Muhokama uchun savollar: 1.1.Uslubiyat nimani o’rganadi?
1.2. Uslubiyat fanining vazifalari?
1.3. O’zbek tili uslublarini to’liq sanab bering?
1.4.Tilshunoslikda uslubiyatning tutgan o’rni va roliga baho bering.
1.5.Uslubiyatning ob’ektini izohlang.
1.6.Uslub so’zi qanday ma’nolarni bildiradi?
1.7.Akademik V.V.Vinogradov Uslubiyat fanining vazifalarini nechta aspektga bo’ladi va ular qaysilar?
1.8.Uslubiyat necha xil ko’rinishga ega?
1.9.Nutq uslubi nima?
1.10.Adabiy me’yor nima?
2-savol bo’yicha darsning maqsadi: 1.Til birliklarining barchasida uslubiy belgi-sifatlar mavjudligini tushuntirish.
2.Uslubiyatning predmetini tushuntirib berish.
3.Fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birliklarning uslubiyat bilan o’zaro bog’liqlik jihatlarini tushuntirish.
4. Tilning roli va ahamiyatini tushuntirish.
5. Nutq uslublari haqida tushuncha berish.
6. Nutq uslublarining shakllanishi va rivojlanish bosqichlari haqida tushuncha berish.
7. Nutq uslubining og’zaki va yozma nutq shakllari bilan o’zaro bog’liqligini tushuntirib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Uslubiyatning predmetini tushuntirib beradi.
Uslubiyat predmetini misollar orqali izohlaydi.
Uslubiyatning tilshunoslikdagi boshqa bo’limlar bilan aloqasini ko’rsatadi va uning ahamiyatiga baho beradi.
2-asosiy savolning bayoni:
Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonetik, lug’aviy, freazalogik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy vazifasiga ko’ra uslubiyat quyidagi turlarga bo’linadi:
Nutq uslublari: og’zaki va yozma uslub.
Og’zaki nutq uslubiga asosan so’zlashuv uslubi, yozma nutq uslublariga esa rasmiy ish qog’ozlari uslubi, ilmiy uslub, ommabop uslub, badiiy uslublarni kiritish mumkin.
I. Og’zaki nutq uslubi: