4. Qisqartirish strategiyasi. Ushbu strategiyaga firmalar pasayish davrida, ma’lum o‘sish davridan keyin qayta tarkibiy tuzish yoki samaradorlikni oshirish zarurati bilan bog‘liq holda, murojaat etadi. Bu holda ishlab chiqarishni maqsadli va rejali qisqartirish zarurati paydo boMadi. Bunday siyosatni amalga oshirish firma uchun og‘riqsiz kechmaydi, lekin hodisalar yuz berganda biznesni saqlab qolish, rivojlantirishning yagona yo‘li ushbu strategiyadir.
Strategiyada qarorlar, rejalar, farmoyishlar shaklida namoyon bo‘ladi. Uni hayotga tatbiq etishda esa boshqarishning barcha bo‘g‘inlari ishtirok etishadi. Korxonada strategik rejalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlami o‘z ichiga oladi:
- vazifalami aniqlab olish;
- yangi mahsulotni yaratish va o‘zlashtirish texnologiyasini joriy etish rejasini tuzish;
- SWOT tahlilni amalga oshirish;
- qabul qilingan yechimlarni baholash;
- asosiy strategik yechimni tanlab olish.
Strategiyalami amalga oshirish usullari marketing faoliyatini amalga oshirishga shakllanadigan mavjud munosabatlardan obyektiv sur’atda kelib chiqadi. Strategiyalami amalga oshirish usul va uslubiyatlarini iqtisodiy, tashkiliy (ma’muriy), ijtimoiy - ruhiy psixologik usullarga boMishga imkon beradi. Strategiyalami amalga oshirish usullarini, ularda aks etadigan iqtisodiy va boshqa munosabatlari turlariga qarab turkumlash bilan bir qatorda, bu usullarda xodimlaming faoliyat sabablarini hisobga olib turib, ularga ta’sir ko‘rsatish nuqtayi nazaridan ham farq qilish mumkin.
Ular quyidagilardir:
- har bir xodimning huquqi va burchlaridan kelib chiqadigan faoliyat sabablari (majburiy motivatsiya);
- moddiy manfaatlardan kelib chiqadigan sabablar;
- ma’naviy (ruhiy) sabablar.
Shunga muvofiq strategiyalami amalga oshirish usullari ham quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- bevosita direktiv usullar;
- xodimlar va jamoani moddiy rag‘batlantirishga asoslangan usullar;
- mehnatni ma’naviy (ruhiy) rag‘batlantirishdan foydalanishni ko‘zda tutuvchi usullar.
Strategiyalami amalga oshirish usullari —hozirgi obyektiv qonunlardan foydalanish mexanizmi tizimidagi eng muhim qismidir.
Strategiyalami amalga oshirishning iqtisodiy usullarini ikki asosiy turga: direktiv reja topshiriqlari va turli—tuman iqtisodiy omillarga bo‘lish mumkin.
Yuqori organlaming direktiv topshirishlari bilan marketing faoliyatiga ta’sir o‘tkazishning iqtisodiy omillaridan foydalanishni to‘g ri qo‘shib olib borish yo’liga qat’iy amal qilinmoqda.