Rasmiy uslubning grammatik xususiyatlari.Bu uslubning ariza, tushuntirish xati, tilxat, taklifnoma kabi ko’rinishlarida jumlalar qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Hujjatlardagi nutqiy shtamplar matnga rasmiylik belgisini kiritadi.
Yuridik qonun va hujjatlarda jumlalar juda uzun, ba’zan bir fikr yarim betlik gap orqali ifodalanadi. (Qonunlardan parchalar o’qiladi)
Konstitutsiya o’z tuzilishiga ko’ra bob va bo’limlarga bo’linadi. Demak, har bir bo’limdagi fikrlar bir- biri bilan mantiqan bog’lanishi, biri ikkinchisini taqozo qilishi lozim. Shunday ekan, bunda bog’langan qo’shma gaplar, bog’lovchisiz qo’shma gaplar va ergash gapli qo’shma gaplarning ayrim turlari shu vazifani bajarishga xizmat qiladi. Chunki bunday qo’shma gaplarda ketma – ket ro’y beradigan, bir vaqtda yuz berishi mumkin bo’lgan, sabab- oqibatli, ziddiyatli voqea- hodisalar ifodalanadi.
Ba’zi bir yuridik hujjatlarda shaxslar o’z nomi bilan atalmasdan ularning muhim belgilari ifodalangan birikmalar ishlatilishi mumkin: uyni ijaraga oluvchi, o’g’il qilib oluvchi, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mansabdor shaxslari yuqori martabali mehmon kabilar.
Hujjatlardan shartnomalar ham murakkab sintaktik qurilishga ega. Uning kirish qismi alohida bandlari ko’rsatuvchi matnlar xat boshlariga ajratilgan bo’ladi. Bunday xususiyat matnni o’qishni va tushunishni bir muncha engillashtiridi.
Hujjatlarning turiga ko’ra shartli qisqartmalar turg’un birikmalar ko’p ishlatiladi. Masalan: harbiy hujjatlarda Oliy Bosh Qo’mondon, Mudofaa vazirligi, Bosh shtab, Qurolli kuchlar, harbiy gospital kabilarni ko’rsatish mumkin.
Rasmiy yozishma va xujjatlar uslubi iqtisodiy, yuridik va diplomatik munosabatlarda, davlat idoralari, sudlar, savdoga doir o’zaro muamolarda aloqa qilish uchun ishlatiladi. Shunga kura, bu usulda yuridik qonun moddalari, diplomatik murojaatnomalar- notalar, hukumat idoralarining qarorlari, instruktsiyalar, buyruqlar, shartnomalar rasmiy e’lon va xabarlar, yozishmalar va shu kabi xujjatlar yoziladi.
Rasmiy va yozishma va hujjatlar usulining qo’llanishi doirasi keng va xilma- xil bo’lganligidan uning tarkibi ham turlichadir. Ular leksik-frazeologik hamda grammatik vositalarni tanlash va ishlatish jihatidan bir-biridan ozmi-ko’pmi farq qiladi. Bayon qilingan fikrlarning izchillik bilan uzviy boglangan bo’lishiga alohida e’tibor qilinadi.
Idoraviy yozishmalarga oid qogozlar, chunonchi, spravka, tilxat, chaqiriq xati, tushuntirish xati, taklifnomalar qisqa va aniqligi bilan ajralib turadi. Tildagi muayyan nutqiy shtaplar, qat’iy odat tusiga kirib yozishmalarga xos xususiyatlar sanaladi.
Shartnomaning leksik-frazeologik va grammatik xususiyatlarini rasmiy hujjatlar usulining barcha namunalari bilan umumiy belgilarga, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi.
Harbiy hujjatlar tili ham, asosan, rasmiy uslubning qonuniyatlariga bo’ysunadi. Harbiy hujjatlargatartib belgilovchi qoidalar majmui bo’lmish ustavlar, qurol aslahalarga oid qo’llanmalar, buyruq, farmoyishlar kabi hujjatlar kiradi. Maxfiy ma’lumotlar berishda turli xil qisqartmalarning ishlatilishi harbiy hujjatlarning eng muhim belgilaridandir. Harbiy hujjatlarda bevosita harbiy ishlarda hamda harbiy texnikada ishlatiladigan maxsus terminlar juda ko’p uchraydi.Rasmiy uslubning boshqa turlaridagi singari harbiy hujjatlarda ham so’zlar, asosan, o’zining aniq to’g’ri ma’nosida ishlatiladi. Bundan faqat ko’pincha urush maydonidagi ob’ektlarning nomlarini shartli belgi-alomatlar bilan belgilab qo’yilishigina mustasnodir.
Rasmiy uslub xuquqiy –ma’muriy munosabatlar soxasi uchun xizmat qiladi.U kishilar idoralar va davlatlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.Farmon berish,da’vat etish, majburiylik oxangi bu uslubga xos.Ortiqcha izoh va takrorlarga yo’l qo’yilmaydi.Bayonlar rasmiy,qoliplangan bo’lib, tasviriylik va ma’joziylikdan yiroq.Undovlar ,tasviriy so’zlar va erkalash-kichraytirish vositalari ishlatilmaydi Olmoshga nisbatan ot ustun bo’ladi.Fe’lning xarakat nomi va majxul nisbat shaklidagi turlari keng qo’llaniladi.
Rasmiy uslubda tayyor qolip va ifodalar,ko’makchi obarotlar,majxul tuzilmalar asosiy o’rin tutadi.Bu uslub adabiy til ma’romlariga,rasmiy idoraviy xujjat tuzish an’analariga qa’tiy amal qiladi
Rasmiy ish uslubi asos e’tibori bilan idoraviy yozishma va xujjatlarda qo’llaniladi. Bu uslub materiali nihoyatda xilma-xil. Uning doirasi kengdir. Ariza, tilxat, farmonlar, qo’shma bayonotlar, firqa va davlatlar orasidagi bitimlar, hisobchilik hujjatlari va huquqiy hujjatlar – mana shu xilma-xil ko’rinishdagi materiallar rasmiy uslubga mansubdir. Bu uslub materiallarining bayonida ham, grammatik qurilishida ham, leksik tarkibida ham bir qancha o’ziga xos belgilar mavjud. Masalan: Ariza hajmi jihatidan ixcham bo’ladi, chunki arizada maqsad ifoda qilinadi. Tilxat ham shunday. Turli xildagi majlislarning qarorlariga kelsak, ularning hajmidan qat’i nazar, hammasi ham o’zida uch xususiyatni mujassamlashtiradi.
Kun tartibi.
Muhokama qilinayotgan masalaning bayoni.
Qaror qismi.
Bu materiallarni til jihatidan birlashtiradigan, ularning barchasiga xos bo’lgan til xususiyatlari quyidagicha:
Bu materiallarni leksikasi asosan kundalik muomala jarayonida ishlatiladigan so’zlardan iborat bo’ladi.
Lahja so’zlari ishlatilmaydi. Ariza, tilxat, bayonot yoki qaydnomaning hujjat sifatidagi xususiyati shevachilikka imkon qoldirmaydi.
Bu uslub materialida timsolli birikmalar, umuman timsollar qo’llanilmaydi, chunki timsol zamirida turli xildagi ma’no nozikliklari mujassamlashadi. Huquqiy hujjatning xususiyati esa fikrning aniq ifodasini talab qiladi. Ayni vaqtda bu uslub materialida timsoldan foydalanishning imkoni bo’lmaydi. Masalan: Kichik hajmli tilxat yoki arizada, Raqamlar bilan to’liq bo’lgan hisobchilik hujjatlarida timsollikka intilishning o’zi imkonsiz.
Bayonda qoliplangan birikmalarning mavjudligi. Masalan, kun tartibi, ko’riladigan masalalar, so’zga chiqadilar, qaror qiladi, zimmasiga yuklatilsin va h.k.
Uslubning o’ziga xos atamalari: yig’ilish, majlis, anjuman, qurultoy, Rais, hisobchi, mudir, muovin, kotib, viloyat jumhuriyat tuman va b.
Uslub atamalarining taraqqiyoti davr bilan bog’liqligi. Masalan, o’zbek tiliga davlatmaqomi berilgach, hayotini tugatmasdan, barvaqtroq badaog’a qilingan bir qancha so’zlarimiz Yana istemoldan o’rin oladi. Bunda xalqqa tushunarli bo’lishi asosiy omil bo’layapti: administratsiya –ma’muriyat, administrator-ma’mur, attestatsiya –ko’rik, raport-xabarnoma, komandirovka-safar, pechat-muhr, buxgalter, mikrorayon- mavze, transport-ulov, adres- manzilgoh.
Rasmiy uslub adabiy til ma’romlariga,rasmiy-idoraviy xujjat tuzish an’analariga qat’iy amal qilinadi.Rasmiy uslub unsurlari publitsistik va badiiy nutqda ham uchraydi.
Muhokama uchun savollar: 2.1. Qaysi so’zlardan keyin rasmiyatga ko’ra ikki nuqta qo’yiladi?
2.2. Rasmiy uslubda harakat nomi yasovchi qo’shimchalardan qaysi biri qo’llanilmaydi?
2.3. Rasmiy uslubda qo’llaniladigan ba’zi atamalar qaysi affikslar qo’shilishi orqali yasaladi?
2.4. Rasmiy uslubda ba’zi hollarda kishilar nomlari qanday nomlar bilan almashtirib qo’llaniladi?
2.5.Rasmiy ish qog’ozlarining ayrim turlarida qanday gaplar ko’p qo’llanadi?
2.6 Ma’lumotnoma qaysi uslubda yoziladi?
2.7. Ariza qaysi uslubda yoziladi?
2.8. Tarjimai hol, taklifnoma, majlis bayonnomasi qaysi uslubda yoziladi?
2.9.Rasmiy uslubning fonetik, leksik, grammatik xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?