Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə53/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Muhokama uchun savollar:

1. Vahhobiylarning yurtimizda amalga oshirgan ishlarini baholang.

2. Hizbut tahrir faoliyatini sharhlang.
3-asosiy savol bo‘yicha dars maqsadi: talabalarga ekstremist va terroristlarning amalga oshirgan kirdikorlari to‘g‘risida ma’lumot berish.
Identiv o‘quv maqsadlari:

- 1996-1997 yillardagi voqealarni bayon qiladi;

- 1999 yil voqealarini baholaydi.


3-asosiy savolning bayoni:

Vahhobiy ekstremistlar davlat qonunlarini nazar-pisand qilmay noqonuniy harakatlarni barcha sohalarda amalga oshirdilar.

O‘zbekiston «Adolat» sotsial – demokratik partiyasi Namangan viloyat Kengashiga 1997 – 1998 yillarda tushgan ariza va shikoyatlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, vahhobiychilik mahalliy boshqaruvga, o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining rahbarlari bo‘lmish fuqarolar yig‘ini raislari va kotiblariga ham anchagina ta’sirini o‘tkazgan. Misol uchun, Namangan shahrining «YAngi yo‘l» mahallasidagi 1-YAngiariq ko‘chasi, 63- «A» uyda yashovchi Tohirjon o‘ofurov tomonidan berilgan arizani keltirish mumkin. Fuqaro T.o‘ofurov bir yildan beri sarson bo‘lib, bormagan joyi qolmagan. Militsiya va sudga yuguraverib tinkasi qurigan. Vahhobiylar A’zamxon, Jo‘raxon Hoji, o‘aybulloxon, Komiljon Hoji, Saliboylar davlatni, qonunni, oddiy odamlarni tan olmay qo‘yganliklari uchun chora ko‘rilishini istaydi. Arizaning mazmuni va unga ilova qilingan hujjatlardan ma’lumki, Namangan shahar «o‘uncha» mahallasidagi qabriston xududida joylashgan. «Xasti Mavlono» gumbazi Namangan shahar mahalliy kommunal – xo‘jalik korxonasi tomonidan 1997 yil 9 iyunda chiqarilgan 11-D sonli buyruqqa asosan bir yilu olti oy muddatga fuqarolar ota-bola o‘ofurovlar tasarrufiga berilgan. Aholiga fuqarolik xizmati ko‘rsatish korxonasi bilan fuqarolar T.o‘ofurov va K.o‘ofurovlar o‘rtasida shartnoma tuzilgan. SHartnomaga asosan ota-bola qabristonda «Xasti Mavlono» gumbazi va u erdagi xonalar, ayvon va shiyponlarga qarashni o‘z zimmalariga oladilar xamda texnika xavfsizligi, yong‘inning oldini olish, ziyoratgoh atrofining sanitariya holatini yaxshilash, gulxona, mevazorlarni obodonlashtirib, shu erdan olingan bir yillik daromaddan «Mahalla» xayriya jamg‘armasiga pul topshirish majburiyatlarini bajarishga ma’sul bo‘ladilar. Ammo o‘ofurovlar bu erdan haydalgan A’zamjon Nu’monov tomonidan kaltaklangan va ancha jabrlanganlar.

Bu erda G‘ofurovning gazetaga yozgan arizasidan parcha keltirsak voqea yanada ishonarli chiqadi. T.o‘ofurov arizasida yozadi: «Men shartnomani olib mahalla raisi Jo‘raxonning oldiga bordim. Jo‘raxon shartnomani o‘qib, hech qanday kolxoz xo‘jayin emas. Men xo‘jayinman, men xal qilaman, bu qog‘ozing menga bir pul.. Men kimni hohlasam, o‘shani qo‘yaman.. Bu erda soqolli kishi turishi kerak deb dag‘dag‘a qildi». SHu joyda Namangan shahar «o‘uncha» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Jo‘raxon Abdurahmonovning T.o‘ofurovga aytgan gaplarini aynan keltirildi. Agar o‘zini-o‘zi boshqarish organining raisi shu gaplarni aytsa, boshqa oddiy fuqarodan nimani kutish mumkin? Hokimiyatga, fuqaroga, qonunga bo‘lgan hurmat shumi?

1997 yil 9 aprelda Qorapolvon qishlog‘ida yashovchi 7-o‘rta maktab o‘qituvchisi «Adolat» XDP a’zosi Ilhomjon Ahmadaliev keltirgan ma’lumotnomadan bilinadiki, qishloqda diniy ruhdagi guruhlar tuzilgan.

«Adolat» uyushmasi tomonidan sodir etilgan mudhish jinoyatlar, o‘zboshimchaliklar hali xalqning esidan chiqkani yo‘q. Qattiq kaltaklanishi oqibatida kasalmand bo‘lib, hayotdan ko‘z yumganlar qancha. Sovuq dekabr oyi bo‘lishiga qaramay, ushlab keltirilgan odamlar ustidan 90-100 paqirlab sovuq suv qo‘yildi. YAngiqo‘rg‘on tuman qishlog‘ining mahallalarida «diniy» ruhdagi guruhlar paydo bo‘lib – «yangi adolatchilar» faoliyati boshlangan.

Ular o‘zlaricha qishloq fuqarolari yig‘ini oqsoqoli, mahalla masjidi imomlari ishtirokida diniy ruhdagi guruh tuzib olgan. Bu guruhning asosiy faoliyati o‘g‘rilarga qarshi kurash va jamoat tartibini saqlashga yo‘naltirilgan. Agar o‘g‘rilik yoki tartibsizlik sodir bo‘lsa, xonadonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib, holatni o‘rganib, o‘g‘rilik yoki tartibbuzarlik sodir etgan shaxsni to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalla masjidiga olib borib, jazolashga harakat qilishgan.

O‘zini-o‘zi boshqarish organi bo‘lgan fuqarolar yig‘iniga masjid imomlari bilan til biriktirib, guruh tuzib jinoyatchilarga qarshi kurashish vakolati hech bir qonunda berilmagan. Bunday qonunsiz guruhlarning faoliyat ko‘rsatishlari, tartibbuzar yoki o‘g‘rini masjidga olib borib jazolashlari konstitutsion tuzumga ziddir.

O‘sha yillarda katta fojianing, qonli urushning oldi olindi. Namangan shahrini «Musulmonobod» shahriga aylantirmoqchi bo‘lganlarning, aqidaparast va nihoyat xayolparastlarning niyatlari amalga oshmadi, keyin kuchga chiqdi. Tojikistondagi dahshatli voqea va xodisalar Namanganda yuz berishiga yo‘l qo‘yilmadi. Farovon hayot, osoyishtalik, tinchlikni saqlash yo‘lidagi ziddiyatlarni, hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlarni bartaraf etishga, vahhobiy guruhlarning shiori bo‘lgan «Adolat» pardasiga o‘ralgan jinoyatchilarni bartaraf etishga to‘g‘ri keldi.

1997 yil dekabr voqealarining «qahramon» lari ham qo‘lga olinib, jinoyatlari fosh etildi. Ular ustidan ochiq sud o‘tkazilib, qilmishlariga yarasha jazo oldilar. Zero, xalqimizning «birovga chuqur qazisang, o‘zing yiqilasan», «jinoyat jazosiz qolmaydi» degan gaplari bekorga aytilmagan.

1999 yil 16-fevral kuni soat o‘n birga yaqin mamlakatimiz poytaxti Toshkentda, O‘zbekiston Respub-likasi Vazirlar Mahkamasi binosi yonida kuchli portlash sodir bo‘ldi.

SHuningdek bunday portlash shahardagi «Nodirabegim» kinoteatri, Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, Ichki ishlar Vazirlik binolari yonida ham yuz berdi.

Bu yovuzlik mamlakatimiz mustaqilligini, erishayotgan yutuqlarimizni ko‘ra olmayotgan qabix niyatli kuchlarning ishi ekanligi ayon. Zero, bu xunrezlik ortidagi eng asosiy maqsadlardan biri – mamlakatimiz Prezidenti I.Karimovning hayotiga tajovvuz qilishdan iborat bo‘lgan.

CHunki shu kuni soat o‘n birda Vazirlar mahkamasida mamlakatimiz hukumatining 1998 yil yakunlari va joriy yildagi ish rejalariga bag‘ishlangan majlis boshlanishi, unda Prezident I.Karimov ishtirok etishi ko‘zda tutilgan edi.

Prezidentimiz I.Karimov voqea sodir bo‘lgan joyda jurnalistlarga bergan intervyusida shunday deydi:

«Bizni hech kim tanlagan yo‘limizdan qaytara olmaydi. Qo‘poruvchilik qilganlarning maqsadi – xalqimizni tinchligini buzish, qo‘rqitish, yuragiga vahima solish, yuritayotgan siyosatimizga ishonchini so‘ndirish, amalga oshirayotgan o‘lkan ishlarimizga zarba berishdan iborat bo‘lgan. So‘nggi vaqtda yurtimizga horijiy sarmoya oqimi ko‘paymoqda. Xorijlik hamkorlar bilan o‘lkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Bu esa ayrimlarga yoqmayapti. Kimlardir ana shu sarmayadorlarni cho‘chitishni, ularni O‘zbekistonga sarmoya etkazishdan qaytarishni istaydi».




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin