O‘zbеk tilining tovush tuzilishi va grafikasi.
O‘zbek tili yozuvi fonematik yozuv hisoblanadi. 1993-yil 2-sentabrdagi
„Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi
qonunga muvofiq o‘zbek tili yozuvi uchun lotin grafikasi asos qilib olindi. Nutqning
har bir tovushi uchun unga mos grafik shakl qabul qilindi.
O‘qituvchi savod o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarni tovush va harflar bilan
tanishtirishda, ularni sintezlab o‘qishga o‘rgatishda o‘zbek tilining fonetik
xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Savod o‘rgatish analitik-sintetik tovush metodiga asosan olib boriladi. So‘z
bo‘g‘inga bo‘linadi, bo‘g‘indan kerakli — o‘rganilayotgan tovush ajratilib olinadi,
tahlil qilinadi, o‘rganiladigan harf bilan sintezlanadi, shu asosda harf va butim o‘qish
jarayoni o‘zlashtiriladi. Bunda o‘zbek tili grafik tizimi, tovushlarni yozuvda belgilash
xususiyatlari hisobga olinadi. Savod o‘rgatishda o‘zbek tili grafik tizimining
quyidagi xususiyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega:
1.
Savod o‘rgatishda tovush-harf bilan tanishtirish unlilardan boshlanadi.
Hozirgi o‘zbek tilida 6 ta unli fonema mavjud: a, o, i, e, u, o‘.
E harfi so‘z va bo‘g‘in boshida qo‘llanadi (ekin, echki, aeroplan), undoshdan
18
keyin o‘rta keng lablanmagan unli tarzida o‘qiladi (kel, tez)- Savod o‘rgatishda oldin
so‘z bosliida keladigan e, so‘ngra undoshdan keyin keladigan e tovush-harfi bilan
tanishtiriladi.
O harfi o‘zbekcha, umumturkiy so‘zlarda quyi keng, lablangan о tovushini
ifodalaydi, mscha-baynalmilal so‘zlarda urg‘usiz bo‘g‘inda a tarzida (botanika), o‘
tovushi kabi (tonna), qisqa i tarzida (traktor) talaffuz qilinadi. Shuning uchun bu unli
qatnashgan ruscha-baynalmilal so‘zlar savod o‘rgatish davridan so‘ng o‘quv
jarayoniga kiritiladi.
A tovushi bahor, savol kabi so‘zlarda о kabi, muomala, munosabat kabi
so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz qilinadi, lekin a yoziladi.
U tovushi qovun, sovun kabi so‘zlarda i tovushiga yaqin talaffuz etilsa ham u
yoziladi.
I tovushi bilan, sira kabi so‘zlarda talaffuz etilmasa ham yozuvda doimo
saqlanadi.
2.
0‘zbek tilida 24 ta undosh tovush bor. Yozuvda ular 23 ta harf bilan
ifodalanadi: shulardan 3 tasi harf birikmasi, 21 tasi yakka harf bilan belgilanadi. Ular
quyidagilar: b, d, f, g, h, j (jurnal), j (jo‘ja), k,
1, m, n, p, q, r, s, t, v, x, y, z, g, sh, ch, ng. Undoshlarni o‘rgatishda ham
muayyan tartibga, talabga asoslaniladi.
Alifbo davrida undosh tovushlar bilan tanishtirishni sonor, ya’ni ovozdor
tovushlar bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Chunki sonor tovushlarni bo‘g‘in va
so‘z taikibidan ajratib olish oson. Lekin ng sonor undoshi n va g undosh tovushlari
va harflari bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. Harf birikmalarini o‘rgatishdagi
qiyinchilik hisobga olingan holda, ularning alifbe davrining oxirgi bosqichida
o‘rganilishi maqsadga muvofiqdir.
J harfi ikki tovushni ifodalaydi, shuni hisobga olib, unga alohida darslar
ajratiladi. Birinchi darsda portlovchi j tovushini o‘rgatish, talaffuzini tushuntirish,
19
analitik-sintetik mashqlar yordamida ko‘nikmalar hosil qiliinadi, keyingi darsda esa
sirg‘aluvchi j tovushi va lining talaffuzi o‘rgatiladi. So‘ng bu ikki tovushning
talaffuzidagi farq taqqoslash usuli orqali tushuntiriladi. Berilgan bilim analitik-
sintetik mashqlar yordamida mustahkamlanadi.
Sh tovushini ifodalovchi sh harf birikmasi ham s va h harfi bilan, ch tovushini
ifodalovchi ch harf birikmasi h harfi bilan tanishtirilgach, o‘rgatiladi. O‘quvchilar bu
harf birikmalarini bir yaxlit tovush sifatida o‘qish va yozishga ko‘nikishlari lozim.
Bu davrda s’h (is’hoq) tarzida o‘qiladigan holatga to‘xtalmaydi.
Jarangsiz jufti borjarangli undoshlar lalaffuzi (b—p, d—t, v-f g—k, Z-s kabi)
haqida dastlabki amaliy tushunchalar hosil qilinadi, ularning talaffuzi va yozilishiga
e’tibor qaratiladi.
X va h tovushlarining talaffuzi va imlosi haqida ham dastlabki tushunchalar
beriladi, ularni farqlash bo‘yicha maxsus mashqlar ham uyushtiriladi.
Tutuq belgisi (’) unli tovushdan so‘ng kelsa, uni cho‘zib talaffuz qilishga,
undosh tovushdan so‘ng kelsa. imdoshni unlidan ajratib talaffuz qilishga xizmat
qilishi haqida ham tushunchalar berilib, asta-sekin uni qo‘llashga doir ko‘nikmalar
shakllantiriladi.
Savod o‘rgatish jarayonida harflarning 4 xil (bosma, yozma, bosh va kichik)
shakli va ularning ishlatilish o‘rni o‘rgatiladi.
O‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish bo‘g‘in asosida olib boriladi. Bo‘g‘inlab
o‘qishga o‘rgatish uchun so‘zni bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlashni
o‘rgatish muhim sanaladi. Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilar so‘zlarni bo‘g‘inlarga
to‘g‘ri ajrata olsalar, o‘qish ko‘nikmasini ham yaxshi egallaydilar.
O‘qishning dastlabki bosqichida orfografik o‘qishdan foydalaniladi, asta-
sekin orfoepik o‘qish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Talaffuzi yozilishiga mos
kelmaydigan tovushlar ishtirok etgan so‘zlar oldin orfografik, so‘ngra orfoepik o‘qib
beriladi va ularning o‘qilishi bilan yozilishi taqqoslanadi. O‘quvchilar muayyan
20
darajada tushunchaga ega bo‘lgan!aridan so‘ng orfoepik o‘qish mashq qilinadi.
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi
Analitik-sintetik (tovush-tarkib) tovush metodiga K.D.Ushinskiy asos solgan.
Bu metod hozirgi kunga qadar ancha takomillashdi. Shu bois analitik-sintetik tovush
metodining an’anaviy hamda shakllanish, tashkil topish jarayonidagi tamoyillari
quyidagilardan iborat:
1.
Savod o‘rgatishda analitik-sintetik tovush metodi shaxsni shakl-
lantirish maqsadiga ko‘ra ta’limiy va o‘stiruvchi xarakterda bo‘ladi, nutqiy mashqlar
orqali aqliy o‘sishini ta'minlaydi, o‘qishning ongli bo‘lishini talab etadi.
2.
Analitik-sintetik tovush metodi tashkiliy tomondan quyidagi ikki davrga
bo‘linadi:
a)
alifbegacha tayyorlov davri;
b)
alifbo davri.
Bunda yozuvga o‘rgatish o‘qishga o‘rgatish bilan parallel holda olib boriladi.
3.
Analitik-sintetik tovush metodida psixolingvistik nuqtai nazardan
quyidagilarga e’tibor qaratiladi:
a)
savod o‘rgatish bolalarning jonli nutqiga, ular egallagan nutq
malakasiga asoslanadi;
b)
savod o‘rgatishga tovush asos qilib olinadi, unda tovushni ajra- tishga,
analiz va sintez qilishga, tovushlar artikulatsiyasiga, bolalarda fonematik eshitishni
rivojlantirishga katta ahamiyat beriladi;
d) o‘qish birligi sifalida bo‘g‘in olinadi, bo‘g‘in ustida ishlashga katta
ahamiyat beriladi.
Metodning shakllanish va tashkil topish jarayonidagi tamoyillari
quyidagilardir:
1.
Ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan: savod o‘rgatish
jarayonida o‘quvchilarga differensial va individual yondashish (bu bolaning umumiy
21
rivojlanishi hamda o‘qish va yozishga tayyorligiga bog‘liq).
2.
O‘qitishning istiqboli nuqtayi nazaridan: grammatika, so‘z yasalishi,
imlo, leksikologiyaga oid bilimlarni nazariyasiz amaliy asosda muntazam berib
borish.
3.
Psixolingvistik nuqtai nazaridan: tovush va harfni o‘qitishning qulay
usulini izlash, tovush va harflarning mosligini, osonligini, ta’limning tarbiyaviy va
o‘stiruvchi xarakterini hisobga olish.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilarga tarbiya ham berib boriladi. Tarbiyalash
didaktikaning muhim tamoyillaridandir. Maktabda axloqiy tarbiya beriladi, ilmiy
dunyoqarash elementlari shakllantiriladi. Bolalar darsda ommaviy siyosiy
tushunchalarni egallaydilar.
,,Alifbe“ sahifalarida do‘stlik, baynalmilal munosabat, bolalar mehnati, tabiat,
kattalar mehnat i. bolalar o‘yinlari, oila, maktab hayotiga oid rasmlar berilgan, turli
mavzularda matnlar keltirilgan. Bular bolalarda o‘zaro do‘stlik, mehnatsevarlik,
mehnatni qadrlash, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, tabiatni sevish va asrash,
hay- vonot dunyosiga qiziqish, ularni muhofaza qilish, maktab va o‘qishni sevish,
umuman, estetik tarbiyani shakllantiradi. Demak, bolalarga axloqiy,
g‘oyaviy- siyosiy, mehnat va estetik tarbiya berish ham savod o‘rgatish vazifasiga
kiradi.
Dostları ilə paylaş: |