Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə88/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Buyuk Britaniya. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1,5 million britaniyalik musulmonlarning 610 mingini pokistonlik, 200 mingini bangladeshlik, 160 mingini hindistonlik, 350 mingini YAqin SHarq va afrikaliklar tashkil etadi. Ularning soni yiliga 30 mingga ko‘paymoqda.

Ayrim mutaxassislar, yaqin 20 yil ichida islomni qabul qilganlar soni musulmon-emigrantlar sonidan ham oshib ketishi mumkin deb taxmin qilmoqdalar.

Islomni qabul qilayotganlarning o‘rtacha yoshi 30-50 orasida bo‘lib, ularning ichida o‘rta sinf vakillari va ayollar ko‘pchilikni tashkil etadi. Xususan, britaniyalik musulmonlarning 1 millioni ayollar deb taxmin qilinadi. Islomni qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar haqida gap ketar ekan, ayrim mutaxassislar uni qiyosiy teologiya rivojlanishi bilan bog‘liq deb bilsalar, ba’zilar uning ko‘payib borishini ushbu din haqidagi salbiy ma’lumotlarning ko‘payib ketishiga o‘ziga xos javob sifatida baholaydilar.

Musulmonlarning soni ortib borishi bilan birga ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi mavqei ham mustahkamlanib bormoqda. Bugungi kunda Lordlar palatasida 3 ta, Umumiy palatada 1 ta, mahalliy parlamentda 160 musulmon faoliyat olib borayotgani ham buni tasdiqlaydi.

Mamlakat musulmonlariga, 2 ming masjid va ibodat uylari, 80 ta madrasa xizmat ko‘rsatmoqda. 1962-yildan Londonda o‘z oldiga islomni targ‘ib qilish hamda musulmon va nomusulmonlar o‘rtasida do‘stlik rishtalarini o‘rnatishni maqsad qilib qo‘ygan «Birlashgan Qirollikning islom missiyasi» faoliyat olib bormoqda. U masjidlar qoshida tashkil etilgan markazlari «YOsh musulmon” gazetasini tarqatish orqali aktiv missionerlik faoliyatini olib bormoqda.

1970-yilda Londonda Saudiya Arabistoni yordamida musulmonlarning «Birlashgan Qirollik va Evropa ittifoqi” tashkiloti tuzildi. 1979-yildan mamlakatda «Islom matbuoti ittifoqi” tashkil qilindi.

Musulmonlaming ko‘payishi, islomning keng tarqala borishi bilan bir qatorda Buyuk Britaniyada ham islom bayrog‘i ostida faoliyat yuritadigan diniy ekstremistik tashkilotlar ham paydo bo‘lganini ta’kidlash zarur. Jumladan, «Hizbut-tahrir»ning shtab kvartirasi aynan Britaniyada joylashgan deb hisoblanadi. SHuningdek, mamlakatda terrorchilikni qo‘llab-quvvatlovchi «Islom xayriyasi» tashkiloti ham faoliyat olib boradi.

«Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi yangi qonun bo‘yicha mam­lakatda 21 tashkilot terrorchilik uyushmasi ro‘yxatiga olingan bo‘lib, ulardan 14 tasi islom bayrog‘i ostida faoliyat olib boradi.

Umuman olganda, xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, hozirda Gretsiyada o‘zgarishsiz qolayotganini va Islandiyada deyarli yo‘qligini inobatga olmaganda, G‘arbiy Evropaning barcha mamlakatlarida musulmonlarning soni tez o‘sib bormoqda. Buning bir qator sabablarini ko‘rsatish mumkin. Eng avvalo, musulmon oilalarida tug‘ilishning yuqoriligini va bunga zid ravishda Evropalik (xristian) oilalarda tug‘ilishning pasayib ketayotganini ta’kidlash zarur. Bunda «Bitta oila-bitta farzand» degan yondashuvning ustuvorligi va ayni paytda, mutaxassislar fikricha, ayollarning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan feministik harakatlar ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.

Bu jarayon moddiy qashshoqlik, iqtisodiy qiyinchiliklar, millatlararo nizolar, fuqarolar urushidan qochishga intilayotgan kishilarning tinch va iqtisodiy jihatdan rivojlangan Evropa mamlakatlarida qanday bo‘lmasin o‘rnashib olishga harakat qilishlari natijiasida ham chuqurlashib bormoqda.

Musulmonlar «an’anaviy jamiyat» vakillari bo‘lib, ularda qon-qardoshlik aloqalari kuchli ekani e’tiborga olinsa Evropa mamlakatla­rida ularning yangidan-yangi mavzelari tez ko‘payib borayotganining yana bir sababini tushunib etish mumkin bo‘ladi. «Ochiq jamiyat» tamoyillari hukmronligi, o‘zgacha qadriyatlar, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzining himoya qilinishi, qon-qardoshlik aloqalarini tiklashga xizmat qiladigan tegishli huquqiy, demokratik tizimlarining mavjudligi ham bunga xizmat qilmoqda.

SHu bilan birga, mavjud iqtisodiy munosabatlar, ya’ni, bunday aloqalarning mustahkamligi va emigrantlar hayoti, mehnati uchun huquqiy kafolatlarning mavjudligi ham ko‘proq «jozibador» omil sifatida chiqmoqda.

Musulmonlar sonining o‘sishi haqida gap ketar ekan, bunda lisoniy yaqinlik omili ham muliim omil bo‘layotganini qayd etish lozim. Boshqacha aytganda, Er yuzining turli chekkalaridagi mustamlakalarida o‘z tillari va madaniyatini singdirishga harakat qilgan va bu yo‘lda muayyan muvaffaqiyatga erishgan davlatlar asosiy emigratsiya unvoniga aylanmoqda. Fransiya musulmonlarining katta qismi Mag‘rib (Jazoir, Tunis, Marokash)dan, angliyalik musulmonlarning aksariyati Hindiston, Pokiston va Bangladeshdan ko‘chib kelganlar ekani ham buni tasdiqlaydi.

Va, nihoyat, Evropa tub aholisining islomni qabul qilishi bilan bog‘liq jarayonlar chuqurlashib borayotgani ham musulmonlarning ko‘payib borishiga zamin yaratayotganini ta’kidlash zarur.

SHu bilan birga, Evropaning deyarli barcha mamlakatlarida islomiy diniy ekstremistik tashkilotlar faoliyat olib bormoqdaki, bu mintaqa aholisida islom to‘g‘risidagi noto‘g‘ri tasavvurlarning shakllanishiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin