Iplarning uzilish kuchi va chо‘zilishini aniqlash Ipning uzilish ko’rsatkichlarini STATIMAT-S avtomatik uzish mashinasida o’lchanadi. Bunda xonadagi harorat 20 30C va namlik 60 5% ni tashkil qilishi kerak. Asbobning texnik tavsifi quyidagicha. Yuk: 0,1-100µ; uzayishi: 0,1-800%; uzish kuchi: о‘lchovchi qalpoqcha massasi quvvatidan 0,1%; uzayish: berilgan miqdordan 0,1%; qisqichlar orasidagi masofa: 0,1-800mm.; qо‘zg‘aluvchi qisqichning tezligi 100-500mm oralig‘da 1mm/min qadamlar bо‘yicha boshqariladi; avtomatik ish rejimi uchun qisqichlar: qisish yuzasi: eni 10mm, uzunligi 46mm/; qisuvchi bosim: 5 bar.da-2000µ (maks.8 bar=3200µ, min. 3bar=1200µ); qisqichlarning maksimal oralig‘i: 960mm.; sо‘rish: soplodagi maksimal vakuum 350 m bar.
Ishni boshlashdan avval dastgohni, keyin kompyuter programmasini ishga tushiriladi. Mashinada uzilish kuchi 100 µ dan katta bо‘lgan iplarni sinash mumkin emas. qurilma kompressor yordamida ishlaydi. Sinovni boshlashdan avval kompressorni tekshirish zarur. Undan kondensat chiqarib yuboriladi. Sо‘ngra kompyuter yoqiladi va “TEXTECHNO STATIMAT S” dasturi ishga tushiriladi. Dasturga ip haqidagi ma’lumotlar kiritiladi; chiziqli zichligi, printerda qaysi kо‘rsatkichlarni chop etish va boshqalar.
Kompyuterga ip namunasini tekshirish uchun avval kiritib qо‘yilgan parametrlar (qisqichlar orasidagi masofa, tezlik va boshqalar) bо‘yicha topshiriq beriladi. Buning uchun ochilgan “Testing Order” oynasida sichqoncha yordamida rо‘yhatdan kerakli guruh tanlab olinadi. Sо‘ngra “Insert” tugmachasi (rо‘yhatga kiritish) bosiladi, bunda tanlangan guruh oynada paydo bо‘ladi. Agar bir vaqtning о‘zida turli namunalarni sinash kerak bо‘lsa, vazifalar rо‘yhatiga bir qancha vazifalarni kiritish mumkin. Sо‘ng “Yedit Group Parameter Set” – guruh parametrlarini taxrirlash tugmasi bosiladi. Dastgohga birdaniga 10 tagacha namuna о‘rnatish mumkin. Ipni yо‘naltirgichlar orqali zapravka qilinadi.
Dastgohni ishga tushirishdan avval havo kompressorining filtiridagi suvni chiqarib tashlash lozim va dastgohga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi: qisqichlar orasidagi masofa; uzilish kuchi; namunalar soni; har bir namunadan necha marta tajriba о‘tkazish; ishlayotgan operatorning ismi va h.k.lar kiritiladi.
Sо‘ngra “Sont” (start) tugmasi bosiladi. Olingan natijalar avtomat ravishda printerdan chiqadi. Uzilgan iplar kompressor yordamida yashikka tushadi.