Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə82/154
tarix27.12.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#200098
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154
Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o

Kinoya, piching ma’nosi. Ba’zan fe’llar, ba’zan olmosh va otlar ko’plik qo’shimchasini olib, piching, kesatish, kinoya ma’nolarini ifodalaydi. Bunday vaqtda intonatsiya, turli xil imo-ishora va mimikalar–ekstrolingvistik vositalar yordamchi vosita sifatida xizmat qiladi: Demak, fyurer Gitler juda g’amxo’rlik qilibdilar-da.

  • Noaniqlik, kuchaytirish, takrorlash, ta’kid kabi ma’nolar.

    Bizning uchun keraklardan biri paxta,
    Burjuy yutsin ko’rolmasdan qonlar laxta.
    O’zbek tilida otlar ko’plik qo’shimchasi –lar ni qabul qila olish yoki qabul qila olmasliggiga qarab ikki kata guruhga bo’linadi:

        1. ham birlikda, ham ko’plikda qo’llana oladigan otlar; 2) faqat birlikda qo’llanadigan otlar.

        2. Faqat birlikda qo’llanadigan otlar.

    Hozirgi o’zbek tilida quyidagi otlar faqat birlik formasida qo’llanadi.

    1. Mavhum otlar (yoshlik, muhabbat, orzu, do’stlik, uyqu, tushuncha kabi). Ba’zan stilistik maqsadda, ya’ni kuchaytirish, mubolag’a qilish maqsadida ularga ko’plik qo’shimchasi qo’shilishi mumkin:

    Chor atrof bog’u rog’.... Tushmi yo o’ngi?
    Bari rost ekan-a! Chekinmish qumlar
    Chekinmish saroblar, qora samumlar
    Yarqiraydi shahar–uzoq yo’l so’nggi. (Mirtemir)

    1. Sanash mumkin bo’lmagan predmetlarni ko’rsatuvchi otlar (un, guruch, suv, er, qum, yog’, benzin, kerosin kabi). Ular ko’plik shaklida kelganda shu narsa-buyumlarning turini (masalan, yog’lar: saryog’, paxta yog’i, kungaboqar yog’i, makkajo’xorining yog’i kabi) hamda kuchaytirish ma’nolarini anglatadi.

    2. Atoqli otlar ko’plik qo’shimchasini olganda ma’lum qo’shimcha qabul qilgan so’z orqali ifodalangan joy yoki kishining birdan ortiqligini emas, balki boshqa ma’nolarni ifodalash uchun xizmat qiladi: Biz ana shu Shirin shaharchasidagi Sirdaryo GRESini qurayotgan farhodlarning biri haqida hikoya qilamiz.

    Shirinlar qo’lidan sharob ichamiz,
    Intizor otalar bo’ladi soqiy. (G’,G’)
    Bundan tashqari, biror predmet bir necha shaxsga tegishli bo’lib, nomi atalgan shaxs ularning ichida olib qaralganda, u ko’plik qo’shimchasini qabul qilishi mumkin: Murodjon shu jadalikda Qo’shtegirmon boshiga keldi. Fayzullalarning uyi Qo’shtegirmon yonida.

    1. Kishilarning yakka a’zolari birlikda qo’llanadi: bosh, til, burun, yurak, jigar. Ular birlikda qo’llanganda neytral qimmatga ega bo’lsa, ko’plik qo’shimchasi bilan kelganda baholash bo’yog’iga ega bo’ladi. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa, predmet yoki shaxsga yozuvchining salbiy yoki ijobiy munosabati bildiriladi: - Hoy, hoy Rahima o’lgir, qachondan beri tiling chiqib qoldi? Hu tillaring kesilsin! (H.H)

    2. Kishi, hayvon va jonivorlarning juft a’zolarini ko’rsatuvchi so’zlar odatda birlik shaklda ishlatiladi. Bunday so’zlar ko’plik qo’shimchasi –lar ni qabul qilganda, mubolag’a, kuchaytirish kabi ma’nolarni ifodalaydi: Bulardan, ayniqsa, otam o’lishiga bag’ishlab aytgani hali ham quloqlarimdan ketmaydi.




    Yüklə 1,94 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   154




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin