Muhokama uchun savollar: 1.1. Rasmiy ish uslubi qaysi holatlarda qo’llaniladi? 1.2. Rasmiy ish qog’ozlari qaysilar?
1.3. Rasmiy ish uslubida laxjaga oid so’zlar ishlatiladimi yo’qmi?
1.4. Rasmiy uslubda ilgari qo’llanilgan so’zlarga misollar keltiring
1.5.Rasmiy uslubning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
1.6.Rasmiy uslubning qanday ko’rinishlari bor?
1.8.Nima uchun ayrim hujjatlarning sintaktik qurilishi murakkab bo’ladi?
1.9.Diplomatik hujjatlar qaysilar va ularning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
2-savol bo’yicha dars maqsadi:
Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari haqida tushuncha berish.
Rasmiy uslubning frazeologik xususiyatlarini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadlari:
Rasmiy uslubning leksik-frazeologik xususiyatlarini tasavvur qiladi va tushuntirib bera oladi.
Rasmiy uslubda qisqartma atamalar, betaraf turg’un so’z birikmalari va iboralarga keng o’rin berilishini izohlay oladi.
2-asosiy savolning bayoni: Rasmiy uslubning leksik xususiyatlari.Asli rasmiy uslubda bo’yoqdor so’zlar ishlatilmaydi. Lekin diplomatik yozishmalarda bo’yoqdor so’zlar bo’lishi taqozo qilinadi. Unda maqtov ifodalari: hurmatli janob, janobi oliylari, Sizga bo’lgan hurmatimga ishonch bildirgaysiz, bosh ustiga, boshimiz ko’kka etdi, eng samimiy tabrik, ezgu tilaklar ila, Sizga chuqur hurmat bilan, minnatdorlik izhor etaman kabilar faol ishlatiladi.
Rasmiy uslubda jargonlar, shevaga oid so’zlar, eskirgan so’z va birikmalar odatda ishlatilmaydi. O’rni bilan arxaizm va istorizmlardan foydalaniladi: shahzoda, shoh, malika, janob, hazrati oliylari kabilar
Yuridik hujjatlarda konstitutsiyada har bir so’z, jumla, fikr va mulohazaning aniq va to’g’ri ifodalanishiga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun unda kasb-korga oid, yuridik, diplomatik, ma’muriy va boshqa terminologiyaning mavjudligi bu uslubning o’ziga xosligini ta’minlab turadi: akt, guvohnoma , qaror, qidirish, elchi, nota, shartnoma, bayonot, deklaratsiya, vizit, kodeks, qonun, modda, poshlina, protest (shikoyat), kassatsiya kabilar.