Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə52/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Muhokama uchun savollar:

1.Norasmiy diniy oqim va sektalarni ajrating.



  1. Ularning O‘zbekistonga kirib kelishini ichki va tashqi omillarini sanang.

  2. O‘zbekistonga kirib kelgan oqimlarning zararli qilmishlarini misollar asosida baholang.


2-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga vahhobiylik va hizbut tahrirning O‘zbekistonda amalga oshirgan harakatlari to‘g‘risida ma’lumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

-vahhobiylar amaliyotini biladi;

-hizbut tahrir faoliyatini sharhlaydi.
2-asosiy savolning bayoni.

O‘zbekistonda demokratiya jarayonida o‘z maqsadlarida foydalanib qolishga harakat qilib, ba’zi bir niyati buzuq kishilar o‘zlarining haqiqiy basharasini yashirib, turli diniy tashkilotlar tuzib, ularni hatto qonuniy ruyhatdan o‘tkazishga harakat qilib ko‘rdilar.

Lekin ularning haqiqiy intilishlarini oldindan payqagan, ayniqsa, Tojikistondagi voqealarning rivoji mamlakat fuqarolari tinchligiga qanday ta’sir qilishini oldindan ko‘ra bilgan Prezidentimiz islom Karimov Namanganda bo‘lib, ularni insofga kelishga undadi. Ammo siyosiy tanglikning ta’siri natijasida bosar-tusarini bilmay qolgan ekstremistlar ashaddiy-lashib, Namangan viloyatida faoliyatini aktivlashtirdi. Natijada, muayyan tartibsizlik, beqarorlik yuzaga kelib, «Adolat», «Islom lashkarlari» nomlaridagi guruhlar faoliyat ko‘rsata boshladilar.

«Islom lashkarlari», «Adolat» uyushmasi va boshqa guruhlar qonunsiz faoliyat ko‘rsatib, ijtimoiy tuzumni zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan o‘zgartirishni maqsad qildilar. Xalqning xavfsizligiga raxna solmoqchi bo‘ldilar. Ma’naviyatimizga tajovuz qiluvchi harakatlar bilan milliy va diniy ruhdagi chiqishlari, namoyishlari hamda shahar ko‘chalaridagi yurishlari bilan jihodni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qildilar. Oqibatda, uyushma sifatida harakat, partiya yoki jamiyat sifatida qonunda belgilangan tartibda ro‘yhatdan o‘tmagan «Adolat» va «Islom lashkarlari» guruhi fuqarolarning shaxsiy hukuq va erkinliklarini poymol etdi. Farg‘ona vodiysida, ayniqsa, Namangan viloyatida Islom dinining qonunsiz rivojlanishi, hatto maktab o‘quvchilarining dunyoviy bilimdan ko‘ra diniy bilimlarga berilib ketishi, maktab yoshidagi o‘g‘il va qiz bolalarning qonun talablariga zid holda hujralarda o‘qitilib, diniy bilimlarning ijobiy emas, salbiy tomonlari uqtirilishi holatlari aniqlandi. Natijada, ko‘plab yoshlar dunyoviy bilim olishda o‘z tengdoshlaridan sezilarli darajada ortda qoldilar.

1989-1992 yillarda Namangan viloyatida turli siyosiy chiqishlar avj oldi. Bunga Konstitutsiyamiz talablariga zid holda tuzilgan, diniy oqimlarning g‘araz niyatlariga xizmat qilgan «Adolat», «Islom lashkarlari», «Tavba» harakati va boshqalar sabab bo‘ldi. Ushbu oqimlarga a’zo bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonda Islom davlati tuzishga chaqiriqlari, xokimiyatni qo‘lga olishga intilib qilgan harakatlari bilan oddiy xalqning tinchini buzdilar. Qonunga hilof ravishda tashkil topgan diniy yo‘nalishlardagi oqimlar toat-ibodat bilan shug‘ullanish o‘rniga, o‘zlarining moddiy ta’minotlarini yaxshilash maqsadida, fuqarolardan, tashkilotlardan ochiqdan-ochiq mablag‘ talab qilib olib, ulardan o‘z saflarini kengaytirish va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash uchun foydalanganlar. Ular talab qilgan mablag‘ni berishdan bosh tortganlarni azoblab, urib, qiynab, turli darajadagi tan jarohati etkazganlar. Ayrimlarini esa qiynab o‘ldirish darajasiga etganlar. Bu haqda professor Hoji Ismatulloh Abdulloh o‘z hayotini qattiq xavf ostida qoldirib, Ota Valixon to‘ra masjidi haqida maqolasini «Namangan haqiqati» gazetasi va Namangan radiosiga beradi. Maqola 1990 yil 8 sentyabrda bosilib chiqadi, uni hamma tuman gazetalari ko‘chirib bosadi. Radioda qayta-qayta eshittiriladi. O‘sha maqolada olim vahhobiylar harakati, uning mamlakatimiz hayoti, davlatimiz siyosati va islomga tamoman zid ekanligini dalillar bilan isbotlab bergan edi. Olim uchun bu engil ko‘chmadi. Uning Namangandagi uyiga kechki payt ikkita mashinada o‘n kishi kirib keladi. Hammasi soqolli, badbashara, diniy ilmdan tamom savodsiz shaxslar. Olim diniy ilmni yaxshi bilgani uchun ularga tegishli javobni qiladi va men bilan imomingiz kelib gaplashsin, deydi. Ikkinchi kun yana beshtasi keladi, bular ham nuqul savodsiz, dindan behabar kishilar ekan. Oxirgi uchrashuv «Namangan haqiqati» bosh muharriri marhum T.Nazirov xonasida bo‘ladi. Bu safar olim vahhobiylarning to‘rtta jangarisi bilan bahslashadi. Ular olimni maqolaga radiya yozishga undashadi, bittasi hatto «Men besh marta qamalib chiqqanman», deyishdan ham toymaydi. Olim «Kerak bo‘lsa meni sudga beringlar, radiya yozmayman», deb ularni jo‘natadi. «Vahhobiylar bilan qilgan suhbatlarim shuni ko‘rsatdiki, - deb yozadi muallif, - ular soqol qo‘ygan, na dunyoviy, na diniy ilmdan xabarsiz yoshlar va nafaqaxo‘r turli toifadagi kishilar edi. Hatto ular vahhobiylik nimaligini bilmasdi. Imom Abdulahadning uyiga borib «Gazetani o‘qidingizmi?» desam. «Yo‘q vaqtim bo‘lmadi» dedi. Iya, ukam sizning masjidingiz haqida maqola yoziladiyu o‘qimaysiz, masjidga bir guruh savodsiz, islomdan bexabar kishilarni to‘plab olibsiz, ular davlatimiz siyosatiga zid qilyapti, dinga ham katta zarar etkazayapti».

1991 yil Respublikamiz Prezidenti Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. O‘zlarining noqonuniy harakatlarini avj oldirgan «Islom lashkarlari» va «Adolat» uyushmasi qanday yo‘l bilan bo‘lsa-da, davlat ro‘yxatidan o‘tib olishni o‘ylardi. Bu yo‘lda hech narsadan toymasdilar, baqirib-chaqirib, ayyuhannos solardilar. O‘zining hurmatini bilmagan Tohir Yo‘ldoshev, Hakimjon Satimov, Alisher Nishonov va boshqalar jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzib, ongsizlarcha ish tutdilar. O‘sha yillari viloyat Adliya boshqarmasining boshlig‘i bo‘lgan Nuriddinjon Ismoilovga ham oson bo‘lmadi. O‘ qat’iyat bilan ish tutib, «Adolat» va «Islom markazi» ni davlat ro‘yhatidan o‘tkazmadi. Biroq 1992 yil 15 fevralda sobiq Adliya vaziri B.Malikov esa «Islom markazi» ning Namanganda ochilishiga ruhsat berdi. O‘zbekiston Respublikasining o‘sha vaqtda Jinoyat Kodeksining 54, 60, 62, 63, 64-moddalaridagi davlatga qarshi jinoyatlarni sodir etgan T.Yo‘ldoshevning «Islom markazi» ga rahbar bo‘lishi davlatimizga juda qimmatga tushishini nahotki sezmagan bo‘lsa?!

Nihoyat, 1992 yil bahor oylarida mansab, hokimiyat uchun 1990 yillardan boshlab faoliyat olib borgan «Amirlar» - vahhobiylar harakatlariga nuqta qo‘yildi. «Adolat» uyushmasining rahbari X.Satimov qamoqqa olindi. Din va millatni, ota-onani tan olmaydigan shaxsiyatparastlarga zarba berildi.

Demak, vahhobiylikning Respublikamizdagi asl maqsadi, mavjud demokratik davlatni, dunyoviy fuqarolik jamiyatini o‘zgartirishdan iborat bo‘lgan ekan.

Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, aslida arablarning turk istilosiga qarshi kurashi ifodasi sifatida yuzaga kelgan bu oqim tarafdorlari dunyoviy ilm-fandan yuz o‘girib, umuminsoniy ma’naviy – madaniy taraqqiyotga qarshi chiqadilar. Masalan, vahhobiylar, musiqa, qo‘shiq, teatr, kino, tasviriy san’at va madaniyatning boshqa muhim sohalarini butunlay rad etadilar.

Hozirgi paytda Saudiya Arabistonida ham vahhobiy-larning ta’limoti sekin-sekin modernizatsiya qilin-moqda. Mamlakatda texnika fan yutuqlaridan foyda-lanish keng yo‘lga qo‘yilgan. Fuqarolar mafkurasida ham o‘zgarish bo‘lmoqda. Hozirgi davrda ilm-fan, texnika, madaniyat, davlatchilik va turli xalqlar orasidagi o‘zaro siyosiy va ma’naviy munosabatlar yuqori darajaga ko‘tarilgan bir paytda Islomni payg‘ambar davrlaridagi holatga qaytarish aslo mumkin emas. Agar shunday qilinadigan bo‘lsa, ilm-fan taraqqiyoti tufayli vujudga kelgan buyuk yangiliklar (elektr, mashina, samolyot, telefon kabilar) dan voz kechish kerak bo‘ladi. Vahhobiylik Islom mamlakatlarida ayollarni foydali mehnatdan, mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotida ishtirok etishdan mahrum qiladi.

SHunisi ham borki, vahhobiylar baribir Saudiya Arabistonida islomni aks holiga qaytara olmadilar. Mamlakat ilg‘or zamonaviy texnika va ilm-fan taraqqiy etgan davlat sifatida rivojlanib bormoqda, uyida ko‘plab xizmatkor saqlaydigan milliarder boylar, mulkdor, bank egalari yashamoqda. Hozirgi zamon texnikasining so‘nggi yutuqlaridan foydalanmoqda.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin