1-Laboratoriya mashg‘uloti Mavzu: klassik uslubda teksturlangan iplar olish texnologiyasi



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə4/5
tarix01.03.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#86117
1   2   3   4   5
1-laboratoriya ishi

Iplarning eshilishini aniqlash
TW-3 asbobi eshilgan iplarning eshilishini aniqlash uchun qо‘llaniladi. Laborant ipni joylashtirgach, “ishga tushirish” (pusk) tugmachasini bosadi, qolgan kerakli jarayonlarni asbobning о‘zi avtomatik ravishda bajaradi. Sinov natijalari printerda chop etiladi. Eshilgan iplarni tekshirishda natijaviy va boshlang‘ich eshishni aniqlash mumkin. Xonadagi harorat 20 30C va namlik 60 5% ni tashkil qilishi kerak. Asbobda ishlashdan avval sinalayotgan ipning chiziqiy zichligi ma’lum bо‘lishi kerak.
Asbob turi: Eshishni avtomatik hisoblash va natijalarni chop etish. Ip turi: ipak, paxta, sintetika, jun va boshqalar. Qisqichlar orasidagi masofa: 10,25,50 sm. Boshlang‘ich taranglik: 1-25 gr. О‘lchov birligi: eshish/dyyum, eshish/metr. Displey kо‘rsatmalari: naycha (bobina, g‘altak)lar soni, sinovlar soni, eshishning sonli miqdori. Chop etishda olinadigan kо‘rsatkichlar: -о‘rtacha miqdor; sinovlar soni; dispersiya; variatsiya koeffitsiyenti; maksimal va minimal miqdor; eshish yо‘nalishi (Z/S); har bir sinovning alohida miqdorlari. O‘lchash uslubi: yechish va eshish. O‘lchash aniqligi: 1 buram/m. Tashqi (gabarit) о‘lchamlari (eni, uzunligi, balandligi): 579x250x295 mm. Energiya manbai: 100V, 50/60Gs, 100Vt.
Asbobni sinovga tayorlash
1. Kerakli qisqichlar orasidagi masofani о‘rnatish. Mahkamlovchi boltlar yechiladi va kerakli: 10,25,50 sm.lik masofa о‘rnatiladi (50 sm.lik masofani о‘rnatish uchun qо‘shimcha dasta 2 dan foydalaniladi.)
2. Namunaning dastlabki tarangligini sozlash. Uskuna 3 ta yukdan iborat: vertikal yuk V va ikki kressimon yuklar HL va HR.V va HL yuklari doimo sozlangan va sozlashga muhtoj emas. Dastlabki taranglikni sozlash uchun HR yukidan foydalaniladi. Bu yukning eng chetki holati – taranglikning 0 holati. HR yukining bitta aylanishi 0,5 gr.ga teng (mо‘ljal: yukdagi qizil nuqta). Masalan, dastlabki taranglikni 2,5 gr.ga sozlash uchun, HR yukni 5 marta о‘ngga burash kerak. Jadvalda keltirilgan dastlabki taranglik sinalayotgan namunaning 250 metri massasiga ekvivalentdir. Dastlabki taranglik quyidagi formula bilan topiladi:
Dastlabki taranglik=
1 – jadvalda ipak paxta va sintetik iplar uchun qisqichlar orasidagi masofa 250 mm bo´lgan hol uchun dastlabki taranglik keltirilgan.
1 – jadval
Ipak paxta va sintetik iplar uchun qisqichlar orasidagi masofa 250 mm bo´lgan hol uchun dastlabki taranglik

Metrik nomer

Dastlabki taranglik

Metrik nomer

Dastlabki taranglik

Metrik nomer

Dastlabki taranglik

14

18

28

9,0

4446

5,5

16

15,5

30

8,5

4852

5,0

17

14,5

32

8,0

5458

4,5

18

14,0

34

7,5

6066

4,0

22

11,5

36

7,0

6875

3,5

23

11,0

38

6,5

7890

3,0

27

9,5

40

6,0







2 – jadvaldagi dastlabki taranglik faqat jun iplari uchun qisqichlar orasidagi masofa 100 mm bо‘lganda qо‘llaniladi.


2 – jadval


Faqat jun iplari uchun qisqichlar orasidagi masofa 100 mm bо‘lgandagi dastlabki taranglik



Metrik nomer

Dastlabki taranglik, gr

Metrik nomer

Dastlabki taranglik, gr

1/5

30.0

1/30-1/39.9

3.0

1/5-1/9.9

20.0

1/40-1/49.9

2.5

1/10-1/19.9

10.0

1/50-1/59.9

2.0

1/20-1/29.9

5.0

1/60 dan katta

1.5

Sinash jarayonida xatoliklar sodir bо‘lsa, asbob displeyga xato kodini chiqaradi va ovozli signal beradi. 3 – jadvalda xatolik kodlari rо‘yxati va ularning paydo bо‘lish sabablari keltirilgan.


3 – jadval
Xatolik kodlari rо‘yxati va ularning paydo bо‘lish sabablari

Xatolik kodi

Xatolik turi

Xatolikning paydo bolish sababi

02

Taranglovchi moslama bо‘sh holatda

Ip sinov tugashidan avval uzilib ketgan

03

Eshish va yechish xatosi

Taranglovchi moslama qizil chiziqqa qaytmayapti

04

Tar.mos. notо‘g‘ri holatda

Qaytadan tekshirish jarayonida tar.mos. qizil chiziqqa qaytmayapti

09

Datlabki parametrlarni kiritish xatoligi

qaytadan tekshirish jarayonida dastlabki ma’lumotlar: naychalar soni, sinovlar sonini kiritishda xatolikka yо‘l qо‘yilgan.

EEEEEEEE

Berilgan parametrlardagi xato

Parametrlarni tо‘g‘ri berish yoki tо‘g‘irlash

TW-3 eshishni aniqlash asbobining ish prinsipi 2 marta eshish uslubiga asoslangan. Har bir sinovdan sо‘ng yechish uchun motor juda sekin aylanadi va ipning tekshirilgan qismini yechib, yangisini joylashtiradi. Sо‘ngra taranglovchi moslama shtoki sо‘ngida joylashgan qisqich ishga tushadi va ipning bir uchini qisadi. Keyin yechish uchun motor yana sekin aylanishni boshlaydi, bunda u ipni taranglovchi moslama yelkasiga borgunga qadar chо‘zadi. Taranglovchi moslama yelkasida qisqich joylashgan, bu yerda taranglovchi moslama detektorini nur kesib о‘tmaguncha ip tortiladi. Shunday qilib, ipga dastlabki taranglik beriladi. Yechish motori namunani yechishi hisobiga taranglovchi moslama yelkasi chegaralovchi tegmaguncha chо‘zila boshlaydi. Motor о‘sha yо‘nalishda aylanishni davom ettiradi va namunani yechilishi hisobiga yana qisqarishni boshlaydi. Mikroprosessor motorning asosiy vali aylanishlar sonini hisoblaydi va eshishni hisoblaydi. Asosiy val aylanishlar soni ip buramlari soniga ekvivalentdir.


1. Ipni asbobga о‘rnatamiz.
2. Asbob ikki xil rejimda ishlaydi;
a) Avtomatik;
b) Mexanik ravishda (ya’ni qо‘lda).
3. Yakka ipga buram berilgan bо‘lsa u holda avtomatik ravishda ish bajariladi, ikkita va undan kо‘p iplar qо‘shib eshilgan bо‘lsa, ish qо‘lda bajariladi.
Qisqichlar orasidagi masofani 10-50 smgacha о‘zgartirish mumkin.
Ushbu asbob tо‘qqizta funksiyani bajaradi;
1-4- dyuymda
5-6- krutkonomer
7-8- ishlatilmaydi
9- berilgan namunani boshqatdan tekshirib beradi.
Yakka yigirilgan iplarning eshilishini aniqlashda qisqichlar orasidagi masofa 25 sm olinadi. Natija avtomatik ravishda 4 ga kо‘paytiriladi.


4-rasm. Krutkomer TW-3 sxemasi


1 – taranglovchi moslama; 2 – dastlabki taranglik beruvchi moslama; 3 – posangi (protivoves); 4 – posangi qisqichi; 5 – qisqichlar orasidagi masofa regulyatori; 6 – pozitsion chegaralagich; 7 – chuvatuchi qisqich; 8 – qisqich richagi; 9 – chuvatuvchi rolik; 10 – rezina rolik; 11 - sо‘rish quvuri; 12 – qoldiqlar uchun quti;13 – eshish va chuvatish bо‘lmasi; 4 – parametrlarni kiritish uchun tugmachalar;15 – rejimlarni tanlash tugmachalari;16 – boshqarish tugmachalari; 17 – mahkamlovchi dasta.

Asbobdagi datchikga quyidagi ma’lumotlarni kiritamiz: funksiya, namunalar soni, tajribalar soni. Sinash natijalari kompyuterda hisoblanib, ipning eshilishi bо‘yicha о‘rta kvadratik og‘ish miqdori variatsiya koeffitsiyenti, о‘rta arifmetik miqdori printerda chop etiladi.


Misol uchun:
Krutkomer TW-3
**** АУТО ТWИСТ СОУНТЕР **** (ДАТЕ. )

сампле

меан

СД

СВ%

н

:

индивидуал дата




25 см турнс/метер

1

з

954.80

33.8

3.5

5

:

959.5
мах

950.0
1013.0

908.5

943.0
мин

1013.0
908.5

тотал













:




















Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin