Energetika va Mashinasozlik ” fakulteti



Yüklə 35,76 Kb.
səhifə1/10
tarix04.05.2023
ölçüsü35,76 Kb.
#107335
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Energetika va Mashinasozlik ” fakulteti


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
Olmaliq filiali
Energetika va Mashinasozlik fakulteti
Umumkasbiy va ijtimoiy fanlar” kafedrasi

« Soha iqtisodiyoti va menejmenti » fanidan

MUSTAQIL ISH
Mavzu : KORXONALARNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI

Bajardi: Mamenov S


Abdurafiqov B

Guruh: 7b-19 MT

Qabul qildi: Xasanova X

Olmaliq – 2022.




KORXONALARNI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
REJA:

  1. Kirish.

  2. Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi”.

  3. O‘zbekistonda korxonalarni rivojlantirish to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar va nizomlar.

  4. Korxona faoliyat yuritishida qo’llaniladigan zamonaviy strategiyalar, ularning turlari.

  5. Zamonaviy strategiyalarni rejalashtirishda foydalaniladigan modellar.

  6. Foydalanilga adabiyotlar.


1.Kirish
Bugungi kunda boshqaruvchilar innovatsion taraqqiyotning global o‘zgarishlariga, jumladan ijtimoiy, texnologik va iqtisodiy tarkibiy o‘zgarishlariga to‘qnash kelmoqdalar. Bu o‘z navbatida, korxonani rivojlantirishda boshqaruvchilik sohasidagi hali ko‘plab o‘rganilmagan strategiyalami va jahon taraqqiyotidagi taraqqiyotga eltuvchi jarayonlami chuqur o‘rganishni taqozo etmoqda. Global o'zgarishlarga javoban iqtisodchi olimlar, yirik mutaxassislar va amaliyotchi menejerlar bunday tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir etuvchi korxonani rivojlantirish bo‘yicha innovatsion strategiyalami topishga urinishmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev rahbarligida ishlab chiqilgan O’zbekiston Respublikasini 2017—2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi o c tgan yillar davomida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, tarixiy tajribalami umumiashtirib, hozirgi kunda davming o‘zi oldimizga qo‘yayotgan dolzarb masalalami hisobga olib, keyingi besh yilga va undan keyingi davrga mo‘ljallangan tarixiy taraqqiyotning yangi ufqlarini ochib bermoqda. O‘z mohiyatiga ko‘ra “Harakatlar strategiyasi” O‘zbekistonni rivojlanishning yangi bosqichiga ko'tarishini ta’minlaydi. Xalqimiz o‘rtasida “Harakatlar strategiyasi” degan nom bilan tobora mashhur bo‘lib, uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dastuming har bir yo’nalishi va bandi, uning ajralmas qismi bo‘lgan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalami qo‘llab-quwatlash yili” davlat dasturining samarali amalga oshirilishi har birimizning mazkur jarayonda ongli va vatanparvar fuqaro, shu yurtning fidoyi farzandi sifatida faol ishtirok etishimizga bevosita bog’liqdir. Buning uchun esa eng awalo, Harakatlar strategiyasining ma’no-mazmunini, uning har bir yo’nalish bo'yicha qo‘yilayotgan amaliy va dolzarb vazifalarini chuqur tushunib olishimiz kerak. Ma’lumki, korxonani rivojlantirishning turli yo‘nalishlari va strategik modellari mavjud. Bizning mamlakatimizda faoliyat rivojlanishning ilm sig‘imdorligi yuqori bo‘lgan, kashfiyotlar, ixtirolar, yuqori texnologiyalar, innovatsion g‘oyalarga qurilgan intensiv yo‘lni tanlab olgan. Shunday ekan, bo’lajak tadqiqotchilar, magistrlar uchun bugungi kunda eng dolzarb bo‘lgan korxonalami rivojlantirishning turli modellari va strategiyalarini mukammal o‘rgatish hamda uning jahon tan olgan nazariyalarini ular ongiga singdirish fikrimizcha ancha dolzarb masalalar sirasiga kiradi hech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Ta’kidlash joizki, oliy ta’lim tizimidagi tub islohotlarning asl maqsadi ham bugungi kunda iste’molchi kadrlar uchun jahon durdonalarini mukammal tushunadigan hamda korxonalarni innovatsion rivojlantirish strategiyasi sari ildam qadam tashlashga yetaklaydigan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Bu o‘z navbatida ana shu maqsadni amalga oshirishga sobitqadamlik bilan belbog maydigan hamda kamar basta bo‘ladigan adabiyotlaming yetishmasligi va talabga javob bermasligi achinarli holdir. Bu borada Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta’kidlab o‘tganlaridek, “kitoblami chop etish va tarqatishdagi muammolarni hal qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng awalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ‘ib qilish, jahon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-sharoit yaratish haqida bormoqda” 1 . 1 Sh.M. Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’ iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. Mamlakatimizning 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantinslining asosiy yakunlan va 2017-yilga mo'ljallangan iqtisodiy dastuming eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'islilangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma'ruza. 2017-yil 14-yanvar. - Tashkent “O'zbekiston", 2017. Jamiyatda yuzaga keladigan iqtisodiy qonunlarni bilish va ulaming amal qilishiga ongli munosabatda bo‘lishda, mamlakatni demokratlashtirish va iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan korxonalarni zamonaviy, innovatsion bozor tamoyillari asosidagi strategiyalarini mazmun mohiyatini tushunish uchun zarur bo‘lgan bilimlami berishda “Korxonalarni rivojlantirish strategiyasi” fanining ro’li beqiyosdir. Bugungi kunda yosh avlodda bunyodkorlik g‘oyalarini shakllantirish, ulaming ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, iqtisodiy madaniyatini oshirish hamda jahondagi yetuk kompaniyalami rivojlantirish modellarini o‘rgatish kabi muhim vazifalarni bajarish orqali mazkur fanning ahamiyati tobora oshib bormoqda.


Yüklə 35,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin