Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə46/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

3-asosiy savolning bayoni:

Xalqaro terrorizm - eng og‘ir jinoyat bo‘lib, u uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.

Unga qarshi kurashda davlatlararo hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi o‘tgan asrning 30-yillaridan boshlangan. Masalan, 1934-yilda Madridda bo‘lib o‘tgan jinoyatchilikka oid qonunlarni unifikatsiyalashtirish muammolariga bag‘ishlangan konferentsiyada terrorizmning «Aholini dahshatga solish va har qanday ijtimoiy tashkillashuvni yo‘q qilish maqsadida biror bir vositani qo‘llash» degan ma’nodagi ta’rifi qabul qilinishiga erishilgan edi.

1937-yilda 20 dan ortiq davlat terrorizmning oldini olish va bunday harakatlar uchun jazolash haqidagi Konventsiyani imzoladi. Unda terrorizm «davlatga qarshi qaratilgan, muayyan shaxslar yoki aholi o‘rtasida qo‘rquvni keltirib chiqarish maqsadini ko‘zlagan jinoiy faoliyat» deya ta’riflangan edi. Davlat boshliqlari, ularning huquqidan foydalanuvchi, ular tayinlagan yoki merosxo‘r bo‘lgan kishilar, qayd etilgan shaxslarning ayollari hayoti, sog‘lig‘i, ozodligiga tajovuz qilish, jamoat mulki yoki boshqa davlatning mulkiga zarar etkazish, ommaviy xavf tug‘dirish bilan odamlarni halok qilish niyatini ko‘zlash, ko‘zla­gan jinoyatlarini sodir etish maqsadida qurol-yarog‘ va portlovchi moddalar sotib olish, saqlash va etkazib berish ana shunday jinoyat sirasiga kiritilgan edi.

Ayni paytda, terrorchilarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun 13 davlat suveren tenglikni chegaralovchi «Xalqaro jinoiy sudni tashkil etish» haqidagi Konventsiyani imzoladi. SHunday bo‘isa-da, bu hujjatlarda xalqaro terrorchilarni tutib berish masalasi umuman qo‘yilmagan, terrorizmning ta’rifi esa haddan tashqari kengayib ketgan edi. YUqoridagi kabi qator kamchiliklari tufayli nomlari zikr qilingan Konventsiyalar zarur miqdordagi ratifikatsiyalarni to‘play olmadi va kuchga kirmay qolib ketdi. SHunga qaramay, ular bu sohadagi davlatlararo hamkorlikka ozmi-ko‘pmi ijobiy ta’sir ko‘rsatgani shubhasiz, albatta. CHunki ularning asosiy qoidalaridan terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi milliy qonunlarni mukammallashtirishda foydalanildi.

1972-yilning may va sentabr oylarida sodir bo‘lgan voqealardan keyin xalqaro hamjamiyat bu dolzarb va xavfli hodisaga yana o‘z e’tiborini qaratdi. Terrorizm haqidagi umumiy tushuncha va terrorchilik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni jazolash choralarini belgilab beruvchi huquqiy aktlar ishlab chiqildi. O‘nlab davlatlarda terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilindi, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar imzolandi. Qurolli to‘qnashuvlar vaqtida terrorchilik harakatlarini qo‘llash xalqaro gumanitar huquq me’yorlariga, xususan, 1949-yilda imzolangan Urush paytida oddiy fuqarolarni himoya qilish haqidagi Jeneva Konventsiyasiga, 1977-yilda qabul qiiingan Qo‘shimcha protokollar qoidalariga ko‘ra man etilgan.

Urushdan keyingi davr terrorchilik guruhlarining son va sifat jihatidan o‘sishi bilan farqlanadi. Ularning ichida «SHtern», «Irgun» (Isroil), «YAhudiylarni himoya qilish ligasi» (AQSH), «Tamil Ilam»ni ozod qiluvchi yo‘lbarslar», «Baader-Maynxof», «Qora internatsional», «Butun dunyo natsional-sotsialistik ittifoqi», «Armanistonni ozod qilish maxfiy arman armiyasi» kabi uyushmalar ko‘pchilikka ma’lum edi. SHuningdek, hozirda dunyoning 60 ga yaqin mamlakatlarida shunday guruhlar mavjud. Jumladan, Evropada ham «Qizil brigadalar» (Italiya), «Qizil Armiya fraktsiyasi», «Jangari kommunistik guruhlar» (Belgiya), «Akson direkt» (Frantsiya), «ETA» (Ispaniya) kabi ko‘p sonli terrorchilik uyushmalari faoliyat olib bormoqda.

Ayni paytda, terrorchilik nafaqat siyosiy, balki katta miqdorda pul talab qilish va boshqa oddiy jinoiy maqsadlarda ham amalga oshirila boshlaganini ta’kidlash zarur. Natijada, nafaqat xalqaro muhofazadan foydalanuvchilar, balki oddiy fuqarolar ham jabr ko‘ra boshladi, Ularga, aholi zich yashaydigan joylar, aeroportlar, metro bekatlari, restoran va ibodatxonalarda amalga oshirilgan portlatishlarni kiritish mumkin.

Bunday jinoyatlarga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda. Jumladan, BMT huzurida xalqaro terrorizm bo‘yicha tashkil etilgan Maxsus qo‘mita terrorizm sabablarini o‘rganish, bartaraf qilish va unga qarshi kurash borasida davlatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

1973-yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi xalqaro muho­fazadan foydalanadigan shaxslar, Jumladan, diplomatik agentlarga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va jazolash bo‘yicha Konventsiyani qabul qildi, Uning 1-moddasiga muvofiq xorijiy mamlakatda bo‘lib turgan davlat va hukumat boshliqlari, tashqi ishlar vaziri, ularga hamrohlik qilayotgan oila a’zolari; maxsus muhofaza huquqi bo‘lgan davlat vakili yoki mansabdor shaxs; hukumatlararo xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsi yoki agenti va ular bilan birga yashovchi oila a’zolari xalqaro muhofazada bo‘ladigan shaxslar qatoriga kiritilgan.

Odam o‘ldirish, o‘g‘irlash yoki shaxs va uning erkinliklariga boshqa bir shaklda tajovuz qilish; erkinligi yoki shaxsiyatiga xavf tug‘dirgan holda rasmiy idoralarga yoki shunday shaxslarning transport vositalariga zo‘ravonlik bilan bostirib kirish, egallab olish; tahdid, qasd qilish va shunga o‘xshash bosqinchilikda ishtirok etishdek qasddan qilingan harakatlar esa xalqaro jinoyat sifatida e’tirof qilinadi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin