Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə91/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

2-savolning bayoni: Musulmon mamlakatlarining ekstremizmga qarshi kurash tajribasi. Din niqobidagi ekstremizm va u bilan bog‘liq terrorizm dunyoning 15 dan ortiq mamlakatlariga alohida tahdid solmoqda. Yer kurrasining turli qit’alarida joylashgan bunday mamlakat- larni shartli tarzda bir necha guruhga bolish mumkin.

Birinchi guruhga mansub Shimoliy Afrikada joylashgan ayrim arab mamlakatlari, jumladan, eng katta arab davlati bolgan Misr Arab Respublikasi uchun ekstremizm bilan bog’liq terrorchilik harakatlari haqiqiy muammoga aylandi. 1970—1980-yillarda bunday jarayon Tunisni ham qamrab oldi. Mazkur mintaqada joylashgan yana bir arab davlati — Jazoirdagi diniy-ekstremistik tashkilotlarning qo‘poruvchilik faoliyati tufayli o‘n minglab begunoh insonlar halok bo‘lgan bo‘lsa, radikal oqimlar Sudanda ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning mutlaqo izdan chiqishiga, Darfur mintaqasini dunyoning eng fojiali nuqtalaridan biriga aylanishiga sabab bo‘ldi.

Ikkinchi guruhga Osiyo qit’asida joylashgan yana bir necha arab davlatlarini kiritish mumkin. Turli-tuman siyosiy, iqtisodiy va diniy-mafkuraviy sabablarga ko‘ra, Falastin hududlari, Suriya, Iroq Respublikasi ekstremizm bilan bog'liq terrorchilik harakatlaridan katta talafot ko‘rmoqda.

Ayniqsa, Suriya davlatining iqtisodiyotiga 5 yillik urush 255 milliard AQSH dollari miqdorida zarar keltirdi.

Mamlakatning o‘nlab shaharlaridagi 2 milliondan ziyod bino va inshootlar poydevorigacha yo‘q qilingan, neft-gaz qazib chiqaruvchi quvvatlarning ko‘p qismi «IShID» jangarilari qo‘lida qolmoqda. Shu sababli, 85% suriyaliklar qashshoq holatga tushib qol- gan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Suriyani tiklash uchun yiliga 100 milliard AQSH dollari lozim bo‘ladi. Shundan keyingina 9 yil ichida davlat 2010-yilgi darajaga chiqishi mumkin. Suriyaning sobiq Bosh vaziri va hozirda BMTning iqtisodiy va ijtimoiy Komissiyasi ijroiya kotibining o‘rinbosari bo‘lgan Abdulloh al-Dardoriy aytishicha, 2010-yili Suriyaning yalpi ichki mahsuloti 62 milliard AQSH dollariga teng bo‘lgan. Ammo, fuqarolar urushidan so‘ng yalpi ichki mahsuloti 27 milliard AQSH dollariga tushib ketgan.

Faqatgina ishlab chiqarish maydonlarining o‘zi 9O% vayron qilingan. Turar-joy binolarining yarmi esa buzib tashlangan.

Ekstremistik faoliyatning uchinchi o‘chog‘i janubi-sharqiy Osiyo mintaqasida joylashgan deyish mumkin. Ushbu xatarning olovli nafasi, ayniqsa, Pokiston, Indoneziya, Malayziya hamda Hindiston va Filippinning ayrim hududlarida o‘zining halokatli oqibatlarini namoyon etmoqda. Boshqacha aytganda, qadim-qa- dimlardan buddaviylik, hinduiylik, islom va boshqa dinlarga e’tiqod qiluvchilar tinch-totuv yashab kelgan ulkan hududda ham ekstremizmning qo‘poruvchilik salohiyati o'zini ko'rsatmoqda.

Islom mafkura sifatida musulmonlarni birlashtiruvchi kuchli omil bo‘lib kelgan. Asrlar davomida turli ijtimoiy tabaqalar va millatlarni qamrab olishi natijasida islom bugungi kunda o‘z rivojlanishida katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Islom dini doirasida yuzaga kelgan turli qarama-qarshiliklar oqibatida jangari millatchilik va ekstremizmga asoslangan siyosiy kuchlar va ittifoqlar paydo bolmoqda. Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib borishda kompleks va tizimli, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy chora-tadbirlarni qo‘llash muhim ahamiyatga ega. Albatta, bunday chora-tadbirlarni qo‘llash katta vaqt, tegishli reja va yirik mablag‘lar talab qiladi.

Ekstremizmga qarshi kurashda xalqaro birdamlik va kelishuvlar ham katta ahamiyatga ega. Xususan, o‘z hududida diniy ekstremistlar va terrorchilar faoliyatiga yo‘l ochib bermaslik, ularga yordam ko‘rsatmaslik va siyosiy boshpana bermaslik hayo- tiy-amaliy ahamiyatga ega.

Arab-musulmon davlatlari ichida Misr Arab Respublikasi birinchi bo‘lib terrorizm muammosiga 1940-yillarda, «Musulmon birodarlar»ning o‘z faoliyatida ishontirish usullaridan radikal terrorchilikka — davlat, politsiya va armiyaning ko‘zga ko‘ringan arboblarini jismonan yo‘q qilish yo‘liga o‘tishi natijasida duch keldi. Ushbu davlatning diniy mutaassiblikka qarshi kurashdagi bir necha o‘n yillik tajribasi radikal diniy guruhlarga xayrixohlik bilan qarash, ularni pinhona rag’batlantirish ekstremistik harakatlarning yanada faollashuviga, yangilarining paydo bo‘lishiga imkon yaratishini ko‘rsatadi.

Musulmon mamlakatlarining ekstremizmga qarshi kurash strategiyasi umuman olganda, har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari va ustuvor yo‘nalishlaridan qat’i nazar, bilvosita va bevosita qarshilik kocrsatish usullarini o‘z ichiga oladi.

Bilvosita choralarga rasmiy diniy tashkilotlar bilan hamkorlik, zo‘ravonlikka qarshi kurashda diniy arbob va muassasalarning ahamiyatini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’rifiy chora-tadbirlarni amalga oshirishga yordam beradigan dasturlarni kiritish mumkin. Bevosita qarshilik ko‘rsatish o‘z ichiga huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan ko‘riladigan choralarni, aksilterrorchilik qonunlarini qabul qilish, ulardan keng foydalanish kabi tadbirlarni oladi. Shu o‘rinda, masalan, Misr qonunchiligi diniy asosda partiyalar tashkil etishni taqiqlashini ta’kidlash joiz. Bundan tashqari, davlat noqonuniy ravishda qurol saqlaganlar, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchilar, radikal guruhlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlovch i1arga nisbatan qattiq ma’muriy-jinoiy choralarni qo‘llashini ham qayd etish lozim.

1990-yillarda zo‘rlik va terror harakatlarining kuchayishi esa Misr hukumatini «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi Qonun kabi bir qator yangi huquqiy hujjatlarni qabul qilishga majbur qildi. Bunday maxsus qonunning qabul qilinishi xavfsizlik idoralariga ko'proq erkinlik berish va ular olib borayotgan faoliyatning sa- maradorligini ta’minlash bilan bog‘liq edi.

Musulmon mamlakatlari ekstremizm va zo‘ravonlik muammolarini ilmiy va keng qamrovda yechish bo‘yicha amaliy ishlarni tashkil etmoqda. Jumladan, ilmiy-tekshirish institutlari va strategik markazlarda bu muammoning ilmiy-tizimli tahliliga katta e’tibor berilmoqda. Bu jarayonda har bir mamlakatda muayyan o‘ziga xosliklar kuzatilishi, tabiiy, albatta. Masalan, Indoneziyada ekstremizmga qarshi olib borilayotgan kurashda ekstremistlarning yirik vakillari, jumladan, qamoqda bo‘lgan Abu Bakar Bashir tomonidan tashkil etilgan «islom maktablari»ni yopish choralari ko‘rilayotgani bunga misol bo‘la oladi. Shuningdek, 2002-yilda Bali orolida sodir etilgan va 200 dan ortiq kishining umrini xazon qilgan portlashlarning tashkilotchilaridan biri Imom Samudra tomonidan yozilgan va jangarilik g‘oyalariga boy bolgan kitoblarni bosish va tarqatish man etilganini ham qayd etish zarur.

Bunday harakatlar hozirda hukumat va ulamolarning ekstremizmga qarshi birgalikda olib borayotgan ishlari- ning bir qismi sifatida qaralmoqda. Umuman olganda, Indoneziyada «Politsiya ishtirokida kuchga va musulmon ulamolarining faol ishtirokida mafkuraga tayanib ish olib borish — ekstremizmga qarshi kurashning ikki fronti» sifatida e’lon qilinganini ta’kidlash lozim. Radikal qarash- larga qarshi kurash bo‘yicha yetakchi musulmon ulamolari ishtirokida guruh shakllantirilgani ham bu yo‘lda amaliy ishlarga o‘tilganining isboti bo'la oladi.

Ekstremizm va terrorizm muammosi bilan duch kelayotgan musulmon mamlakatlari ushbu masalani turli xalqaro forumlarda ko‘tarish bilan dunyo jamoatchiligi diqqatini uni hal etishga qaratib kelmoqda. Shuningdek, radikal kayfiyatdagi mutaassiblar yashayotgan davlatlar bilan xavfsizlik sohasida hamkorlik qilish va jinoyatchilarni almashish bo‘yicha ikki tomonlama kelishuvlarni imzolashga ham alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, arab davlatlari o‘rtasida xavfsizlik sohasidagi siyosatni tartibga solish va terrorizm muammosini arab davlatlari Ichki ishlar vazirlari majlislarinmg dolzarb mavzusiga aylantirish yolidagi harakatlar ham shu yo‘nalishdagi ishlarning uzviy qismi hisoblanadi.

Dinni qurol qilib olgan bunday ekstremistik harakatlar bugun umuman kishilik jamiyati hayotiga jiddiy tahdid solmoqda. Zamonaviy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ko‘p qirrali siyosatni amalga oshirishda o‘zaro hamkorlik va sobitlikni talab etadi.

Shakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga qarshi kurashmagan davlatlar zaiflashib, o‘z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin