3. O‘zbekistonda korxonalarni rivojlantirish to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar va nizomlar Mamlakatimizda tadbirkorlik bilan bog‘liq huquqiy normalar O‘zbekiston Respublikasining 1991-yiI 15-fevraldagi qabul qilingan “Tadbirkorlik to‘g‘risida”gi qonunda aks etgandi. Qonun qabul qilinganidan o‘n yildan ko‘proq vaqt o‘tdi va hozirga kelib qonunlar yangilandi va o‘zgardi. 1990-yilning 31- oktabrida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to‘g‘risida”gi qonunini ham eslash o‘rinli. Chunki bu qonun mulkiy huquqning tan olinishini va qonun bilan muhofaza qilinishini va mulkdor o‘ziga tegishli mol-mulkka o‘z ixtiyoriga ko‘ra egalik qilishini, undan foydalanishini hamda uni tasarruf etishi mumkinligini nomialadi. Tadbirkorlik, mulkchilik munosabatlarining rivojlanishi 1991-yil 19-oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonuni sezilarli turtki bo‘ldi. Ushbu qonun ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish sharoitida O‘zbekiston Respublikasi ommaviy mulkini o kzgartirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini belgilab berdi. Qonunchilik tajribasiga ko‘ra, hayotimizning kechiktirib bo‘lmaydigan jabxalaridagi munosabatlaming huquqiy yechimini Prezident farmonlari beradi. Ana shunday farmonlardan biri amalda O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlaming ikkinchi bosqichini belgilab bergan 1994-yil 21-yanvardagi “Iqtisodiy islohotlami chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonidir. Mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatining, shu jumladan, xususiy tadbirkorlikning gullab-yashnashida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 5-yanvardagi “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va 12 uni rag‘batlantirish to‘g risida”gi farmoni va shu farmon ijrosiga oid 1995-yil 14-fevraldagi Vazirlar Mahkamasining “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish va uni rag‘batlantirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ham juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Keyinchalik 1995-yiI 21-dekabrdagi “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida”, 1999-yil 14-aprelda “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida” (ushbu qonun amalga kiritilishi munosabati bilan 1991-yil 15-fevraldagi “Tadbirkorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun o‘z kuchini yuqotdi) qabul qilindi. 2000-yil 25-mayda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni (ushbu qonunga 2001-yil 12-mayda qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi) amalga kiritilishi munosabati bilan yuqoridagi ikki nomdagi qonun ham o‘z kuchini yo‘qotdi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish dastlabki muhim tashkiliy bosqich hisoblanib, mamlakatimizda bu sohada qadam-baqadam soddalashtrilgan tizim tomon siljish bo‘lmoqda. Tadbirkorlik subyektining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi, uning huquq va muomala iayoqati vujudga kelganligini bildiradi. Binabarin, shu kundan boshlab xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z faoliyatini boshlashi mumkin. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
Korxonaning iqtisodiy barqarorligi Iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, fan-texnika taraqqiyotini yana ham jadallashtirish, ishlab chiqarish salohiyatidan oqilona foydalanish, resurslaming hamma turlarini har tomonlama tejash va ishlab chiqarishni boshqarishning bozor iqtisodiyoti qonunlariga mos ravishda olib borish mamlakatimiz iqtisodiy strategiyasining eng muhim tarkibiy qismidir. Bu muhim vazifalami bajarish uchun korxonalarning ishlab chiqarish va xojalik faoliyatini chuqur tahlil qilish darker. Tahlil korxonalarni boshqarish tizimida oraliq bosqichni egallaydi. Bu jarayonni ushbu formula orqali ifodalash mumkin:
I-A-Q-T-h-Aj-QrTj
Bu yerda: I-informatsiya (axborot) bo’lib, uni buxgalteriya hisobi va hisoboti, operativ (tezkor) hisob va hisobot, statistik hisob va hisobot, biznes-reja hamda hisobdan tashqari ma’lumotlar tashkil qiladi: A-analitik bosqich; Q-tahlil natijalari asosida qarorlar qabul qilish; 15 T-qarorlami ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida tatbiq etish; Ij-bajarilmagan qarorlar; Aj-qayta tahlil qilish. Binobarin, ishlab chiqarishni boshqarish jarayonida uch bosqichni ko'rsatish mumkin: 1. Axborotlami to‘plash, qayta ishlash va tayyorlash. 2. Obyekt xolatini iqtisodiy tahlil qilish va tahlil natijalari asosida takliflar kiritish. 3, Boshqaruv qarorlarini qabul qilish. Qabul qilingan qarorlarning samarasi va sifati tahlilni o‘z vaqtida hamda tezkor tarzda o'tkazilganligiga ko‘p jihatdan bog‘Iiq. Bu yerda asosiy vazifaana shu uch bosqichni bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘lash hisoblanadi. Iqtisodiy tahlilning ikki xil yo‘nalishini ko‘rsatish mumkin: 1. Korxonalar, assotsiatsiyalar va konsemlaming xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish. 2. Iqtisodiyotni tahlil qilish. Bunda iqtisodiy tumanlar, viloyatlar va butun respublika iqtisodiyotni iqtisodiy tahlil qilish tushuni ladi. Shuni aytish kerakki, iqtisodiyotni tahlil qilish iqtisodiy fanlar majmuasida mustaqil o‘rin olmagan bo‘lib, u iqtisodiy nazariya va tamioqlar makro iqtisod kurslarida o‘rganiladi. Holbuki, iqtisodiy tahlil qilish fani iqtisodiy fanlar qatorida o‘ziga xos mustaqil o‘rin olgan. Bozor iqtisodiyotini qurish ko‘p jihatdan ishlab chiqarishning boshqarilishini, ichki xo‘jalik rejasini tuzish va uni takomillashtirish, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilash, korxonalar va iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida butun texnikaviy va iqtisodiy siyosatni olib borishni taqozo qiladi. Korxonalaming xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish uchun asos qilib olingan quyidagi tamoyillari mavjud:
1. Obyekt holatini dastlabki iqtisodiy-nazariy jihatdan tahlil qilish zarurligi, o‘rganiladigan hodisalar mohiyati va bir-biriga o‘zaro bog‘liqligi.
2. Tahlilning kompleks xarakterga ega ekanligi hamda o'zaro bir-biriga uzviy ravishda bog‘liq analitik ko‘rsatkichlar tizimining qo‘llanilishi.
3. Iqtisodiy ma’lumotlami analitik jihatidan qayta ishlash jarayonida o'rganiladigan hodisalami guruhlashtirish va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillami miqdoriy va sifat belgilariga qarab turkumlash.
4. Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda taqqoslash usulining ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlashdagi ahamiyati.
5. Tahlil natijalari asosida ilg'or tajribalarni keng yoyish va ommani korxonalarni boshqarishga yana ham keng jalb etish.
6. Korxonalarni boshqarishda hisob va hisobotning hal qiluvchi roli hamda ularning iqtisodiy tahlilda asosiy axborot manbai ekanligi. Korxonalaming xo‘jalik faoliyatini tahlil qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad rezervlami aniqlashdir. Rezervlarni aniqlashni osonlashtirish uchun ulami ilmiy asosda turkumlash kerak. Rezervlar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot, tannoq, regional (yondosh) va ichki xo‘jalik rezervlari. Aytaylik, mashinasozlik sanoatida mahsulot tannarxini kamaytirish borasida bo‘Igan katta rezervlardan biri —rangli metallami plastmassaiar bilan almashtirish hisoblanib, bu o‘z navbatida kimyo sanoatini yanada rivojlantirishni taqozo qiladi. Shu sababli, bunday rezervlar xaiq xo‘jalik rezervlari qatoriga kiradi. Ixtisoslashtirish darajasini oshirish esa tarmoq rezervlari qatoriga kirib, u asosan vazirliklarga bog‘liqdir.
Regional rezervlarga, aytaylik, bir ma’muriy tumanda joylashgan turli boshqarmalarga qarashli sanoat korxonalarini kooperativlashtirish misol bo‘la oladi. Ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash va ulami xo‘jalik aylanmasiga yo‘naltirishda korxonalar katta imkoniyatlarga ega. Bu esa, asosan, uch guruh ishlab chiqarish resurslari (mexnat resurslari, mehnat vositalari va mehnat predmetlari) omillaridan oqilona va samarali foydalanishga bog‘liq, Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish —korxona rahbariyatining doimiy vazifasidir. Bu vazifani yechish amaliyotda quyidagi omillar bilan bog'liq bo‘ladi: - bozor talablariga javob beruvchi yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishda eng kam xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal hajmini ta'minlovchi, optimal ishlab chiqarish jarayonini taniash; - iste’molchilar talabini qondirishga yo‘naltirilgan mahsulotni sotish va yuqori daromad (foyda) olish; - aylanma vositalami tejash imkoniyatini yaratuvchi optimal ishlab chiqarish zaxiralarini yaratish.