4. Korxona faoliyat yuritishida qo’llaniladigan zamonaviy strategiyalar, ularning turlar Korxona strategiyasiga tuzatishlar kiritish me’yordagi oddiy holat hisoblanadi. Ba’zan strategiyaga o‘zgartirish kiritish zarur bo‘lib qoladi. Kamdankam hollardagina korxona strategiyasi vaqt sinovidan o‘ta oladi. Korxona strategiyasining asosiy masalasi quyidagicha: “Korxonamizni biz qanday tasawur qilamiz, nima qilmoqchimiz va nimaga erishmoqchimiz?”, “Biz kimmiz, nima qilyapmiz va qayoqqa ketyapmiz?”- degan savolning javobi firmaning yo‘nalishini belgilab, kuchli o‘ziga xoslikni ishlab chiqish imkonini beradi. Korxona nima qilayotgani va nima qilmoqchi ekanligi korxonaning missiyasini anglatadi. Korxona menejerlarining ‘lashkilot faoliyatning qanday turlari bilan shug‘ullanmoqchi va kelajakda qanday bo‘lmoqchi?” - degan masalaga qarashlari strategik ko s rish deyiladi.
Olimlar strategiya to‘g‘risida o‘z fikrlarini quyidagicha bildirishgan:
- Sheron M.Oster: strategiya - bu qandaydir boshqa tarzda emas, aynan belgilangan tarzda harakat qilish majburiyatidir.
- Piter Lorenju: srategik rejalashtirishning vazifasi ishni tashkil etishda yangiliklami qollash.
Piter Lorenju fikriga ko‘ra, strategik rejalashtirish korxonani boshqarish uchun yordam beradigan vosita hisoblanadi.
Firmaning uzoq muddatli rejalari aniq o‘lchanadigan konkret vazifalarga aylantirilmaguncha missiya va firmaning kelajak niyatlari chiroyli so‘zlar bo‘lib qolaveradi. Maqsadni aniqlash strategik boshqarishning hal qiluvchi daqiqasidir. Korxonalar faoliyatini rivojlantirishda zamonaviy strategiyalardan foydalanish milliy iqtisodiyotning samarali faoliyat ko'rsatishini ta’minlash rejimining tarkibiy qismidir. Korxonani modemizatsiyalash jarayonini rejalashtirish asosida fondlami kengaytirilgan takror ishlab chiqarish, amaldagi korxonalami texnik qayta jihozlash, qayta ta’mirlash va kengaytirish iqtisodiy bog‘liq asosiy vazifalar hal qilinadi. Odatda u amaldagi qonuniy hujjatlar va iqtisodiy boshqaruvning me’yoriy qoidalari asosida, shuningdek, xo‘jalik yuritishning u yoki bu bosqichida qabul qilinadigan hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladi. Strategiya variantlari turli xil bo‘lishiga qaramasdan muqobil strategiyalami ajratish, raqobatbardosh strategiyalar foydaliroq bo‘lishi mumkin.
Ushbu to‘rt muqobil variantga quyidagilar kiradi: