[52]
Suitsid haqida konsepsiya,uning kelib chiqishi,ya’ni unga sabab bo’luvchi
omillar va ularning oldini olish uchun amalga oshiriladigan ishlar.
Andijon davlat universiteti
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi:
G’ulomova Diyoraxon Axlidin qizi
Andijon davlat universiteti
Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti talabasi:
Karimov Ozodbek
Annotatsiya:
Xozirgi kunda dolzarb bo’layotgan yoshlar va kattalar o’rtasidagi
suitsid, ya’ni o’z joniga qasd qilish muammosi ko’tarilmoqda. Kelajak yoshlar qo’lida
lekin ular turli ta’sirlar iskanjasidadir. Quyidagi maqolada siz ana o’sha sabab va yechimlar
bilan tanishasiz.
Kalit so’zlar: Suitsid, jamiyat, shaxs, ijtimoiy muhit,
oilaviy muammolar,
globallashuv, taqlid.
Barchaga ma’lumki, barcha mamlakatlar jadallik bilan rivojlanmoqda ammo bir
qancha global muammolar mavjud va xali hanuz o’z yechimini topmagan. Bulardan eng
keng ommalashgan muammo sifatida suitsidni keltirish mumkin.
Suitsid-o’z joniga qasd qilish degan ma’noni anglatib,o’z joniga qasd qiluvchilar
suitsidentlar nomi bilan ataladi.Bu holatni amalga oshiruvchilarning ko’pchiligi sog’lom
ong egalaridir,ularda turli depressiya,oilaviy va moliyaviy muammolar,ruhiy va jismoniy
holatlar natijasida shu jarayoni amalga oshiradilar.
Dunyoda har yili millionga yaqin odam oʻzini oʻldiradi, 10-20 millionta
xudkushlikka omadsiz harakat boʻladi. Rossiyada har yili 60,000, AQShda taxminan 1,5
barobar ko‘proq uchraydi. Yaponiyada 30,000 dan ziyod va Xitoyda 250,000 nafar kishi
suitsid oqibatida vafot etadi.
[53]
Dunyoda har 40 soniyada bir kishi o‘z joniga qasd qiladi, yiliga jami 800 mingdan
ortiq kishi o‘z hayotiga nuqta qo‘yadi.
Hujjatda ta’kidlanishicha, o‘n yillik tadqiqot natijalariga ko‘ra,
ushbu muammo
dunyoning barcha mintaqalarida uchrashi va barcha yosh guruhlarida qayd etilishi
aniqlangan.
Sayyoradagi o‘z joniga qasd qilishlarning uchdan ikki qismi past va o‘rtacha
daromadli mamlakatlarda sodir bo‘ladi. Jahonda 15—29 yoshli yigit-qizlarning o‘limi
sabablari ichida o‘z hayotiga qasd qilish ikkinchi o‘rinda turadi.
Bu sohada suitsidning asosiy omillari sifatida ruhiyatning buzilishi,
spirtli
ichimliklarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish, moliyaviy muammolar, surunkali
kasalliklar tilga olinadi.
Bundan tashqari, tibbiy xizmatlardan foydalanish va zarur yordamga ega bo‘lishdagi
qiyinchiliklar, o‘zini o‘ldirish uchun kerakli vositalarni osongina qo‘lga
kiritish
imkoniyati, suitsid hollaridan shov-shuv keltirib chiqaradigan OAVlar ham suitsidni
oshiradi. Suitsidlarning shakllanish kontseptsiyasi. Suitsidal axloqni tushuntiruvchi asosiy
kontseptsiyalarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin: sotsiologik,
psixopatologik va ijtimoiy-psixologik. Sotsiologik yondoshuv
doirasida svyaz mejdu
suitsidal axloq va ijtimoiy sharoitlar ortasidagi aloqa deklaratsiyalanadi. Bunga o’xshash
qarashlar asosida E.Dyurkgyeymning “anomiya” – jamiyatning qadriyatli-me'yoriy
tizimidagi buzilish haqidagi ta'lim yotadi. Dyurkeym ta'kidlaydiki, jamiyatda o’z-o’zini
o’ldirish miqdori dunyo (qadriyatlar axloqiy me'yorlar)ni individual ko’rishni belgilovchi
ijtimoiy hayotning alohida faktlari kabi “jamoaviy tasavvurlar” aniqlaydi. Masalan,
jamoaviy aloqa, jamiyatning jipslashganligi bu ma'noda o’z-o’zini o’ldirishni to’xtatadi.
qachonki jamiyatning jipsligi zaiflashsa, shaxs ijtimoiy hayotdan chekinadi va umumiy
farovonlikka o’zining shaxsiy maqsadlarini qo’yishga
intiladi, bu esa hayotdan ketish
qaroriga sabab bo’lishi mumkin. mavjudligi suitsid yuzaga kelishining xavfini oshiradi.
Bundan tashqari, ota-onalarning
shaxsiy xususiyatlari, masalan, ruhiy azoblanganlik
suitsidal dinamika omili bo’lib chiqishi mumkin.
[54]
Boshqa, psixopatologik yondoshuv suitsidni o’tkir yoki surunkali psixik buzilish
sifatida ko’rib chiqadi. Suitsidal axloqqa birmuncha o’xshash nuqtai nazarni chegaradagi
holat kabi qarash ifodalaydi. A.Ye.Lichko yozadi: “Osmirlarda suitsidal axloq – bu asosan
cheklangan chegara yonidagi psixiatriya muammosi, ya'ni xarakter aktsentuatsiyasi fonida
reaktiv psixopatik va nopsixotik holatlarni organish soqasidir”.
Muallifning kuzatishi
bo’yicha, faqat 5 foizgina suitsid va urinish psixozga tushadi, aqni vaqtda psixopatiyaga
20-30 foizi kiradi, qolganlari esa o’smir kirizidir.
Umuman olganda, statistik jihatdan suitsidal axloq va aniq psixik buzilish
o`rtasidagi yetarlicha aloqa aniqlanmagan. Sabablar. - dinsizlik; - ma'rifatsizlik;
- to‘qchilik;- yo‘qchilik;- shahvoniy,
nafsoniy sevgi;- o‘z joniga qasd qilishni
muammoning yechimi sifatida ko‘rish;
- o‘limning haqiqati, qabr azobi, oxirat, qayta tirilish, qiyomat va do‘zaxdagi azob-
uqubatlardan bexabarlik;
- ruhiy xastalik.