Muhokama uchun savollar:
1.1.Jonli so’zlashuv tiliga xos bo’lgan so’zlarga misollar keltiring.
1.2. Tovush tushish hodisasiga misollar keltiring.
1.3. Tovush orttirilishi hodisasiga misollar keltiring.
1.4. Tovush almashinishi xodisasiga misollar keltiring.
1.5. So’zlashuv uslubiga xos gap tuzing.
1.6. Aylanay, mehmon, kimdan xafa bo’lib turdingiz? O’zim girgitton bo’lay? Kim ozor berdi? Ayting.
Ushbu gap qaysi uslubga xos.
1.7. So’zlashuv uslubiga oid gap yozing.
1.8.Ko’p ma’noli so’zlar, sinonim (ma’nodosh) so’zlar va iboralarni so’zlashuv uslubida ishlatilishini tushuntiring.
9.So’zlashuv uslubining adabiy nutqdan qanday farqi bor?
1.10.So’zlashuv uslubining ko’rinishlari qanday?
1.11.So’zlashuv uslubining fonetik xususiyatlari deganda nimani tushunasiz?
1.12.Ritorik so’roq gaplar, so’roq mazmunidagi darak gaplar, his-hayajonli gaplar ko’proq qaysi uslubga xos?
1.13.So’zlashuv uslubining leksik xususiyatlari nimalardan iborat?
2-savol bo’yicha o’qituvchining asosiy maqsadi:
So’zlashuv uslubida ishlatiladigan aktiv leksik qatlam haqida tushuncha berish.
Umumadabiy leksikadagi neytral so’zlar va bo’yoqdor so’zlarni xarakterlash.
Oddiy so’zlashuv tili haqida tushuncha berish.
Ko’p ma’noli so’zlar, sinonim (ma’nodosh) so’zlar va iboralarni so’zlashuv uslubida ishlatilishini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
So’zlashuv uslubidagi so’zlarning leksik xususiyatlarini tushuntira oladi.
Ko’chma ma’nodagi so’zlarning so’zlashuv nutqida qo’llanilishini izohlay oladi.