Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə44/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

2-asosiy savolning bayoni:

«XAMAS» tomonidan isroilliklarga nisbatan qator terrorchilik harakatlarining amalga oshirilishi 1989-yilda YOsinning qamoqqa olinishi va tashkilotga AQSHda doimiy ravishda yashab keluvchi Musa Abu Mazruqning rahbar qilib tayinlanishiga olib keldi. Mazruq AQSH, G‘arbiy Evropa va Fors ko‘rfazi davlatlarida «XAMAS»ning mahalliy bo‘limlarini shakllantirish va tarafdorlar sonini ko‘paytirish hisobiga tashkilotni moliyaviy va tarkibiy jihatdan mustahkamladi.

YUgoslaviyada serb millatchilari orasida (provoslavlar), Hindistonda sikxlar va tamillar, YAponiyada «Aum sinrikyo» oqimi tarafdorlari orasida ham terrorchilik kurash vositasi ekanligini ko‘rish mumkin. AQSH prezidenti Jon Kennedi, prezidentlikka davogar Robert Kennedi, irqiy kamsituvlarga qarshi kurashuvchi ruhoniy, Nobel mukofoti laureati Martin Lyuter King terrorchilar uyushtirgan suiqasd natijasida halok bo‘lgan.

SHunisi diqqatga sazovorki, ekstremistik ruhdagi tuzilmalarning hech biri biror bir shaklda o‘zlari jar solayotgan, o‘zlari «intilayotgan» jamiyat qurilishi modelini taklif etolmaydi.

Kommunizm, xalifalik - «umumiy farovonlik va sog‘lom mutanosiblik jamiyati» oliy maqsad deb ko‘rsatilgan holda, qo‘rquv va buzg‘unchilik ularga erishish yoli sifatida taklif etiladi. Bu esa, o‘z vaqtida mashhur bo‘lgan, Rossiya va Evropada uzoq yillar davomida buzg‘unchilik yo‘lida terrorchilik usullarini qo‘llab kelgan tuzilmalar faoliyatini oziqlantirib kelgan anarxizm g‘oyalari bilan hamohanglik kasb etadi.

Hozirgi davrda ko‘plab ekstremistik uyushmalar va aqidaparastlar turli dinlar, shu jumladan, xristianlik, islom, yahudiylik dinlari ta’limotidan foydalanmoqdalar. SHu bilan birga, diniy ritorika ularga ko‘zda tutilayotgan jamiyatning aniq shaklu shamoyilini taqdim etmagan holda (bu ular uchun xuddi anarxistlar kabi unchalik ahamiyatga ega emas) xayoliy jamiyat haqidagi tasavvurlardan foydalanish imkonini beradi. Bunda eng muhimi tartibsizlik va beqarorlikni keltirib chiqarishdir. Unga erishish esa, o‘ziga xos eng umumiy maqsadni tashkil etadi, deyish mumkin.

Hozirgi kunda diniy-ekstremistik tashkilotlarning faoliyati yuqorida qayd qilinganidek, Jazoir, Misr, Indoneziya, Hindiston, Filippin, Pokiston, Iroq, Afg‘oniston, Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiya Federatsiyasining Kavkazdagi respublikalari kabi kata jug‘rofiy hududda kuzatilmoqda.

YAqin SHarq mamlakatlari hozirgi kunda ham «Hizbut-tahrir» uchun faoliyat markazi sifatida saqlanib qolmoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, faqat Iordaniya, Livan va Falastin hududlarida tashkilotning 3000-5000 a’zosi faoliyat yuritadi. Tashkilotning Bayrutda chop etiladigan «al-Va’y» («Ong») jurnali esa hizbiy g‘oyalarni tarqatishga o‘zining ulushini qo‘shib kelmoqda.

«Hizbut-tahrir»ning faol harakati 1970-80-yillardan buyon Pokiston, Indoneziya, Filippin, 1990-yillar boshidan esa Markaziy Osiyo davlatlarida, 2003-2004-yillardan Qrim yarim oroli va Rossiyaning bir qator mintaqalarida kuzatilmoqda.

Jahonning qator mamlakatlarida O‘IH rasmiy ravishda terrorchilik tashkiloti deb tan olingan. CHunonchi, u AQSH davlat departamenti tomonidan tayyorlangan va Kongress tasdiqlagan xorijiy terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan. SHundan kelib chiqib, tashkilotning aniqlangan barcha moliyaviy hisoblari «muzlatilgan». Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi va Bosh prokuraturasi ham o‘zining 2003-yil 14-fevraldagi qarori bilan uni terrorchilik tashkiloti sifatida e’tirof etgan.

Harakat Markaziy Osiyo hududida «Buyuk islom xalifaligi»ni tiklashni, unga musulmonlar yashaydigan Kavkaz va Rossiya Federatsiyasining Volgabo‘yi respublikalarini ham qamrab olish maqsadini ilgari suradi. Unga erishishda qo‘poruvchilik, terrorchilik harakatlarini amalga oshirish, harbiy harakatlar uyushtirish, odamlarni garovga olish orqali O‘zbekistondagi ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish asosiy vazifa qilib belgilangan.

Islomiy guruhlar o‘rtasidagi ko‘p yillik to‘qnashuvlarga barham berilib, 1992 yilda o‘zaro kelishuv imzolangan bo‘lsa-da, ziddiyatlarning saqlanib qolishi va ayrim davlatlar o‘zlarining g‘arazli maqsadlaridan kelib chiqib qo‘llab-quvvatlashlari natijasida 1996 - 2001 yillarda mamlakatda «Tolibon» radikal harakatining ustuvor bo‘lishiga hamda mutaassiblik qarashlari va amaliyotining joriy etilishiga olib keldi. Mamlakatda ilm-fan, madaniyat, ma’rifat, teatr, kino, musiqa, radio va televidenie tanazzulga yuz tutdi. Ma’naviy va ma’rifiy hayotning qashshoqlashuvi, diniy ekstremistik kuchlarning faollashuvi va jangarilar tayyorlaydigan markazlarning ko‘payishi sodir bo‘ldi. 2001 yil 11 sentyabr voqealaridan so‘ng boshlangan aksilterror operatsiyasi «Tolibon» harakatining yo‘q qilinishiga yo‘l ochdi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin