Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə36/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Muhokama uchun savollar:
2.1. So’zlashuv uslubi uchun xarakterli bo’lgan otlarni yasovchi affikslarni ayting.
2.2. Qanday so’zlar so’zlashuv uslubiga xos?
2.3. Qanday so’zlar so’zlashuv uslubida qo’llanilmaydi?
2.4. So’zlashuv uslubida keng qo’llanadigan fe’llarni ayting.
2.5. Xoliniso,bolam,jon bolam. Bo’ylaringdan o’rgilay,bolam! Meni yana tashlab ketasanmi? Berilgan matn qaysi uslubga xos?
2.6. So’zlashuv nutqida ishlatiladigan so’zlarni ayting.
2.7. Jonli tilda keng ishlatiladigan qisqartma so’zlarni ayting.
2.8. Jonli tilda qaysi fe’llar ko’chma ma’noda ishlatiladi?
2.9. Tuzlamoq, yiqilmoq, cho’zmoq fe’llari jonli tilda qaysi ma’noda.
2.10. Oddiy so’zlashuv uslubiga xos so’zlarni toping.
2.11. So’zlashuv nutqiga xos iboralarga misollar keltiring.
2.12. Qaysi uslubda til vositalaridan erkin foydalaniladi?
G) Modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot:
O’zbek tili uslubiyati fanidan 2-mavzu bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
So’zlashuv uslubini paydo bo’lish o’rni jihatidan ham, keng ko’lamliligi nuqtai nazaridan ham barcha uslublarning boshlang’ichi deb qarasa bo’ladi. Chunki so’zlashuv uslubi boshqa uslublarning paydo bo’lishi va shakllanishi uchun imkon yaratib beradi. So’zlashuv uslubi leksik jihatdan ham, grammatik jihatdan ham ayrim hollarda adabiy me’yordan, lisoniy qonuniyatdan chekinishlarga yo’l qo’yadi. Ammo bu so’zlashuv uslubining o’ziga xosligini, tabiiyligini ta’minlaydi.
So’zlashuv uslubida fonetik jihatdan quyidagilarni uchratamiz:
- ayrim tovushlar tushib qoladi;
-ayrim holatlarda bir tovush o’rniga shunga yaqin tovushlarni qo’llaymiz;
-ba’zan his-hayajonni ifodalashda bir tovushni ikki marta qo’llaymiz.
Sintaktik jihatdan quyidagi holatlarni ko’ramiz:
-so’z tartibi o’zgarishidan keng foydalaniladi;
-dialoglar ko’p ishlatiladi;
-kinoyali so’z va iboralardan foydalaniladi.
Morfologik jihatdan esa:
-ayrim hollarda kelishik qo’shimchalari ifodalanmay qoladi;
-ayrim yasovchi qo’shimchalar Yangi atamalar yasashda xizmat qiladi.
So’zlashuv uslubining o’ziga xos xususiyatlaridan biri lahja bilan chambarchasligidadir.

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin