Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə7/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

2-asosiy savolning bayoni:

Islom olamida o‘zining ilmiy salohiyati bilan dovrug‘ solgan ajdodlarimiz ma’naviy merosi tufayli musulmon dunyosi halqimizga alohida ehtirom bilan qaraydi. 2007 yilda Toshkent shahri ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha islom tashkiloti – AYSESKO (ISESCO) tomonidan “Islom madaniyati poytaxti” deb e’lon qilinishi quvonchli voqea bo‘ldi. SHu munosobat bilan yurtboshimiz: “SHaxsan menga bunday xolis va xaqqoniy bahodan, avvalo, yurtimiz zaminida yashab o‘tgan mutafakkir bobolarimiz, ulug‘ allomalar va aziz zotlar muborak ruhlari shod bo‘layotgandek tuyuladi”, - deb aytgan fikrlari butun O‘zbekiston halqi dilidagi gapdir. Islomiy ma’naviyatga sho‘ro davrida ham e’tibor susaymagan edi, ammo buni ochiq - oshkor ko‘rsatish mumkin emas edi.

YOsh avlodni barkamol shaxs sifatida shakllantirish ishida islomiy qadriyatlardan ajralgan holda yutuqqa erishish mumkin emas. CHunki, bu yorug‘ dunyoga ko‘z ochib kelgan kunimizdanoq qulog‘imizga azon aytiladi, ism qo‘yiladi va Alloh roziligi uchun aqiqa marosimi o‘tkaziladi. Endilikda, turli tazyiq va dashnomlardan holi, erkin hayot kechira olish saodatiga muyassar bo‘lgan vaqtimizda islom ulamolari ma’naviy merosini o‘rganib, uni hayotga tatbiq etib, kundalik hayotimiz dasturul – amaliga aylantirish davri keldi. Prezidentimiz aytganidek, “bugungi kunda biz voris bo‘lgan ana shu moddiy va ma’naviy merosni zamon talablari asosida keng va atroflicha o‘rganish, tadqiq etish, undan halqimizni bahramand qilish masalasiga O‘zbekiston rahbariyati va jamoatchiligi alohida ahamiyat berib kelayotganligini ta’kidlash lozim”.

«Islom» atamasi arab tilidan olingan bo‘lib, o‘zbek tiliga «itoat, bo‘ysunish, Ollohga o‘zini topshirish» deb tarjima qilinadi. Islom dunyoda keng tarqalgan uch dunyo dinlaridan biri va paydo bo‘lishiga ko‘ra eng yoshidir. Islom diniga e’tiqod qiluvchilar arabchada muslim (bo‘ysungan, sadoqatli) deb ataladi. Hozirgi kunda jahonda 1,4 mlrd. kishi islomga e’tiqod qilib, jahon dinlari ichida ularning soni bo‘yicha islom ikkinchi o‘rinni egallaydi.

Ma’lumki, hozirgi kunda ham, o‘tmishda ham bizning xalqimiz tarixida Islom dini katta o‘rin tutgan. Bu haqda Prezident I.Karimov shunday deydi: «Aytmoqchimanki, biz o‘z millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz o‘zligimizni yo‘qotamiz. Xoh yosh bo‘lsin, xoh keksa bo‘lsin, har bir o‘zbek nimagaki munosabat bildirmasin, albatta uni beixtiyor yaratguvchining nomi bilan bog‘laydi» (I.Karimov Olloh qalbimizda, yuragimizda. T.: 1999. 5-b.).

Islomda payg‘ambar sifatida e’tirof etilgan Quraysh qabilasining Hoshimiylar xonadonidan bo‘lgan Muhammad ibn Abdulloh islom ta’limoti shakllanishida muhim rol o‘ynagan.

Diniy nazariyada islom Olloh tomonidan yuborilgan so‘nggi mukammal din ekanligi, Qur’on Ollohning mo‘‘jiza kalomi bo‘lib, Muhammad payg‘ambarga vahiy tarzida tushgan, tilovati ibodat hisoblanuvchi kitob, deb tushunilgan.

Musulmonlarning 2/3 qismidan ko‘prog‘i Osiyoda yashaydilar, ular qit’a aholisining 20%dan ortiqrog‘ini tashkil etadilar. Musulmonlarning 30%dan ortiqrog‘i Afrika yashaydilar. Bu esa qit’a aholisining yarmini tashkil etadi. Dunyoda musulmon jamoalari mavjud bo‘lgan 120 dan ortiq mamlakatning 40 dan ziyodida musulmonlar aholining ko‘pchiligini tashkil qiladi. SHimoliy Afrika, G‘arbiy Osiyoning barcha mamlakatlarida (Kipr, Livan, Isroil bulardan mustasno), Senegal, Gambiya, Niger, Somali, Afg‘oniston, Pokiston, Bangladesh, Indoneziya va boshqa mamlakatlarda aholining 80% dan ortig‘i musulmonlardir. Bir qancha mamlakatlarda musulmon jamoasi aholining yarmidan 80%gacha miqdorni tashkil etadi (Gvineya, Mali, Livan, CHad, Sudan). Malayziya va Nigeriyada qariyb yarmi, ba’zi bir mamlakatlar (Gvineya-Bisau, Kamerun, Burkina-Faso, Serra-Leone va b)da musulmonlar ozchilikni tashkil etsa ham, ta’siri kuchlidir. Musulmonlarning soni jihatda eng yirik davlatlar – Indoneziya, Pokiston, Hindiston va Bangladesh; musulmonlarning anchasi Markaziy Osiyo mamlakatlari, Xitoy, Tailand, Kiprda, Evropaning ayrim mamlakatlari, (YUgoslaviya, Albaniya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya va b.), SHimoliy va Janubiy Amerika qit’asi mamlakatlarida, Avstraliyada, Fidji orolida yashaydilar.

E’tiqod etuvchilarning soniga ko‘ra islom ikkinchi o‘rinda (nasroniylikdan keyin) tursa-da, o‘sish sur’atlari, demografik dinamika ko‘rsatkichlari musulmonlarning asrimiz yarmigacha birinchi o‘ringa chiqishlarini ko‘rsatmoqda. Bunday holat esa rivojlanishning ma’lum bir bosqichida turgan ozod vatanimiz taraqqiyotida islom fenomenidan foydalanish ijobiy natijalar berishi mumkinligini ko‘rsatadi. Bejizga milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalaridan biri etib diniy bag‘rikenglik g‘oyasi tanlanmagan. Islom esa, an’anaviy bag‘rikenglik va tolerantlik dinidir.

Islomning 1400 yillik tarixiiy rivojlanishi davrida so‘nggi bir yarim asr – XIX asrning boshidan XX asrning ikkinchi yarmigacha bo‘lgan evolyutsiyasi burilish nuqtasi bo‘lganligi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilmoqda. SHarq mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishidagi o‘zgarishlar, yangi-milliy burjuaziya qatlamining shakllanishi, milliy-ozodlik ruhidagi harakatlarning rivojlanishi, milliy mustaqillik, huquqiy demokratik davlatchilik an’analarini o‘rnatishga bo‘lgan urinishlar (sho‘rolar davrida avj olgan marksizm-leninizmni majburiy «eksport» qilinishga qarshi o‘laroq) dunyo hamjamiyatining diqqat markaziga islomning jamiyatdagi o‘rni haqidagi masalalarni ko‘rib chiqishga majbur qila boshladi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin