Guliston davlat universiteti


Mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə90/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Mustahkamlash uchun savollar:

  1. Qaysi mamlakatlar aholisining ko‘pchiligini musulmonlar tashkil etadi?

2.Bugungi kunda faoliyat olib borayotgan qanday diniy ekstremistik tashkilotlar mavjud?

  1. Diniy ekstremizm va terrorizmning musulmon mamlakatlari uchun xavfining o‘ziga xos xususiyatlari nimalarda ko‘rinadi?

  2. Diniy ekstremizm va terrorizmning oldini olish borasida musulmon dunyosi mamlakatlari tomonidan qanday harakatlar olib borilmoqda?

  3. Islamofobiya so‘zining mohiyatini ochib bering.


13-mavzu. Musulmon dunyosining diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi

Reja:

1. Diniy ekstremizmning musulmon dunyosi uchun xavfi.

2. Musulmon mamlakatlarining ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashi.
1-savolning bayoni: Musulmon mamlakatlari neft, gaz va boshqa tabiiy resurslarning ulkan zahiralariga ega. G‘arb dunyosining Yaqin va O‘rta Sharqdagi uglevodorod resurslariga bolgan bog‘liqligi yaqin istiqbolda ham saqlanib qoladi. Buni anglagan musulmon davlatlari tabiiy resurslardan maksimal ravishda foydalanib, o‘z iqtisodiyotlarini rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. Bir qator musulmon mamlakatlarida chet eldan yangi qurol-yarog‘ sotib olish hamda zamonaviy harbiy infratuzulma yaratish orqali o‘zining harbiy kuch-qudratini oshirish, hatto ommaviy qirg‘in quroliga ega bo‘lishga intilish jarayonlari ham tobora kuchayib bormoqda.

XX asrning ikkinchi yarmida ekstremizm va undan oziqlanayotgan hamda diniy shiorlar bilan niqoblangan terrorizm ana shu mintaqalar va mamlakatlar hayotiga birdek tahdid solmoqda. Keng ko‘lam va xilma-xil ko‘rinishlar kasb etayotgan ushbu tahdidga qarshi kurash nafaqat musulmon mamlakatlari, balki butun dunyo uchun ham dolzarb bo'lib qolmoqda.

Dastlab saltanat sohiblari va davlat arboblariga qarshi qurolli hujumlar shaklida paydo bolgan siyosiy terrorizmni bugun har qadamda uchratish mumkin. XX asrning 60-yillaridan boshlab, dunyodagi butun-butun mintaqalari turli-tuman terrorchilik tashkilotlarining o‘chog‘iga aylana boshladi.

Ekstremizm va terrorizm odamlarning ertangi kunga bolgan ishonchiga putur yetkazibgina qolmasdan, turli diniy e’tiqod vakillari bo‘lgan xalqlar, hattoki, sivilizatsiyalar orasidagi o‘zaro ishonchga ham soya tashlamoqda, jahon taraqqiyotining tamal toshi bo‘lgan xalqaro iqtisodiy va madaniy hamkorlikning rivoj- lanishiga to‘siq bo'lmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozir dunyoda 600 ga yaqin terrorchi tashkilotlar mavjud bo‘lib, ularning 80 foizi islom niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ekspertlarning fikricha, dunyoda faoliyat ko‘rsatayotgan terrorchilik tashkilotlarining yuzdan oshig‘i eng zamonaviy qurollar bilan yaxshi ta’minlangan yirik uyushmalardan iborat. Ular turli qo‘poruvchiliklarni sodir etish jarayonida o‘zaro hamkorlik qiladilar, ma’lumotlar almashadilar, zarur hollarda, bir-birlariga harbiy, moliyaviy va boshqa shakldagi yordamni ko‘rsatadilar. Bunday tashkilotlarning eng yiriklari qatoriga «Musulmon birodarlar», «al-Jihod al-Islomiy», «al-Jamaat al-Islomiya», «at-Takfir val-hijra» (Misr), «Abu Sayyof» (Filippin), «Ozod Achex» va «Lashkari jihod» (Indoneziya), «Qurolli islomiy harakat» (Jazoir), «al-Qoida», «Boko haram», «Iroq va Shom islom davlati», «Jabhat an-nusra» kabilarni kiritish mumkin.

BMTning G‘arbiy Osiyo bo‘yicha Iqtisodiy va ijtimoiy komissi- yasining bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mamlakatlari «Arab bahori» natijasida ko‘rgan zarari 614 milliard AQSH dollari yoki hududning 6% yalpi ichki mahsulotiga teng bo‘ldi. Ushbu natijalar 2011—2015-yillar doirasida hisoblandi. Birgina Suriya davlatining o‘zi ko‘rgan iqtisodiy zarari 259 milliard AQSH dollariga teng boidi.

2000-yildan 2016-yilga qadar dunyoda 72 ming 135 ta terrorchilik harakatlari sodir etilgan. Ularning 55% to‘rtta davlat— Iroq, Pokiston, Afg'oniston va Hindiston hududida amalga oshirilgan. 169 ming 572 nafar odam terrorchilik harakatlari qurboniga aylandi. 260 ming 684 nafar odam jarohat oldi.

2015-yili dunyodagi 163 ta mamlakat ichida 92 ta davlat terrorchilik harakatlaridan zarar ko‘rdi. Ulardan Afg‘oniston, Suriya, Pokiston, Iroq, Nigeriya va Yaman davlatlari terrorchilik harakatlaridan eng katta zarar ko‘rgan hududlar bo‘ldi.

2015-yili terrorchilik harakatlari natijasida halok bo‘lgan odamlar soni 29 ming 376 tani tashkil etdi. Ularning eng ko‘pi, ya’ni 11 ming 900 nafari lroq, Nigeriya va Afg‘oniston davlatlari ga to‘g‘ri keldi. Boshqa davlatlarda esa halok bo‘lgan odamlar soni 2014-yilga nisbatan 14% ga oshdi, ya’ni 17 ming 476 nafarni tashkil qildi.

Umuman olganda, o‘tgan asrning 90-yillarining boshlarida ko‘tarilgan va zo‘ravonliklar zanjirini vujudga keltirgan din niqobidagi ekstremizm to‘lqini hamon musulmon dunyosida real xavf sifatida saqlanib qolmoqda.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin