki, mintaqadagi davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari va siyosiy rivojlanishi etakchi davlatlar tomonidan doimiy kuzatuvi va diqqat markazida qolib kelmoqda. O‘zbekistongina o‘z tashqi siyosiy faoliyatni mamlakat milly manfatlarini inobatga oligan qat’iyat bilan amalga oshirib kelmoqda. Uning ulkan iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlarga ega bo‘lgan davlat ekanligini anglab etgan etakchi mamlakatlar o‘z iqtisodiy manfaatlarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida yirik kompaniyalarining vakolatxonalarini ochmoqda.

Shu o‘rinda Markaziy Osiyoda azldan mavjud bo‘lgan va hozirgi davrda qayta tiklanayotgan Buyuk Ipak yo‘lining iqtisodiy ahamiyatini ta’kidlab o‘tish zarur. Birgina O‘sh-Andijon-Toshkent-Nukus-Qo‘ng‘irot avtoyo‘lining barpo etilishi Buyuk Ipak yo‘li asosiy bo‘g‘inining ishga tushganini anglatadi va O‘zbekiston iqtisodiy imkoniyatlarining yanada kengayishiga xizmat qiladi.

Geosiyosat nuqtai nazaridan O‘zbekiston Markaziy Osiyoning markazini egallagan hamda muhim strategik mavqega ega bo‘lgan davlat hisoblanadi. Siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy salohiyati hamda demografik imkoniyatlari jihatidan mintaqadagi boshqa davlatlardan ajralib turadi. Jumladan, Markaziy Osiyo mintaqasi aholisining 40 foizi O‘zbekistonda istiqomat qiladi. Qo‘shni respublikalarning O‘zbekistonga chegaradosh bo‘lgan barcha ma’muriy hududlarida o‘zbeklar mahalliy elatlar bilan birgalikda yashab keladi. O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan bag‘rikenglik, urf-odatlarni e’zozlash, an’analarga amal qilish, baqamti yashayotgan elatlar o‘rtasida uning etakchiligini ta’minlaydi. Bu hol O‘zbekistonning mintaqada nafaqat jo‘g‘rofiy, balki etno-madaniy nuqtai nazaridan ham o‘ziga xos ko‘prik vazifasini o‘tayotganini namoyon etadi.

Xulosa qilib aytganda, mintaqaning geosiyosiy mavqei quyidagi omillar bilan belgilanadi:

Markaziy Osiyoning geosiyosiy mavqei, avvalo, uning iqtisodiy imkoniyatlari bilan belgilanadi. Bu borada eng manfaatli hamkorlar bilan ish olib borish muhimligini ta’kidlab, mintaqada etakchi davlatlar manfaatlarining shiddat bilan shakllanib borayotgangini inobatga olish zarur. Shu bilan birga, iqtisodiy manfaatlarini amalga oshira olmagan tashqi kuchlar diniy, millatlararo munosabatlar, hududiy muammolar, suv taqsimotiga oid masalalar kabi omillarga tayanib, mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqarishi mumkin.

Islom tutgan o‘rnining mustahkamlanib borishi musulmon mamlakatlariga din orqali Markaziy Osiyo davlatlarining ichki va tashqi siyosatiga o‘z ta’sirini o‘tkazish imkonini beradi. Hozirgi «katta o‘yin» ishtirokchilari o‘z oldiga uzoqni ko‘zlagan holda maqsad qo‘yganlar. Ularning maqsadi mintaqaning geografik joylashuvi bilan hamda shu mintaqaga qo‘shni bo‘lgan va kelajakda dunyoning geosiyosiy xaritasida katta kuchga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan yirik davlatlar (misol uchun Xitoy)ning geostrategik manfaatlari bilan bog‘liqdir.

Shunday qilib, din siyosiylashuvining Markaziy Osiyoda va xususan O‘zbekistonda kuchayishi bekarorlikka olib keluvchi va havfsizlikka to‘gridan-to‘g‘ri tahdid soluvchi omil hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, mintaqadagi mamlakatlarning ijtimoiy va iktisodiy rivojlanishiga katta to‘siq bo‘ladi.



2-savolning bayoni: Ekstremizmning mintaqada namoyon bo‘lishining o‘ziga xos xususiyatlari. Markaziy Osiyo mintaqasida diniy mutaassib oqimlar faoliyati XX asrning 80-yillari boshlarida xorijiy ekstremistik markazlar sa’y-harakatlari bilan shakllana boshladi. Mintaqada xorijdan kelayotgan moliyaviy yordam hisobiga jangari sifatida foydalaniladigan shaxslarni tanlash va tayyorlash bilan shug‘ullanadigan guruhlar paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo respublikalari mustaqillikka erishgan 1990-yillarning boshlarida esa, bu guruhlar faollashib ketdi. Masalan, Namangan shahrida ayrim siyosiy kuchlarning moliyaviy ko‘magi bilan «Adolat», «Tavba», «Islom lashkarlari» va boshqa ekstremistik tashkilotlar tuzildi.

1991-yil yanvar oyida yuzaga kelgan «Adolat» guruhining asl maqsadi mavjud tuzumni ag‘darish, hokimiyat tepasiga kelish hamda islom davlatini barpo etishdan iborat bo‘lgan. Bu guruh jamoat tartibini saqlash, ko'cha jinoyatlariga qarshi kurash niqobi ostida har xil reydlar uyushtirdi, tekshiruvlar o‘tkazdi, kishilarni qo‘lga oldi. Ularning nazarida aybdor bo‘lgan shaxslar shariat ahkomlariga muvofiq xalq oldida jazolanardi. Aslida bunday hatti-harakat ortida «Adolat» rahbarlarining mahalliy hokimiyat va huquqni muhofaza qilish organlarini zarur xavfsizlik hamda tartibni ta’minlashga qodir emasdek qilib ko‘rsatib, ularni xalq oldida obro‘sizlantirish niyati turardi. Buning natijasida «Adolat» faollari 1990-1992-yillarda yig‘ilishlar, mitinglar uyushtirishdi. 1991- yil oxirida Namanganda bolib o‘tgan ko‘p sonli norozilik mitingi eng sezilarli voqea bo‘ldi. O‘sha vaqtda «Adolat» harakatining dasturiga yaqin bo‘lgan, o‘zlarini «Islom lashkarlari» deya nomlagan (Namanganda tuzilgan) yana bir guruhga Tohir Yoldoshev rahbarlik qilardi. Keyinchalik O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bunday deb eslagandi: «1991-yil 8-dekabrda men Namanganga borib aqlini yo‘qotgan, o‘ziga «Olloh lashkarlari» deb nom qo‘yib olganlar bilan, o‘sha Yo‘ldoshev Tohir bilan yuzma-yuz bo‘lganman. O‘shanda mendan ular islom davlatini, islom respublikasini hozir e’lon qilasiz, deb talab qilishgan.

Soqoli tizzasiga tushadigan kimsalar odamlarning boshini aylantirib, shu masalalarni ko‘targanlari hali ham esimda, ovozlari hali ham qulog‘imda turibdi». Aslida bu tartibsizliklar, mitinglarning o‘sha vaqtdagi ommaviyligi kishilarning «Adolat», «Islom lashkarlari»ning g‘oyalariga, ko‘rsatmalariga ergashish emas, balki shu guruhlar tomonidan uyushtirilgan yig‘ilishlarda ishtirok etganliklari uchun haq tolanar edi. Masalan, guruh varaqalari ni yopishtirganlik uchun 50-100 dollar miqdorida haq to’lanardi. 1990-yillar boshida tuzilgan «Tavba» guruhining asl maqsadi ham qonuniy hokimiyat organlarini almashtirish va ular tomonidan nazorat qilinadigan tuzilmalarni shakllantirishdan iborat edi.

1992-yilda O‘zbekistonda bunday guruhlar faoliyati qonundan tashqari, deb e’lon qilingach, ularning faollaridan ko‘pchiligi Afg‘onistonga, Tojikistonga ko‘chib o‘tishdi. Qochqinlar orasida Tohir Yo‘ldoshev, Jumaboy Hojiyev degan kimsalar ham bor edi.

Keyinchalik ular ko‘plab ekstremistik tashkilotlar bilan har tomonlama aloqalar o‘rnatib, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Pokiston kabi davlatlarda qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etishgan.

Ayniqsa, 1999-yilning 16-fevralida Toshkent shahrida terroristlar tomonidan uyushtirilgan portlashlar vaziyatni butkul beqarorlashtirish orqali mamlakatning turli joylarida bir qator terrorchilik amaliyotlarini rejalashtirgan edi. Aynan o‘sha kuni soat 11 ga yaqin Toshkent shahridagi sobiq «Nodirabegim» kinoteatri, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Ichki Ishlar Vazirligi kabi binolar yaqiniga qo‘yilgan avtomashinalarga o‘rnatilgan portlatish qurilmalari ishga tushdi. Lekin asosiysi Oczbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi binosi yonida sodir etildi.

Unda O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ishtirokida mamlakat hukumatining 1998-yil yakunlari va 1999-yil ish rejalariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tishi belgilangan edi. Mazkur portlashlar natijasida 13 kishi halok bo‘ldi, yuzdan ziyod odam turli darajada jarohatlandi. 50 dan ziyod ma’muriy va uy-joy binolari zararlandi.

1999-yil 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida terrorchilar ustidan bo‘lib o‘tgan sud jarayonida sudlanuvchilar ko'rsatmalari, jabrlanuvchilar va guvohlar, dastlabki tergov jarayonida yig‘ilgan ashyoviy dalillar, tomonlarning fikrlari, ayblanuvchilarning so'zlari tinglandi. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darishga va hokimiyatni bosib olishga urinishda ayblangan 20 nafardan ziyod terrorchi ekstremist ustidan hukm o‘qildi va ular o‘z qilmishlariga yarasha qonuniy jazolandilar.

Toshkentdagi fevral voqealari qabih niyatli terrorchilarning navbatdagi hujumigina emasdi. Mintaqa uchun ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan bu terrorchilik harakati butun Markaziy Osiyoni qon ga botirishni ko‘zlagan dahshatli urushning boshlanishiga ishora bo‘lishi kerak edi. Yuzaga kelgan vaziyatdan foydalanib, Tohir Yo‘ldoshev toliblar bilan Termiz tomondan mamlakatga kirib kelishi, ayni mahalda J.Hojiyev otryadlari o‘z jangarilari bilan Qirg‘izistonning O‘sh viloyati va Farg‘ona vodiysi orqali O'zbekistonga kirishi kerak edi.

Lekin terrorchilik harakatlarining tashkilotchilari asosiy maqsadlariga erisha olmadilar. 1999-yil avgustda diniy ekstremistlarning qurollangan yirik to‘dalari Tojikistondan Qirg‘iziston hududiga bostirib kirishdi, chegara yaqinidagi bir necha qishloqni egallab, 12 nafar kishini garovga olishdi, ular orasida to‘rt nafar Yaponiya fuqarosi va Qirg‘izistonning bir necha yuqori martabali shaxslari bor edi.

2000-yilning avgust oyi boshida terrorchilar O‘zbekiston chegarasini bosib o‘tishga urinishdi. Bu gal ular o‘tish qiyin bo‘lgan Sariosiyo va Uzun tumanlarida parokanda guruhlar bilan bir qatorda hujum qilishdi. 2000-yil 11-avgustda O‘zbekiston hududida jangovar harakatlar boshlanishi bilan bir vaqtda jangarilarning 150 nafar kishigacha bo‘lgan qurolli guruhi Tojikiston hududidan Voruk anklavi orqali Qirg‘izistonning Botken viloyati baland tog‘li Laylak tumaniga bostirib kirgan edi. Jangovar harakatlar jarayonida jangarilarning yuzga yaqin a’zosi yo‘q qilindi, harbiylar ham talafot ko‘rishdi.

2004-yil bahorida O‘zbekiston bo‘ylab terrorchilik harakatining yangi to‘lqini yoyildi. 29-martga o‘tar kechasi Toshkentda IIV ning bir qator xodimlariga hujumlar uyushtirildi, natijada uch ichki ishlar xodimi o‘ldirildi, bittasi yarador bo‘ldi. Shu kuni ertalab Toshkentda, Chorsu bozori hududida, «Bolalar dunyosi» do‘koniga kiraverishda xudkush terrorchi ayol portlovchi qurilmani ishga soldi. Ikki kishi halok bo‘ldi, to‘rt kishi yaralandi. Keyinroq Ko‘kaldosh madrasasi yaqinida shahid to­monidan ikkinchi portlatish amalga oshirildi. Natijada 9 nafar ichki ishlar xodimi halok bo‘ldi.

Shu kunning o‘zida Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qahramon aholi punktida xususiy uyda 9 kishining, shu jumladan bir go'dakning hayotiga zomin bo‘lgan yana bir portlash sodir etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash uskunasi terrorchilarga bomba tayyorlanadigan ustaxona sifatida xizmat qilgan uyda ishga tushgan.

2004-yil 30-iyulda Toshkentda uch nafar xudkush terrorchi AQSH va Isroil elchixonalari yaqinida, shuningdek O‘zbekiston Bosh prokuraturasi binosi fayesida portlatish sodir etishdi. Portlash natijasida jami 4 nafar kishi vafot etdi va 14 nafar kishi turli darajada tan jarohati oldi. Uchala terrorchi o‘zlari portlatish sodir etgan joylarda halok bo‘lishdi.

2005-yil 12-13-may kunlari Andijon shahrida «Akromiylar» oqimi tomonidan mavjud konstitutsiyaviy tuzumni o‘zgartirish maqsadida ko‘plab odamlarni qurbon bolishiga hamda fuqarolar va davlat mulkiga katta zarar yetkazilishiga olib kelgan qator terrorchilik harakatlari sodir etildi.

2009-yilning 26-mayida Andijon viloyatida sodir etilgan mud hish terrorchilik harakati oqibatida bir nafar huquqni muhofaza qilish idorasi xodimi halok bo‘ldi. Bir necha fuqaro yarador boldi.

Darhaqiqat, o‘sha vaqtlarda mintaqadagi vaziyatning murakkabligiga qaramay, davlatimizning oqilona siyosati, o‘z vaqtida qat’iyat bilan ko‘rgan chora-tadbirlari hamda xalqimizning kuchli irodasi tufayli mamlakatimizda tinch va osuda hayot saqlab qolindi. Yuqorida qayd etilgan bunday jinoiy harakatlar O‘zbekistondagi tinch-osoyishta hayotni, barqaror rivojlanishni ko‘ra olmaydigan g‘araz niyatli kuchlar o'zlarining razil maqsadlari yolida begunoh odamlarning qonini to‘kishdan ham tap tort masligini ko‘rsatdi.

1990-yillar boshlarida Markaziy Osiyo mintaqasida ekstremizm asosan firqabozlikka asoslangan yangi guruhlarning paydo bolishi, norasmiy yol bilan diniy saboq berish, noqonuniy tarzda diniy mahsulotlar tayyorlash, olib kirish, tarqatish, missionerlik va prozelitizmning avj olishi kabi ko‘rinishlarda namoyon boldi.

Markaziy Osiyo mintaqasi, jumladan, O‘zbekistonda bunday tahdidning yuzaga kelishiga quyidagilar sabab boldi:

— «qayta qurish» davrida nafaqat siyosiy va iqtisodiy inqiroz, balki mafkuraviy parokandalik ham yuzaga kelgan edi. Sovet imperiyasi barbod bolgach esa, mafkuraviy bo‘shliq o‘zining xatarli oqibatlarini namoyon qildi;

— e’tiborli diniy ulamolar o'rnini soxta «islomchilar» egallashga intilishlari va ular tomonidan islom asoslari buzib talqin qilinishi boshlandi;

— aholining islom diniga bolgan katta qiziqishidan foydalanib, xalqaro ekstremistik markazlar tomonidan mintaqada diniy mutaassiblik ruhidagi adabiyotlarni tarqatish kengaytirildi;

— din niqobi ostida faoliyat olib boruvchi, aslida ayrim davlatlarning g‘arazli geosiyosiy va geostrategik qarashlari natijasi o‘laroq shakllangan, qo‘poruvchilik maqsadini ko‘zIagan turli oqim va yo'nalishlarga mansub xorijiy da’vatchilar mintaqaga o‘z g‘oyalarini olib kira boshladilar;

— istiqlol arafasida mintaqa davlatlari chegaralarining mustahkam emasligi turli ekstremistik kuchlarga narkotrafik, qurol-yarog‘larning noqonuniy savdosi orqali moliyaviy imkoniyatlarini mustahkamlab olishga va mintaqa bo‘ylab erkin harakat qilishga zamin yaratdi.

Qisqa qilib aytganda, sho‘ro davridan meros bo‘lib qolgan og‘ir ijtimoiy-iqtisodiy muammolar yuqorida qayd etilgan sabablar bilan qo‘shilib diniy ekstremistik oqimlarning shakllanishi va faollashuviga qulay sharoit yaratdi.

Umuman olganda esa, ekstremizm mintaqada yashirin, keyinroq ochiq-oshkora tashviqot va zo‘ravonlikka asoslangan faol harakatlar, so‘ng unga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar natijasida yana o‘ta maxfiy ishlash asnosida targ'ibot olib borish va qo‘poruvchilik xurujlarini sodir etish kabi bosqichlarni bosib o‘tdi, deyish mumkin.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin