Ko’rib chiqiladigan asosiy savollar: Sifat yasovchi qo’shimchalar orasida ma’nodoshlik. Son uslubiyati. Olmosh uslubiyati va uning o’ziga xos xususiyatlari.
Fe’lda zamon va mayl shakllari, shaxs –son va bo’lishli, bo’lishsizlik shakllarining o’ziga xos uslubiy jihatlari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar va iboralar: Sifat-muhim uslubiy vosita. Son shakli yasovchi qo’shimchalar. Shakldoshlik. Olmoshlar. –lar qo’shimchasi. Olmosh turlari. Fe’l zamonlari, o’tgan zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon, buyruq mayli, shart mayli.
Mavzuga oid muammolar: 1. Sifat darajasi hosil qiluvchi –roq qo’shimchasini qiyosiy daraja qo’shimchasi qanday qo’shimchalar bilan sinonimlik munosabat xosil qilishi mumkin?
2. Nima olmoshini qanday nozik qirralarini bilasiz?
3. Fe’l zamonlarini ba’zan almashtirib ishlatish mumkinmi? Sizningcha bunday holatda qanday ma’no o’zgarishi ro’y beradi?
4. Fe’l mayli shakllarini boshqa ma’noda ishlatsa bo’ladimi? Qanday ma’no o’zgarishi ro’y beradi?
1-savol bo’yicha dars maqsadi: Talabalarda sifat va son turkumlarining uslubiy xususiyatlari haqidagi tasavvur hosil qilish. Olmoshlarning uslubiy xususiyatlari haqida tushuncha hosil qilish.
Identiv o’quv maqsadlari: 1.1. Son va sifatning uslubiy xususiyatlarini izohlay oladi.
1.2. Sifat darajalarini ajrata biladi.
1.3. Sifat yasovchi qo’shimchalarni sanab beradi.
1.4. Sonning uslubiy qo’llanishini tasavvur qiladi.
1.5. Sonlardagi shakl yasovchi qo’shimchalarning uslubiy xususiyatlarini bir-biridan farq qila oladi.
1.6 Olmoshlar ot, sifat, son ekvivalenti ekanligini anglab etadi.
1.7. Olmoshlarning biri ikkinchisining o’rnida qo’llanishi imkoniyatlarini ochib beradi.
1.8. Olmoshlarning har xil uslubda har xil maqsadlarda ishlatilishini izohlaydi.
1.9 Ko’rsatish olmoshlarining o’ziga xos uslubiy xususiyatlarini tahlil qiladi.
1.10. So’roq olmoshlarining badiiy asarlar tilida ishlatilishi shakllarini ko’rib chiqadi.
1.11. Belgilash olmoshlarining bir-biriga sinonimik munosabatga kirisha olishini isbotlaydi.
1.12. Gumon olmoshlarining uslubiy qo’llanishidagi o’ziga xoslikni ko’rib chiqadi.