Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə83/177
tarix26.02.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#53145
növüУчебно-методический комплекс
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177
O ’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Filippin davlatida esa musulmonlar umumiy aholining 6-7 % (3 million) tashkil qilib, ular mamlakatning janubida yashaydilar. Magindanao, maranao, tausugu, samala, badjao, jakuna, sangila, melebugnon, xamamaluna kabi yirik elatlar islom diniga e’tiqod qiladilar.

Oxirgi yillarda Filippinda «Abu Sayyof» radikal islomiy guruhining xorijiy sayyohlarni garovga olib, hukumatga qarshi o‘z talablarini ilgari surishi ushbu mintaqada ham ekstremizm va terrorizm bosh ko‘tara boshlaganini ko‘rsatib turibdi.

Kup millatli Vьetnamga islomning kirib kelishi malay xalqiga qondosh bo‘lgan tiyam xalqi va ularning hozirgi Janubiy Vьetnam hududida XIX asrga qadar hukm surgan Tiyampa davlati tarixi bilan bog‘liq. Manbalarda qayd qilinishicha, melodiy 960-1279-yillarda hukm surgan Sun davlatida ham tiyamlarning ma’lum qismi islomga kirgan edi. XIII — XIV asrlarga kelib esa, tiyam xalqining aksariyati islomni qabul kildi. Bugun birgina Vьetnamning Xoshimin shahrida 9 ta masjid va 3 ta namozgoh faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi paytlarda vьetlar orasida ham islomni qabul qilish kengayib bormoqda. Jumladan, Longan o‘lkasi musulmonlar jamoasi vьetlardan iborat.

Qayd etilgan ayrim o‘ziga xosliklardan qat’i nazar, Afrika qitьasi va Janubi-SHarqiy Osiyo mintaqasi davlatlarining deyarli barchasiga xos umumiy bir jihatni ham qayd etish lozim. Islom dini turli joylarda musulmonlarning maishiy va ma’naviy hayotlariga bir xilda kirib borgani yo‘q. Turli xalqlar hatto, hududlardagi islomning ko‘rinishi bir-biridan farq qiladi. Xususan, bunda islom avvalgi mahalliy dinlar, hinduiylik va buddaviylikka duch kelgani va ular bilan birga mavjud bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinish olganini ta’kidlash zarur. Ammo bu ushbu mintaqalarda islomning o‘ziga xos o‘rin va mavqega egaligini inkor etmaydi. Musulmonlar sonining ko‘payishi barobarida esa bu o‘rin yanada salmoqli bo‘lishi tabiiy.

Qayd etilgan ayrim o‘ziga xosliklardan qat’i nazar, Afrika qit’asi va Janubi-SHarqiy Osiyo mintaqasi davlatlarining deyarli barchasiga xos umumiy bir jihatni ham qayd etish lozim. Islom dini turli joylarda musulmonlarning maishiy va ma’naviy hayotlariga bir xilda kirib borgani yo‘q. Turli xalqlar hatto, hududlardagi islomning ko‘rinishi bir-biridan farq qiladi. Xususan, bunda islom avvalgi mahalliy dinlar, hinduiylik va buddaviylikka duch kelgani va ular bilan birga mavjud bo‘lib, o‘ziga xos ko‘rinish olganini ta’kidlash zarur. Ammo bu ushbu mintaqalarda islomning o‘ziga xos o‘rin va mavqega egaligini inkor etmaydi. Musulmonlar sonining ko‘payishi barobarida esa bu o‘rin yanada salmoqli bo‘lishi tabiiy.


Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin