31
Uchinchi–oltinchi sinflarda fanning oʻziga xos maqsadi oʻquvchilarni oʻzini
namoyon qilish, oʻzaro taʼsir oʻtkazish, oʻqish va yozish
qobiliyatini oshirishga
qaratiladi. Bundan tashqari, ushbu bosqichda matn janrlari doirasi kengayadi.
Oʻquvchilarga koʻproq turli matnlarni talqin va tahlil qilish, tuzish va baholash
koʻnikmalari oʻrgatiladi. Bolalar tanlagan qiziqarli kitoblar va boshqa multimediali
matnlar oʻquv jarayonida qoʻllanadi. Oʻquvchilar oʻqish orqali dunyoqarashini
kengaytiradi. Maktabdan tashqari madaniy va multimedia xilma-xilligi orqali ona tili
va adabiyotini oʻrganish imkoniyatidan keng foydalaniladi.
Oʻzbekistonda esa oʻquvchiga tilni oʻqitish orqali u boʻyicha
egallanadigan
nutqiy faoliyat turlari: tinglab tushunish, gapirish, oʻqish va yozish amallarini har bir
sinfda oʻrgatish, mustaqil fikr almasha olish, eshitilgan matnni idrok etish, yozma
manbalarni oʻqish orqali axborot olish, voqea-hodisalarga oʻz munosabatini bildirish
malakasini egallash dinamikasi nazarda tutiladi.
Adabiyot — soʻz sanʼati. Shu sababli ona tilini puxta oʻzlashtirmasdan turib,
adabiyotning goʻzalligi va qudratini anglab boʻlmaydi. Ona tili va adabiyot fani
darslari mazmuni oʻquvchida soʻzga qiziqish va eʼtibor hissini muntazam oʻstirib
borishdan, ularga soʻzning ahamiyati, turli matnlarda tutgan oʻrnini tushuntirishdan
iborat.
Oʻzbekiston Milliy oʻquv dasturida maktab bitiruvchilarida
til va adabiyot
fanlari boʻyicha rivojlantiriladigan umumiy kompetensiyalar belgilanmoqda. Ularni
nutqiy (ogʻzaki va yozma nutq malakasi, oʻqish va tushunish, tinglab tushunish)
hamda lingvistik kompetensiyalar (lingvistik malaka: fonetika, imlo, leksikologiya,
morfologiya, sintaksis) orqali shakllantirish koʻzda tutilgan.
Finlyandiya maktablarida oʻquvchilarning til koʻnikmalari va milliy madaniyati
hisobga olinadi. Maktab boshqa ona tilida soʻzlashadigan
va boshqa madaniyatga
mansub boʻlgan oʻquvchilar uchun oʻrganish hamda muloqot qilish imkoniyatini
32
yaratishi kerak. Oʻqituvchilar oʻz fani boʻyicha fin va shved tilida dars bera olishi
lozim. Barcha koʻrsatmalar umumiy oʻrta taʼlim uchun oʻquv dasturida belgilangan
muddao va tamoyillarga muvofiq boʻlishi koʻzda tutiladi. Maqsad oʻquvchilarni turli
til va madaniyatlarni qadrlashga oʻrgatish, ikki va koʻp tillilikni targʻib qilish va shu
orqali oʻquvchilarning lingvistik bilimlari va metalingvistik koʻnikmalarini
mustahkamlashdan iborat.
Yana bir holat borki, muayyan sinf yoki maktabda taʼlim qaysi tilda olib
borilishi taʼlim toʻgʻrisidagi qonun doirasida, taʼlim oluvchilar va ularning ota-onalari
qarorlari asosida belgilanadi Biroq zarurat boʻlsa, ona tili va adabiyot boʻyicha darslar
hukumat qaroriga muvofiq birlashtirilishi mumkin. Bunday holda oʻqituvchilar
umumiy oʻqitiladigan barcha fanlarning kamida yarmini ona tili sifatida belgilangan
tilda oʻtishi kerak. Bu jarayonda oila va maktab oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga amal
qilinadi.
Ingliz, nemis, fransuz va boshqa tillarni chet tili sifatida oʻrganish oʻquvchilarda
koʻp
tillilik, savodxonlik kompetensiyalarini shakllantiradi. Mutaxassislarning
fikricha, fin tilini juda kam davlatlarda tushunishadi. Shuning uchun finlar dunyo
aholisi muloqot qiladigan asosiy chet tillarni yuqori darajada oʻrganishni maqsad
qilgan. Qolaversa, turli tillarda soʻzlashish qobiliyati
fanlararo integratsiyani
mustahkamlashga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: