Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə75/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

«Al-Qoida» («Asos»). Radikal «islom» g‘oyalariga asoslangan ushbu transmilliy diniy-siyosiy guruhning paydo bo‘lishiga Usoma ben Laden (1957—2011) rahbarligida Afg‘onistonda Sovet armiyasiga qarshi urushda ishtirok etish uchun ko‘ngillilarni yol- lash va ularni qurol-aslaha bilan ta’minlash maqsadida Pokiston hududida tuzilgan «Maktab al-xidmat» byurosi asos bo‘lib xiz- mat qilgan.

2001-yilning 11-sentyabridagi terroristik faoliyatlar natijasida Al-Qoidaning kelib chiqishi va shakllanishi hamda Usoma ben Ladenning biografiyasi haqidagi ko‘plab ma’lumotlar paydo bo‘la boshladi. Usoma ben Ladenning shaxsiyati va uning tashkilo­ti al-Qoida borasida ushbu bobda ko‘plab mavzular muhokama qilingan. Ben Ladenning intellektual va ma’naviy shakllanishining keng konteksti o‘xshashdir: liberal, demokratik, g‘arbiy sivilizatsiya ma’naviy mohiyatdan mahrumdir, bu esa uni Xudoning yakuniy va aniq ifodalangan vahiysiga qarshi qo‘yadi. Ushbu mavjud xatar tu- fayli mo'min G‘arbga imkoni boricha qarshilik ko‘rsatishi va unga bog‘liq bo‘lgan yoki xususan islom olamidagi u bilan ittifoq bo‘lgan tuzumlarni buzishi lozim. Tarix to yakuniy, abadiy va osoyishta musulmon olami o‘rnatiladigan oxirgi qiyomat voqealarigacha islomiy haqiqatning ahamiyati pasayib borishidan iboratdir.

1977-yilda Ben Laden Jidda shahridagi Qirol Abdulaziz univer- sitetining muhandislik va biznes kursiga qabul qilingan. Undan islom dinini o‘rganish ham talab qilingan, bu yerda u Abdulla A’zam va Sayyid Qutbning ukasi, Misr ixvon tashkilotining a’zosi va akasining nashrlarining muharriri Muhammad Qutbning rahnamoligi ostida o‘zining salafiylik nazariyasini boyitgan. A’zam Falastin ixvon tash­kiloti hamda Xamasning a’zosi deb topilgan. U 1967-yilgi olti kunlik urushda qatnashgan, 1969-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qabul qilgan va Iordaniya universitetida islom huquqshunosligi bo‘yi- cha professor bo‘lgan. Bir necha yildan so‘ng u siqib chiqarilgan va Abdulaziz universitetida ta’lim berishni boshlagan. Uning ravshan va islom yerlarini qayta tiklash haqidagi tushunchasi ochiq va ravshan bo‘Igan: «jihod va qurol bitta narsadir: muzokaralar, konferensiyalar va dialoglarga o‘rin yo‘q». Xalifalik tomonidan boshqarilgan har qanday hudud xatto u kichik va yoki bir kishining qo‘lidagi hovli bo‘lsa ham, qayta qo'lga kiritilishi short. Ben Laden uchun bunday fikr aksiomadir.

Bir ma’lumotga ko‘ra, Ben Laden 1979-yilda Jome’ masjidining egallab olinishidan qattiq ta’sirlangan. Shaxsan u uchun muhim hisoblangan voqea Afg‘onistondagi Sovet ittifoqiga qarshi urush bo'lgan. Afg‘onistonning ahamiyati haqidagi fikr Ben Ladenning ustozi A’zamda u 1980-yili Makkada ba’zi afg‘on hojilarini uchratganidan so‘ng uyg‘ongan. 1984-yilda u Peshovarga ko‘chib borgan va Mujohidlarga xizmat ko‘rsatish Byurosini tashkil qilgan. Saudiya Arabistonida Ben Laden allaqachon Afg‘onistondagi jihod uchun fondlarni yig‘ib qo‘ygan edi. U oqibatda o‘zining Peshovardagi ustoziga qo‘shilgan va O‘rta Sharqdagi ko‘plab ko‘ngillilardan farqli ravishda Afg‘onistonda Sovet qo‘shinlariga qarshi faol kurashgan. Uning Afg'onistondagi tajribasi va A’zam bilan hamkorligi unda ji- hodning muhimligi haqidagi taassurotni qoldirgan. Ularning ikkalasi uchun ham jihod ritorik chora-tadbir yoki tashviqot vositasi emas, balki xalifalikning tiklanishini tezlashtiradigan ilohiy maqsad bilan qoplangan aniq va tajribaviy amaliyotdir. 1989-yilda Ben Laden Saudiya Arabistoniga qaytadi.

1988-yilda Ben Laden Peshovarda A’zamningyollash sinovlaridan o‘tgan barcha ko‘ngillilar va Afg‘onistonda o‘zi tashkillashtirgan harbiy mashq lagerlari uchun kompyuter fayllari tarmog‘ini yaratdi. Arab tilida al-Qoida deb ataladigan ushbu ma’lumotlar bazasi mashhur terroristik tarmoq uchun manba bo‘lib xizmat qildi. O‘sha yildan so‘ng butkul aniq bo‘lmagan, biroq bevosita Isroilga hujum uyushtirish yoki johiliy musulmon tuzumlarini vayron qilish kabi asosiy vazifalariga oid fikrlarining turli-tumanligi sabablariga ko‘ra Ben Laden va A’zam o‘zlarining ish aloqalarini uzdilar; bir yildan so‘ng A’zam ikki o‘g‘li bilan birga noma’lum odamning mashinani portlatishi tufayli vafot etdi. Ayni vaqtda Ben Laden o‘z vaqtini Sadatning o ‘Idirilishida ayblanib qamoqda o‘tkazgan Misr islomiy jihodi harakatining rahbari hamda tibbiyot fanlari doktori Ayman Zavohiriy kabi yirik ittifoqdoshlarni o‘ziga yolladi. Uning Butunjahon Savdo Markaziga uyushtirgan birinchi hujumida ishtirok etishni tasdiqlagan Umar Abdurrahmon ham o‘sha vaqtda Peshovarda bolgan. Keyinchalik uning ikkita o‘g‘li ham al-Qoidaga qo‘shilgan. Qo'shimchasiga qurol ishlab chiqarish, portlatish va boshqa sohalardagi texnik mutaxassislar qatorida Ben Ladenning idorasiga, ya’ni sho‘rosi- ga Abu Muoz al-Masriy ham kiritilgan.

Bu ikki shaxs uchun u chaqiriq vositasi yoki uning retorik o ‘lchami emas, balki keyinchalik xalifalikni qayta tiklashni ta ’minlovchi ilohiy maqsad bilan yo‘g‘rilgan konkret amaliy faoliyat edi. Ben Laden Afg‘onistonda Xudoning yirik g'alabasi bo‘lganligi va yana shunday g‘alabalar yaqiniashayotganligiga barchani ishontirdi.

Fuqarolik jamiyatiga qaytadan qo‘shilib keta olmaydigan urush qatnashchilari bo‘lgan askarlar dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Ushbu muammo, o‘zlarining tilida afg‘on-arablar deb ataluvchi Afg'onistondagi jang maydonlarida qatnashib O‘rta Sharqdagi o‘z uylariga qaytib keladigan askarlarga ham taalluqlidir.

O‘zidan oldin o‘tgan Sayyid Qutb singari, Ben Laden ham amerikaliklarni XV asrdagi salibchilarga qiyosladi va ularni islomning cheksiz dushmanlari deb atadi. Shuningdek u, Saudiya ulamolarining qirollikka Amerika qo‘shinlarining kirishiga ruxsat bergan fatvosi tuzatib bo‘Imas xato edi, deb husoblanardi. O‘zining bu kabi qarashlari sababli, Ben Laden Saudiya hukumati tomonidan ta’qib ostiga olingach, u yerdan qochib chiqib ketadi. U dastlab Pokistonga va oxiri Sudanda, regiondagi islom maskanida qo'nim topishdan oldin Afg‘onistonga bordi.

Ko‘rfaz urushi va uning oqibatlari Ben Laden uchun katta burilish nuqtasi bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda, u o‘zining Sudan qishloq xojaligifaoliyatlari va oilaviy biznesni olib borishda afg'on veteranlari uchun ish topish maqsadida yagona tarmoq qilib al-Qoidani tuzdi. Endi o‘z jihodchilari siqib chiqarilayotgan Pokistondan ularni chiqarib olishni osonlashtirishga yordam berdi va ularni Somali, Boltiq bo‘yi, Checheniston, Sharqiy Afrika va Filippinga taqsimlab chiqdi. U al-Qoidada Islom jihodchilarini boshqalarga qarshi kurashga tayyorlovchi xalqaro brigada tuzdi. Ular ijtimoiy reallikdan uzib qo‘yilgan, «jihodning tekin elektronlari» hamda «diniy doktrina va qurollangan Zo‘ravonlik» ko‘rinishiga o‘tishgan edi. Saudiya yoki arab millatlaridan yiroq bo‘lgan veteran fanatlar sifatida qurollanishdi.

Ben Laden al-Qoidaning dunyo bo‘ylab mablag‘lar aylantirish qobiliyatini ham yaxshiladi. Benjamin va Simonning kuzatishlariga ko‘ra, «al-Qoidaning kelajagi asosiy masalaga aylanadi». Bu kelajak kuchaytirilgan mashg‘ulotlar rejimi, Amerika va Saudiya nuqtalarida hujumlar olib borishni va oxiri Afgbnistonda qayta qo‘nim topishni rivojlantirish maqsadida Shita terrorchilik tashkiloti bilan ittifoq tuzishga undadi. Shu vaqtlar oralig‘ida, ya’ni 1996-yilning yozida Ben Laden o‘zini «shayx» deb atay boshladi.

Shuningdek, tashkilotgayo‘nalish, ko‘rsatmalarvazifasini o‘tovchi fatvolarni chiqardi. O ‘zidan oldingi Qutb va Mavdudi singari, rasmiy ilmiy malakaga ega boHmagan va shu bois na shayx deb atalishga, na fatvolar chiqarishga haqli edi. Bundan tashqari Qutbga o‘xshab, diniy ta’limga ega ulamolarni poraxo‘rlikda aybladi.

Tashkilotning dastlabki tuzilmalari G‘arb va AQSHning global yetakchiligiga qarshi kurash, islomning fundamental asosla- riga qaytish va yagona islomiy xalifat qurishdek maqsadlar das- turiga monand ravishda 1992-yilda Xartum (Sudan)da qayta shakllantirilgan.

«Al-Qoida» rahbariyati g‘oyaviy jihatdan Muhammad ibn Abdul Vahhob va Said Qutblarning asarlarida bayon qilingan tamoyillarga asoslanishini e’tirof qilgan holda, amalda musulmon davlatlaridagi dunyoviy hukumatlarni ag‘darib tashlash va shariatga asoslangan islom davlati qurishdek asosiy maqsadni ko'zlaydi.

«Al-Qoida» boshqa diniy-ekstremistik tashkilotlar kabi qat’iy iyerarxiya asosida tuzilgan bo‘lib, unga Oliy kengash («Majlis ash-shura») rahbarlik qiladi. Oliy kengashga harbiy, moliyaviy, diniy va huquqiy, axborot va tashviqot qo’mitalari bo‘ysundirilgan bo‘lib, ular quyi pog'onadagi guruhlar faoliyatini boshqaradi.

Manbalarda «al-Qoida»ning harbiy lagerlari 2001-yilga qadar Afg‘oniston, Pokiston, Somali, Sudan, Yaman, Bangladesh kabi qator davlatlarning tog‘li hududlarida faoliyat ko‘rsatgani qayd etiladi.

Taxminlarga ko‘ra, hozirgi kunda tashkilotning yashi- rin guruhlari 33 tadan 88 tagacha mamlakat hududida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi, jangarilarining soni esa 3000-7000 kishini tashkil etishi mumkin.

«Al-Qoida»ning dastlabki faol harakati 1992-yil kuz faslida kuzatilgan bo‘lib, tashkilot jangarilari Somalidagi beqarorliklarning oldini olish uchun kiritilgan BMT tinchlikparvarlik kuchlari tarkibidagi AQSH maxsus qocshinlarining 18 harbiy xizmatchisini o‘ldirishgan.

1996-yilda «al-Qoida»ning asosiy jangovar kuchlari Afg‘onistonning «Tolibon» harakati nazoratidagi hududlarga ko‘chib o‘tdi. Aynan shu yerda, 1998-yilning fevralida «al-Qoida» yetakchiligida «al-Jamoa al-islomiya», «al-Jihod» (Misr), «Jamaati ulame Pokiston», «Kashmir qo‘zg‘olonchilik harakati» (Hindiston), «Jihod» (Bangladesh) va «Tolibon» harakati vakillari «Yahudiy va salbchilarga qarshi xalqaro islom fronti» uyushmasi tuzilganini e’lon qilishdi. Ushbu uyushma nomidan Usoma Ben Laden G‘arb dunyosiga jihod e’lon qilgan.

Shundan so‘ng, qator og‘ir oqibatlarni keltirib chiqargan ter­rorchilik harakatlari sodir etildi. Jumladan, 1998-yil 25-iyunda «al-Qoida» jangarilari Saudiyaning Daxran shahri yonida joylashgan AQSH harbiy havo kuchlarining bazasi oldida amalga oshirgan portlash natijasida 19 kishi halok bo‘lib, 300 dan ziyod kishi tan jarohatini oldi. O‘sha yilning 7-avgustida esa «al-Qoida» jangarilari bir vaqtning o‘zida AQSHning Tanzaniya va Keniyadagi elchixonalari oldida bomba ortilgan mashinalarni portlatishi oqibatida esa 242 kishi halok bo‘ldi va 5000 ga yaqin odam shikastlandi.

Va nihoyat, 2001-yilning 11-sentyabrida Amerika Qo'shma Shtatlarida turli reyslar bilan Nyu-York, Boston va Vashington shaharlaridan uchgan to‘rtta «Boing-757» samolyoti «al-Qoida» guruhiga mansub 18 nafar terrorchi tomonidan egallab olinib, ularning ikkitasi Nyu-Yorkdagi Xalqaro Savdo Markazi joylashgan «egizak» binolarga, bittasi esa AQSH qurolli kuchlari shtabi - Pentagonga yo'naltirildi. Yana bir samolyot Pensilvaniya shtatidagi Shanksvill rayoniga qulab tushdi.

Umuman olganda, mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «al-Qoida» guruhi jangarilari Afg‘oniston (1992-yildan), Somali (1992-1993-yillar), Bosniya va Gersegovina (1992-1995-yillar), Kashmir (1993-yildan), Shimoliy Kavkaz (1995-yildan), Kosovo (1999 yildan), Markaziy Osiyo (1999-yildan), Pokistonning Janubiy Vaziriston viloyati (2001-yildan) va Iraq (2003-yildan) hudud- larida qurolli to‘qnashuv va terrorchilik harakatlarini amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda.

2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so‘ng Afg'onistonda o‘tkazilgan keng ko'lamli xalqaro aksilterror harakati natijasida «al-Qoida» jiddiy talafot ko‘rgan bo‘lsa-da, u o‘z faoliyatini yangi sharoitlarga moslashtirishga intilmoqda. Jumladan, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, tashkilot asosiy tizimlarini erkin pushtun qabi- lalari yashaydigan Pokistonning shimoli-g‘arbiy va Kashmirdagi baland tog‘li hududlarga ko‘chirishga harakat qilmoqda.

Afg‘oniston va Iroqda AQSH harbiylariga qarshi partizan urushida faol ishtirok etish barobarida aksilterror ittifoqiga a’zo davlatlar hududlaridan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishni ta lab qilayotgani tashkilotning bugungi kundagi o‘ziga xos xususiyatidir. «Al-Qoida» aynan shu maqsadga erishish bayrog‘i ostida terrorchilik harakatlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, 2004-yilning 11-martida Madrid (Ispaniya)dagi 4 ta temiryo‘1 bekatida umumiy hisobda 6 ta portlatish amalga oshirildi. Natija­da, 200 kishi halok bo‘ldi va 1500 dan ziyod kishi yarador bo'ldi. Politsiyaning taxminiga ko‘ra, portlashlarni «al-Qoida» guruhi bilan yaqin aloqada bo‘lgan marokashlik radikal guruh amalga oshirgan.

2009-yilning 7-dekabr kuni «al-Qoida» tashkiloti a’zolari Iroq- ning Bag‘dod shahrida maktab yonida bomba portlatishi oqibatida 12 nafar odam, shu jumladan, 6 nafar 6-12 yoshli go‘dak halok bo'lgan. Shuningdek, «al-Qoida» jangarilari tomonidan Pokis­tonning birgina Xayber-Paxtunxva viloyatida 2009-2012-yillarda 690 dan ziyod maktab vayron qilingan. Afg’oniston va Pokiston hududidagi jangarilarning eng mudhish jinoyatlaridan biri - o'smir yoshdagi o‘g‘il va qiz bolalardan xudkush operatsiyalarda «tirik bomba» sifatida foydalanishidir. Pirovard natijalar ushbu mamlakatlarda minglab bolalar ko‘chaga chiqishga qo‘rqib, savodsiz bo‘lib qolmoqda.

Qayd etilgan dalillar ham «al-Qoida»ning xalqaro terrorchilik tizimining markaziy unsuri va jahonning turli nuqtalarida ro‘y berayotgan qurolli to'qnashuvlar, terrorchilik amaliyotlarini moliyalashtirish, rejalashtirish hamda bevosita amalga oshirishning asosiy bo‘g‘iniga aylanganini ko‘rsatadi.

«Tolibon» harakatining nomi arab tilidagi «tolib» so‘zidan olingan bo‘lib, «o‘quvchi», «talaba» yoki «talab qiluvchi» ma’no­larini bildiradi. «Tolibon» esa fors-tojik tilida «tolib» so'zining ko'plik shaklidir. Bu so‘z aslida diniy ta’lim muassasasi (mad rasa)ning o‘quvchilariga nisbatan ishlatiladi. Harakat asosini 1979-1989-yillarda Afg‘onistonda bolib o‘tgan janglarda yetim qolgan bolalarga diniy ta’lim berish uchun Pokiston hududida tashkil etilgan madrasaning sobiq o‘quvchilari (toliblari) tashkil etgani uchun shunday nom olgan.

«Tolibon» harakati 1994-yilda Afg‘onistonning janubi-sharqida joylashgan Qandahor shahrida Mulla Muhammad Umar (asli ismi Said Muhammad Oxunzoda) tomonidan mamlakatda uzoq yillar davom etgan fuqarolar urushi natijasida yuzaga. kelgan. 1996-yil 26-sentyabrda «Tolibon» harakati poytaxt Qobulni egalladi va «Afg‘oniston islom amirligi» tashkil etilganini e’lon qildi.

«Tolibon» harakati Afg’oniston va Pokiston hududlarida «jihod» yo‘li bilan «islom xalifaligi»ni tiklashni asosiy maqsad qilgan.

«Tolibon» nazorati ostida bo‘lgan hududlarda shariat qoidalariga amal qilish qattiq talab qilinadi.

1996-2001-yillar mobaynida Muhammad Umar afg‘on «toliblari» tomonidan tashkil etilgan «Afg‘oniston islom amirligi» ga boshchilik qildi. AQSHdagi 2001-yil 11-sentyabr voqealaridan so‘ng, «Afg‘oniston islom amirligi»ga qarshi AQSH va NATO boshchiligida aksilterror operatsiyalar boshlandi va «Shimoliy Alyans»ning ko‘magi bilan mavjud tuzum ag'darildi. Oqi batda Muhammad Umar boshchiligidagi «Tolibon»lar Pokiston hududiga yashirinishga majbur bo‘ldi. Ularning keyingi faoliyati asosan qo‘shni Pokistonning Vaziriston viloyatida davom etdi. Shundan beri Vaziriston «Tolibon»larning tayanch nuqtasi bo‘lib kelmoqda.

1998-yili ular tomonidan tuzilgan maxsus «shariat mirshablari» jamoasi namoz o‘qimagan va hatto soqolini tartibga solib yurgan fuqarolarni jazolash bilan shug‘ullangan edi. «Tolibon»lar, shuningdek, televizor, videomagnitafon, fotoapparatdan foydala nishni taqiqlab, tele va radiostudiyalarni yopib qo‘ygan edi.

Mulla Muhammad Umar o‘zining rahbarligini pushtun qabilasidan bo‘lgan o‘nta maslahatchiga tayangan holda olib boradi. Shu bilan birga harakat o'zining «Rahbarlik kengashi»ga ega bo‘lib, u 28-30 kishidan iborat.

Hozirgi kunda butun yer sharida yetishtirilayotgan giyohvand vositalarning asosiy qismi Afg‘onistonga to‘g‘ri kelmoqda. Afg‘onistonda yiliga 200 ming gektarga yaqin maydonga ko‘knori ekilib, 800 tonnaga yaqin geroin butun dunyoga tarqatilmoqda. «Tolibon» harakati jahonda ishlab chiqariladigan afyunning 80 foizini o‘z nazorati ostiga olgan bo‘lib, undan harakat rahbarlari juda katta daromad ko‘rmoqda.

Bugungi kunda shtab kvartirasi Pokistonning Kvetta shahrida joylashgan «Tolibon» harakati tarkibiga 6 mingdan 20 minggacha jangari kiradi. Pokistonning Janubiy Vaziriston va shimoli-g‘arbiy chegara okruglarida mustahkam o‘rnashib olgan ushbu harakatga mazkur hududlarda istiqomat qilayotgan 2 millionga yaqin afg‘on qochoqlari jangarilarni yetkazib beruvchi manba hisobla- nadi. Shuningdek, ushbu hududda turli mamlakatlardan to'plangan 2 mingga yaqin terrorchilar joylashib olganini ham qayd etish zarur.

«Tolibon» harakati Afg‘onistonning barcha hududlarida o‘z hukmronligini o‘rnatish uchun 1999-yili Shimoliy Afg‘onistondagi o‘zini o‘zi boshqarib turgan mahalliy xalqlar hududlariga bostirib kirdi va ularga qarshi ommaviy terror harakatlarini amalga oshirdi. Shu davrda ularning Markaziy Osiyo, xususan O‘zbekistonga qarshi xuruj qilishi xavfi paydo bo‘lgan edi. Bu diniy mutaassiblik global xavfga aylanganini, u xalqaro terrorchilik faoliyati kuchayishiga olib kelishi mumkinligi va unga qarshi jahon hamjamiyati tezkorlik bilan kurashishi lozimligini yana bir bor tasdiqladi. «Al-Qoida» tashkiloti 2001-yil 11-sentyabrda AQSHda uyushtirgan terrorchilik harakatlaridan so‘ng ushbu tashkilotning hamkori bolgan «Tolibon» harakatining ham global xavf ekani tan olindi va unga qarshi aksilterror kurashi boshlandi.

«Tolibon» harakati o‘z faoliyati davomida yoshlar va ayollar- ning ilm olishiga qarshi qattiq kurash olib boradi. Shu sabab li ham ularning bosqinchilik obyektlari maktablardan iborat bolgan. Afg‘oniston maorif vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, «Tolibon»lar birgina 2007-yilda mamlakatda 98 ta maktabni yo­qib yuborishgan, 147 ta o‘qituvchi va o‘quvchi hayotiga zomin bolishgan. 236 marotaba o‘quvchilarga hujum uyushtirilgan.

2007-yilda «Tolibon»lar Pokistonda qizlar o‘qiydigan 125 maktabni yoqib yuborishgan. 2008-yil 12-noyabr kuni Qandahorda tolibonlar darsga borayotgani uchun 15 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi ustiga kislota sepib yuborishgan. «Tolibon»lar 2009-yilda Pokistonning Svat vodiysining o’zida 200 dan ziyod maktabni ham yoqib yuborishgan. Shuningdek, 2010-yilning mart-may oylarida Afg’onistonda tolibonlar 5 ta maktabda o‘nlab o‘quvchi va o'qituvchilarga zaharlovchi gaz bilan hujum uyushtirdi. Oqibatda yuz minglab o‘quvchi bolalar maktabga borishga qo’rqib, o’qishga bormay qo'ygan.

«Tolibon»lar 2009-yil 28-oktyabrda Qobuldagi mehmonxonalardan biriga hujum uyushtirdi. Oqibatda BMTning 6 nafar xodi- mi vafot etgan va 9 nafar kishi jarohat olgan. Terrorchi-xudkushning 2009-yil 28-dekabr kuni Karachi shahri markaziy ko’chalaridan birida «Ashuro» motam marosimini olkazayotgan minglab shia mazhabi vakillari orasida o’zini portlatishi natijasida 43 kishi vafot etdi va 60 dan ortiq shaxslar jarohatlandi. Ushbu teraktni amalga oshirilishini Pokiston toliblari o‘z bo‘yniga oldi.

Pokistonning Kvetta shahrida 2010-yil 3-sentyabrda «Falastin liklarni qollab-quvvatlash xalqaro kuni» doirasida o’tkazilayotgan mitingda portlash amalga oshirildi. Natijada 54 kishi halok bo‘ldi va 200 ga yaqin kishi jarohat oldi. Ushbu terakt amalga oshirilishini ham Pokiston toliblari o‘z bo‘yniga oldi.

Pokistonning Doro Odamxil shahrida 2010-yil 5-noyabrda terrorchi-xudkush masjidda juma namozi vaqtida o‘zini-o‘zi port- latishi oqibatida 50 kishi vafot etdi, yuzdan ortiq insonlar turli darajada jarohatlandi. Ushbu qo‘poruvchilik harakatining amalga oshirilishini Pokiston toliblariga aloqador bo‘lgan guruh o‘z zim- masiga oldi.

2010-yil 11-noyabrda Pokistonning Karachi shahri politsiyasi binosi oldida mina o‘rnatilgan yuk mashinasi portlatildi. U yerda 20 kishi halok bo‘ldi va 100 dan ziyod insonlar jarohat oldi.

2011-yil 31-oktyabrda Afg‘onistonning Qandahor shahrida terrorchi-xudkush o‘zini portlatishi natijasida BMTning 3 vakili hamda mahalliy politsiya boshlig‘i va bir necha kishi vafot etdi.

2012-yil 4-sentyabrda Afg‘onistonning Nangarxar provinsiyasida janoza vaqtida terrorchi-xudkush amalga oshirgan portlash natijasida 20 kishi halok bo‘lib, 50 dan ortiq kishi tan jarohati oldi. Ta’kidlash lozimki, hujumdan jabr ko‘rganlarning barchasi tinch aholidan iborat bo‘lgan.

2014-yil 17-yanvar kuni Afg‘onistonning Qobul shahrida restoran yonida terrorchi-xudkush oczini portlatib yuboradi. Jami 21 kishi (4 tasi BMT vakili) vafot etadi.

2015-yil 19-oktyabr kuni Afg‘onistonning shimolidagi Faryob provinsiyasida «Tolibon» tomonidan portlash sodir etilishi nati­jasida, 5 kishi vafot etdi, 25 kishi jarohatlandi.

Rossiya Federatsiyasi Oliy sudi 2006-yilda «Tolibon» harakatini «terrorchi tashkilot» deb e’lon qildi. AQSH hukumati 2002-yildan boshlab, «Tolibon» harakatini «terrorchi tashkilot» deb tasdiqlash masalasini bir necha bor ko‘targan bo‘lsa-da, faqatgina 2009-yilning aprelida AQSH Davlat Departamenti tomonidan terrorchi guruhlar ro‘yxatiga kiritilgan. «Al-Qoida» va «Turkiston islom harakati» «Tolibon»larning eng yaqin ittifoqdoshlari hisoblanadi.



Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin