Guliston davlat universiteti


Evangelь xristian-baptistlar cherkovlari



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə99/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Evangelь xristian-baptistlar cherkovlari Kengashiga taalluqli diniy tashkilotlar haqida gap ketar ekan, ular respublika hududida ro‘yxatdan o‘tgan Evangelь xristian-baptistlar cherkovlari Uyushmasiga aloqasi bo‘lmagan diniy tashkilotlar guruhi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Evangelь xristian-baptistlar Kengashiga mansub tashkilotlar o‘z diniy qarashlariga tayangan holda ongli ravishda Adliya idoralarida ro‘yxatdan o‘tishdan bosh tortib kelmoqdalar. SHu bilan birga, ular turli xil diniy marosimlarni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga harakat qilib kelmoqdalar va bu bilan huquq-targ‘ibot idoralarining asosli xatti-harakatlarini keltirib chiqarmoqdalar.

Turli xorijiy mamlakatlarda aynan yuqoridagi ikki guruh faoliyati yuzasidan ko‘plab noroziliklar kelib chiqmoqda. Ular o‘zlarining muammolarini xorijiy mamlakatlardagi raxnamolari va homiylari yordamida hal qilishga intilishlari bilan ajralib turishlarini ham qayd etish lozim.

Krishnani anglash jamiyati. Krishnaizm qadimgi hind muqaddas kitoblari – Vedalarga asoslangan, yangi paydo bo‘lgan diniy birlashmalardan biridir. Dunyo bo‘yicha Krishnachilarning umumiy soni aniq emas. Krishnachilarning ta’kidlashicha, dunyoning turli burchaklarida ularning 150 dan ortiq ibodatxonalari bor.

Jamiyat 1966 yilda AQSHda paydo bo‘lgan. Asoschisi – A. CH. Bxaktivedanta Svami Prabxupada. 1970-yillardan e’tiboran krishnaizm turli mamlakatga tarqala boshlagan. 1971 yil iyunda SHrila Prabxupada Moskvaga kelgan. SHu vaqtdan boshlab krishnachilarning sobiq SHo‘ro mamlakatidagi rivojlanishi boshlangan.

Krishnachilar o‘z faoliyatida SHrila Prabxupadaning asarlariga asoslanadilar. 1990-yillarning o‘rtalarida Toshkent shahrida joylashgan Krishnani anglash jamiyati vakillari shaharning turli burchaklarida ibodat kiyimlarida yurib, turli adabiyotlar sotish bilan shug‘ullanganlar. Ular bilan olib borilgan tadbirlar natijasida krishnachilarning bu turdagi faoliyatiga barham berildi.

Missionerlar asosiy e’tiborni aralash millat vakillaridan iborat oilalarning a’zolari, ilgari hech bir dinga e’tiqod qilmagan, og‘ir xastalikka, judolikka, moddiy qiyinchilikka duch kelgan, axloq tuzatish muassasalaridan chiqib kelgan, ya’ni moddiy va ma’naviy ko‘makka muhtoj kishilarga qaratmoqdalar. SHuningdek, kar-soqovlar, nogironlar orasida faol ish olib borishga harakat qilish ham tez-tez kuzatilmoqda. SHu bilan birga, ziyolilarning turli qatlamlari vakillari – o‘qituvchilar, vrachlar, san’atkorlar orasida targ‘ibotni kuchaytirishga intilishi ham mavjudligini ta’kidlash zarur. Afsuski, bunday targ‘ibotga ergashayotgan va kelib chiqishi musulmon bo‘lgan fuqarolar ham kam bo‘lsada borligini qayd etish lozim.

SHunday ekan, missionerlik respublikamiz aholisi tinchligi va osoyishtaligi uchun tahdid ekanini chuqur anglash, uning oldini olish hamda qarshi kurash bo‘yicha tizimli va tadrijiy ishlarni olib borish har bir fuqaroning millat va Vatan oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin