Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o


G) Modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə43/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

G) Modul bo’yicha yakuniy mashg’ulot.
O’zbek tili uslubiyati fanidan 3-mavzu bo’yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
Rasmiy nutqning ikki xil ko’rinishi mavjuddir:

  1. Og’zaki tarzdagi rasmiy ma’ruzalar nutqi.

  2. Rasmiy ish qog’ozlari nutqi (asosan yozma nutq).

Og’zaki tarzdagi rasmiy ma’ruzalar nutqi, birinchidan, badiiy, ilmiy, jonli so’zlashuv va publitsistik nutqlardan farq qilsa, ikkinchi tomondan, rasmiy ish qog’ozlari nutqidan (yozma nutqdan) ham farq qiladi.
Rasmiy ish qog’ozlari turli-tuman bo’lganligi tufayli har birining o’ziga xos tuzilishi, xususiyatlari ham bor. Biroq ulardagi asosiy holatlar mushtarak ko’rinishlarga ega bo’ladi. Shunday qilib, rasmiy uslub bir tomondan, insonlar o’rtasidagi rasmiy munosabatlarni ifodalasa. Ikkinchi tomondan, tashkilotlar, idoralar orasidagi, ular xizmatchilari orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Rasmiy nutq ana shu munosabatlarni ifodalash maqsadida, shu asosda shakllanadi va turlicha ko’rinishlarga ega bo’ladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, rasmiy uslub ijtimoiy, huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiladi. Davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonalr va rasmiy yozishmalar rasmiy uslubda yoziladi. Rasmiy uslub hujjat matnining darak xarakterida bo’lishini, so’zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo’lmasligini, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo’shma gap turlarining keng qo’llanishini talab qiladi.


Nazorat savollari:
1. Rasmiy ish uslubi qaysi holatlarda qo’llaniladi?
2. Rasmiy ish qog’ozlari qaysilar?
3. Rasmiy ish uslubida laxjaga oid so’zlar ishlatiladimi yo’qmi?
4. Rasmiy uslubda avval qo’llanilgan so’zlarga misollar keltiring.
5. qaysi so’zlardan keyin rasmiyatga ko’ra ikki nuqta qo’yiladi?
6. Rasmiy uslubda harakat nomi yasovchi qo’shimchalardan qaysi biri qo’llanilmaydi?
7. Rasmiy uslubda qo’llaniladigan ba’zi atamalar qaysi affikslar qo’shilishi orqali yasaladi?
8. Rasmiy uslubda ba’zi hollarda kishilar nomlari qanday nomlar bilan almashtirib qo’llaniladi?
9. Rasmiy ish qog’ozlarining ayrim turlarida qanday gaplar ko’p qo’llanadi? 10. Ma’lumotnoma qaysi uslubda yoziladi?
11. Ariza qaysi uslubda yoziladi?
12. Tarjimai hol, taklifnoma, majlis bayonnomasi qaysi uslubda yoziladi?



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin