1-Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: klassik uslubda teksturlangan iplar olish texnologiyasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə1/5
tarix01.03.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#86117
  1   2   3   4   5
1-laboratoriya ishi


1-Laboratoriya mashg‘uloti
Mavzu: KLASSIK USLUBDA TEKSTURLANGAN IPLAR OLISH TEXNOLOGIYASI.


Ishdan maqsad: Yuqori chо‘ziluvchi teksturlangan iplarni klassik uslubda ishlab chiqarish texnologiyasini о‘rganib, taxlil qilish.


Topshiriq

  1. Klassik uslubda teksturlangan iplarni ishlab chiqarish texnologiyasi bilan tanishish.



Asosiy ma’lumotlar
Yuqori chо‘ziluvchan teksturlangan iplarni klassik usulda ishlab chiqarishda (asosan kimyoviy iplardan) eshish, qavatli eshish mashinalaridan yoki ikki buram beruvchi urchuqli eshish mashinalaridan foydalaniladi .
klassik usulda ishlab chiqarilgan teksturlangan iplar о‘zining sifat kо‘rsatkichlari bilan boshqa usullarda olingan iplarga nisbatan eng yuqori turdagi, ya’ni yuqori chо‘ziluvchanligi va barcha xususiyatlarini bir xil turg‘unligi bilan ajralib turadi.
Misol uchun: qavatli eshish mashinalarida 5 teks poliamid iplaridan yuqori chо‘ziluvchan teksturlangan iplarni ishlab chiqarish quyidagicha texnologik jarayonda bajariladi:
1. Dastlabki 200 br/m (S) yо‘nalishidagi ipni bobinadan g‘altakka qayta о‘raladi (PMSHB yoki boshqa qayta о‘rash mashinasida.)
2. Turg‘un tarkibli teksturlangan ipni ishlab chiqarish uchun ikki yо‘nalishdagi ipni tayyorlash kerak bо‘ladi. Ipning biriga 2100 br/m (S), ikkinchisiga 2500 br/m (Z) beriladi. Natijada birinchi ip 2300 br/m (S) va ikkinchi ip esa 2300 br/m (Z) yо‘nalishlarni oladi.
Dastlabki iplar bir xil buramlar soniga ega bо‘lgan hollarda beriladigan buramlar soni bir xil bо‘lishi mumkin, chunki dastlabki buramlarni yechish uchun qо‘shimcha buram berishga ehtiyoj qolmaydi (buram yо‘nalishlaridan kelib chiqqan holda).
3. Ikki yо‘nalishdagi iplar KTR-4 yoki shu kabi dastgohlarga joylashtirilib tо‘yingan bug‘da ma’lum darajada ishlov beriladi.


1-Amaliy mashg‘ulot: Klassik uslubda teksturlangan ip olishda xom ashyoning fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash.
Topshiriq

  1. Xom ashyoni fizik-mexanik xususiyatlarini aniqlash.

Bu amaliy mashg’ulotda klassik uslubda teksturlangan iplarni ishlab chiqarish uchun olingan sintetik va tabiiy iplarni xususiyati aniqlab olinadi. Bunda asosan iplarni chiziqli zichligi, uzilish kuchi va uzilishgacha cho’zilish ko’rsatkichlari aniqlanadi. Tanlab olingan xom ashyolarning xususiyatlari sertifikatsiya laboratoriyasida о‘rganilib, jadvalga tushiriladi.





Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin