Guliston davlat universiteti


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə51/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: diniy oqim, sekta, vahhobiylik, salafiylik, xalifalik, akromiylar, hizbut tahrir, hudkushlik.
1-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga norasmiy diniy oqim va sektalarning kirib kelishi va uning oqibatlarini tushuntirish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

  • norasmiy diniy oqim va sektalarni farqlaydi;

  • ularning O‘zbekistonga kirib kelishining ichki va tashqi omillarini izohlaydi;

  • O‘zbekistonga kirib kelgan oqimlarning zararli qilmishlarini baholaydi.


1-asosiy savolning bayoni.

Markaziy Osiyo Respublikalarida fuqarolarni o‘z ta’siriga olishga harakat qilayotgan toifalar haqida taniqli olim Abduqayum Azimov shunday yozadi: «Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Markaziy Osiyo Respublikalarida shunday toifalardan ba’zilari faoliyat ko‘rsatishga urinishgan. Ulardan biri «Axbosh» deb nomlanadi. Bu yangi chiqqan toifaning markazi Livanda joylashgan. Ularning raxbarlaridan biri Ahmad Tamim nomli shaxs Ukrainada Islom markazi ochgan. Toifa ichida ixtilof chiqqandan so‘ng, hozir «Axbosh» ga Abdulloh Xoboxiy boshchilik qiladi. Bu shaxs mazkur toifaning ham mafkurachisi, ham ish yurituvchisidir. Mazkur toifa haqida turli noroziliklar bo‘lishiga qaramasdan, hozircha unga qarshi biror rasmiy hujjat qabul qilingan emas».

1996 yil haj mavsumida «Robita al-a’lam-al-islamiy» tashkiloti (shtab kvartirasi Makka shahrida joylashgan) tomonidan turli mamlakatlardan tashrif buyurgan atoqli ulamolar yig‘ilishi o‘tkazildi. Bu yig‘ilishda turli toifalar masalasi ham ko‘rildi. Ulamolar yig‘ilishi «Robita al-a’lam-al-islamiy» tashkiloti rahbariyatiga maktub yo‘lladi va «Islom fikhi akademiyasi» ning navbatdagi majlisidan birida bu masalani atroflicha ko‘rib chiqib, fatvo chiqarish zarurligi ta’kidlandi.

YAna shunday toifalardan biri «Doril Arqam» dir. Uning markazi Malayziyada. Toifa a’zolaridan erkaklari to‘pigidan sal yuqori turadigan uzun ko‘ylak va kichik salla bilan, ayollari esa qora libos, yuzlariga faqat ko‘zi ochilib turadigan niqob kiyishlari bilan ajralib turadilar. Oxirgi yillarda «Doril Arqam» toifasi a’zolari O‘zbekistonga ham suqulib kirishga urindilar. Aksariyati sarmayadorlar va tijoratchi-lardir. Ular mamlakatimizdagi talaygina shaxslar bilan aloqa o‘rnatdilar. Mazkur toifa Singapur, Indoneziya, Tailand, Pokiston va boshqa mamlakatlarda ham o‘ziga tarafdorlar topdi.

«Doril Arqam» g‘oyalari asta-sekin kuchayib borib Malayziya uchun katta muammoga aylandi. Malayziya hukumati bu toifaga nisbatan rasmiy choralar ko‘rishga majbur bo‘ldi. Ularni Islomdan chiqqan, kofir toifa, deb e’lon qildi. Malayziyaning o‘sha davrdagi bosh vaziri Mahathur Muhammad «Doril Arqam» guruhining rahbari payg‘ambarlik da’vosini qilayotganini ta’kidlab, bu chidab bo‘lmas hol, ularga bizning yurtimizda joy yo‘q, dedi. Bu guruh rahbari Tailandan chiqib ketdi. Indoneziya hukumati ham «Doril Arqam» ga qarshi chora ko‘rdilar.

YUqorida zikr qilinganlardan ko‘rinib turibdiki, e’tiqod masalasida juda ham ehtiyot bo‘lish maqsadga muvofiqdir. CHaqirganga, da’vat etganga ergashib ketaverish sira to‘g‘ri kelmaydigan ish. To‘g‘ri, etmish yil davomida kommunistik aqida oqibatida mafkuraviy bo‘shliq paydo bo‘ldi. Lekin bu turli toifalar ortidan ergashib ketaverishga sabab bo‘la olmaydi.

«Islom milliy an’analarining, islom madaniyati-ning tiklanish jarayoni islomni tashqaridan xar qanday «import» qilishdan voz kechish, islomga siyosiy tus berish va siyosatga islom ruhini baxsh etishdan voz kechish to‘g‘ri ekanligini ko‘rsatdi» deydi Islom Karimov. SHu «import» ga bandi bo‘lib qolgan aqidaparastlarning o‘z xalqi boshiga keltirgan kulfatlari bu fikrning naqadar asosli ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

XX asrga kelib ko‘rmay-netmay islom ta’limoti nomidan ish ko‘rish, o‘z davlati siyosatini Islom vositasida «eksport» qilishga urinish, shu yo‘lda turli xil fitnalar uyushtirish, buzg‘unchilik harakatlari keskin kuchaydi. Bunga sabab, er yuzida musulmonlar yashaydigan qator mamlakatlar bu davrga kelib istibdoddan xalos bo‘ldi va o‘zining kelajak yulini belgilay boshladi.

SHunday vaziyatda tetapoya davlat ichki siyosatiga, hokimiyatiga tajovuz qilish zamiridan ko‘ngildagi buzilish – xudbinlik va xurofot, mustabidlik, ya’ni ko‘pchilik ustidan hukmronlik qilish maylidan bo‘lak biror-bir maqsadni topib bo‘lmaydi.

Markaziy Osiyodagi mustaqil davlatlarning qaror topishi va mustahkamlanishi davrida «Islom omili», «Islom uyg‘onishi», «Qayta islomlashish», «Islom fenomeni» kabi iboralar tobora ko‘proq ishlatilib, bu hollarning beqiyos faollashuvini o‘zida aks ettirdi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: «Musulmon dunyosida va hatto undan tashqarida ham so‘nggi o‘n yilliklar mobaynida ro‘y bergan voqealar jahon hamjamiyatida «Islom ovozasi» deb atalgan hodisa haqida gapirish imkonini berdi. Ko‘plab siyosatchilar, olimlar, jurnalistlar XX asr oxirida ro‘y bergan, «Islom uyg‘onishi», «Qayta islomlashish», «Islom fenomeni» va boshqa turli-tuman nomlar bilan atalgan hodisalarning sabablarini tushuntirib berishga harakat qildilar».

Ularning fikriga qaraganda, birinchidan, SHo‘ro davrida hukmron bo‘lgan sobiq mafkuraviy tasavvurlar va qadriyatlar tizimining emirilishi va bu emirilish yoki halokat davrida hosil bo‘lgan ma’naviy bo‘shliqni to‘ldirish zaruratidan kelib chiqdi.

Ikkinchidan, 70 yil davomida hukmronlik qilib kelgan kommunistik mafkuraning ma’naviy qashshoqligi, o‘ziga xos mutaassibligi yoki real turmushdan ajralib qolganligi, hukmron millat manfaatiga moslashib qolganligi, shu sababli, boshqa millatlar manfaatlariga qarshi qaratilganligi, natijada, odamlarning tili boshqa, dili boshqa shaxslarga aylanganligi sho‘ro saltanatidan keyingi makonda diniy fundamentalizm va traditsionalizm uchun qulay sharoit yaratdi.

Uchinchidan, sobiq sotsialistik mamlakatlar, jumladan, sobiq ittifoqdagi hukmron partiyalarning jilovbardorlari diniy tashkilotlarni, jamoalarni xalqlarning aql-idroklarini egallash uchun kurashda o‘zlarining asosiy raqiblari hisoblab kelganligi, dinning pinhoniyatga chekinishga va hatto ularning muayyan ma’nodagi muxolif kuchga aylanib qolishiga olib keldi.

To‘rtinchidan, milliy o‘zlikni anglash tuyg‘usi etnik jihatidan nasl-nasabini izlashga intilishning beqiyos kuchayishi, yo‘qotilgan milliy va ma’naviy qadriyatlarni tiklashga harakat va bu sohada dindan foydalanishga intilish kuchaydi. O‘zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan keyingi dastlabki yillarida hali hokimiyatning to‘la qudratga ega emasligi, iqtisodiy va ijtimoiy qiyinchiliklar, demokratiyani ko‘p kishilarning to‘la anglab etmaganligi, turli xil firqalarning va guruhlarning, jumladan, diniy ekstremistik guruhlarning ham paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Buning ustiga sho‘ro hokimiyati yillarida Islom dinini chuqur bilgan, islom falsafasini, sunniylikni asosiy nazariy va amaliy bilimlarning to‘la o‘zlashtirgan olim va ruhoniylarni yo‘qotib yuborish natijasida mamlakatdagi diniy ishlar bir guruh «chalamullalar» qo‘liga tushib qoldi. Ular diniy fundamentalizm bilan nazariy va amaliy kurash olib borishga, sunniylikni etarli himoya qilishga ojiz edilar. Ba’zi bir buni yaxshi biladiganlar ham horijiy diniy tashkilotlar bilan til biriktirib ularga sotildi yoki hokimiyatni egallashni ko‘zlab, ataylab, diniy fundamentalizm va ekstremizmning rivojlani-shiga sharoit yaratib berdilar.

YOsh mamlakatlarning huquqini muhofaza qilish organlari vakillari diniy jihatdan etarli savodi bo‘lmaganlari uchun dinga bog‘liq bo‘lgan har qanday ko‘rinishlarni diniy qadriyatlar sifatida qabul qildilar. Ular diniy ekstremistlar tartibsizlik keltirib chiqarmagunlaricha, voqealarning oldini olishda sust faoliyat ko‘rsatdilar.

Buning ustiga, bizga chegaradosh bo‘lgan mamlakatlarda islom fundamentalizmi va ekstremizmning kuchayishi, turli kadrlarni tayyorlab Respublikamizga o‘tkazish, Markaziy Osiyoda islom davlatini tuzish vasvasasi ham vahhobiylikning Respublikamizga kirib kelishiga sabab bo‘ldi.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin