33
2.2. Finlyandiya ta'lim tizimi
Nufuzli Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan uch yilda bir
o‘tkaziluvchi xalqaro tadqiqotlarga ko‘ra, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari
dunyodagi eng yuqori bilimlar darajasini namoyish etishadi. Ular shuningdek
dunyodagi eng ko‘p kitob o‘quvchi bolalar hamdir. Bundan tashqari, finlyandiyalik
maktab o‘quvchilari tabiiy fanlar bo‘yicha - dunyoda ikkinchi, matematika bo‘yicha
esa beshinchi o‘rinni egallashadi. Biroq pedagogik jamiyatni quvontiradigani birgina
bu natijalar emas. Shunisi ajablanarliki, dunyo miqyosida yuqori ko‘rsatkichlarni
qayd etishlariga qaramay, finlyandiyalik maktab o‘quvchilari darslarga u qadar ko‘p
vaqt ajratishmaydi.
Finlyandiyada o‘rtacha majburiy umumta'lim tizimi ikki bosqichli maktabni
o‘z ichiga oladi:
— quyi (alakoulu), 1-6 sinf;
— yuqori (yläkoulu), 7-9 sinf.
Qo‘shimcha 10-sinfda o‘quvchilar o‘z baholarini yaxshilashlari mumkin.
So‘ngra bolalar yo professional kollejga yo‘l olishadi, yoki litsey (lukio)da o‘qishni
davom ettirishadi.
Finlyandiya ta'limi "o‘rta" bosqichining 7 tamoyili:
1. Tenglik
– Maktablar
Mamlakatda na elita va na "bo‘shroq" maktablar bor. Finlyandiyadagi eng
yirik maktabda 960 nafar o‘quvchi ta'lim oladi. Eng kichigida esa - 11 nafar. Barcha
maktablar mutlaqo bir xil jihozlangan, birdek imkoniyatlarga ega va bir xil
moliyalashtirilgan. Deyarli barcha maktablar - davlat maktablari bo‘lib, o‘nlab
xususiy maktablar bor. Ularning ota-onalar qisman to‘lov kiritishlaridan tashqari
yana bir farqi - o‘quvchilarga bo‘lgan talabning yuqoriligida. Qoidaga ko‘ra, bu
o‘ziga xos "pedagogik" laboratoriyalar: Montessori, Fren, Mortan i Valdorf
34
maktablari. Ingliz, nemis va fransuz tillarida ta'lim beriluvchi o‘quv muassasalari
ham xususiy hisoblanadi.
Finlyandiyada tenglik tamoyiliga rioya qilgan holda shved tilidagi parallel
ta'lim tizimi mavjud - bog‘chalardan tortib to universitetlargacha. Saam xalqining
manfaatlari ham unutilmagan, mamlakat shimolida ona tilida ta'lim olish mumkin.
Yaqin vaqtlargacha finlarga maktab tanlash taqiqlangan edi, bolalar shunchaki
eng yaqin oradagi maktabga chiqishardi. Taqiq bekor qilindi, lekin ota-onalarning
aksariyati baribir bolalarni yaqin oradagi ta'lim muassasasiga berishni ma'qul
ko‘rishmoqda, zero Finlyandiyada barcha maktablar birdek yaxshi.
– Barcha fanlar
Bir fanning boshqalaridan chuqurroq o‘rgatilishi maqsadga muvofiq emas. U
yerda, masalan, matematika san'atdan muhimroq hisoblanmaydi. Aksincha,
qobiliyatli bolalar uchun alohida sinflar tashkil qilinishiga yagona sabab ularning
tasviriy san'at, musiqa va sportga moyilligi bo‘lishi mumkin.
– Ota-onalar
O‘qituvchi o‘quvchisining ota-onasi kim bo‘lib ishlashini oxirgi navbatda,
zarurart tug‘ilgandagina biladi. O‘qituvchilarga ota-onalarning ish joyiga doir
savollar berish taqiqlangan.
– O‘quvchilar
Finlar o‘quvchilarni xususiyatlari yoki tanlovlariga qarab tasniflashmaydi.
Shuningdek, "yaxshi" va "yomon" o‘quvchilar ham yo‘q. O‘quvchilarni bir-
biriga taqqoslash taqiqlangan. Daho bolalar ham, aqliy salohiyati bo‘shroq bolalar
ham "o‘ziga xos" hisoblanib, barcha bilan birga o‘qishadi. Umuman olganda,
jamoada nogironligi bo‘lgan bolalar ham ta'lim oladi. Oddiy maktabda ko‘rish va
eshitish organlari kasalliklari bo‘lgan o‘quvchilar uchun sinf tashkil qilingan bo‘lishi
mumkin. Finlar alohida munosabatga talabgor insonlarni jamiyatga maksimal
darajada integratsiya qilishga harakat qilishadi. Bilimi kuchli va bo‘sh o‘quvchilar
35
orasidagi farq - juda kichik.
– O‘qituvchilar
O‘qituvchilar ham bolalarga bor mehrini beradi, "sevimlilar" ajratilmaydi.
Qoidadan har qanday chetga chiqish bunday o‘qituvchi bilan shartnoma buzilishiga
olib keladi. Fin o‘qituvchilari faqat ta'lim beruvchi vazifasini bajarishlari kerak.
Jamoada barcha o‘qituvchilar - fiziklar ham, adabiyotchilar ham, mehnat
o‘qituvchilari ham birdek teng.
– Katta yoshli kishilar (o‘qituvchilar, ota-onalar) va bolalar huquqlari tengligi
Finlar bu tamoyilni "o‘quvchiga hurmat" deb atashadi. Bolalarga 1-sinfdan ularning
huquqlari tushuntiriladi, ijtimoiy xizmatchiga katta yoshlilar ustidan shikoyat qilish
ham shular jumlasidandir. Bu finlyandiyalik ota-onalarni ularning farzandi - mustaqil
shaxs ekanini, ularga so‘z bilan ham, "qamchi" bilan ham ozor yetkazib bo‘lmasligini
tushunishga rag‘batlantiradi. Finlyandiya mehnat qonunchiligiga ko‘ra, pedagog o‘z
kasbidan kelib chiqib o‘quvchini taxqirlashga haqqi yo‘q. Barcha o‘qituvchilar faqat
1 yilga shartnoma imzolashadi, bu muddatni uzaytirish ham, to‘xtatish ham mumkin.
O‘qituvchilarga juda yaxshi maosh to‘lanadi: fan o‘qituvchisi - 5000 yevrogacha,
yordamchi - 2500 yevrogacha.
2. Bepul
O‘qishning o‘zidan tashqari quyidagilar bepul:
– tushlik;
– ekskursiyalar, muzeylar va sinfdan tashqari har qanday faoliyat;
– bolani uyidan olib ketuvchi va qaytaruvchi transport, agar eng yaqin maktab 2
kilometrdan uzoqda bo‘lsa;
– o‘quv darsliklari, barcha o‘quv qurollari, kalkulyatorlar va hatto planshet-
noutbuklar.
Har qanday maqsadlar uchun ota-onalardan pul yig‘ish taqiqlanadi.
36
3. Individuallik
Har bir bola uchun individual ta'lim va rivojlanish rejasi tuziladi. Individuallik
o‘quvchilar tomonidan foydalanilayotgan darsliklar mazmuni, mashg‘ulotlar, sinf
va uy ishlari soni hamda ularga ajratilayotgan vaqt, shuningdek ta'lim materialiga
ham tegishli.
Bir sinfning o‘zida darsda bolalar turli murakkablikdagi mashqlarni
bajarishadi. Baholash tizimi ham personal darajaga muvofiq. Agar "odatiy" mashq
a'lo bahoga bajarilsa, ertasiga yuqoriroq darajali mashq beriladi, mobodo uddasidan
chiqa olmasa, hechqisi yo‘q, yana oddiy mashq beriladi.
Finlyandiya maktablarida oddiy ta'lim bilan bir qatorda ta'lim jarayonining
ikki noyob turi mavjud:
"Bo‘shroq" o‘quvchilar ta'limini qo‘llab-quvvatlovchi — bu boshqa
mamlakatlarda repetitorlar bajaradigan ish. Finlyandiyada repetitorlik keng
tarqalgan ta'lim usuli hisoblanmaydi, maktab o‘quvchilari dars vaqtida yoki undan
keyin kerakli o‘quvchilarga qo‘shimcha yordam ko‘rsatishadi.
Korrektsion ta'lim — materialni o‘zlashtirishdagi umumiy barqaror
muammolar bilan bog‘liq. Masalan, bu ta'lim olib boriluvchi fin tilini tushunmaslik
yoki eslab qolish yo matematik qobiliyatining yaxshi emasligi, yoxud ba'zi
bolalarning asotsial xatti-harakatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Korrektsion
ta'lim kichik guruhlarda yoki individual tarzda o‘tkaziladi.
4. Amaliyot
"Yo hayotga tayyorlaymiz, yoki — imtihonlarga. Biz birinchisini tanlaymiz",
- deydi finlar. Shuning uchun Finlyandiyadagi maktablarda imtihonlar yo‘q. Nazorat
ishlari va oraliq test sinovlari - o‘qituvchining qaroriga qarab belgilanadi.
Umumta'lim maktabini tugallashda faqat birgina majburiy standart test o‘tkaziladi.
Shunisi diqqatga sazovorki, o‘qituvchilar uning natijalari uchun alohida
qayg‘urishmaydi, test natijalari uchun birovning oldida javob ham berishmaydi,
37
bolalar ham unga maxsus tayyorgarlik ko‘rishmaydi: boriga baraka.
Finlyandiya maktablarida hayotda kerak bo‘ladigan bilimlar beriladi. Masalan,
biror bir qurilmaning tuzilishi ularga kerak bo‘lmaydi, uni o‘rganishmaydi ham. U
yerdagi bolalar bolalikdan portfolio, shartnoma, bank kartasi nima ekanini yaxshi
bilishadi. Merosdan soliq fozini yoki kelgusidagi daromadlarini hisoblay olishadi,
internetda tashrif-saytini yarata olishadi va h.k.
5. Ishonch
Birinchidan, maktab xodimlari va o‘qituvchilar uchun turli tekshiruvlar yo‘q,
o‘quvchilarga ta'lim berishga doir turli uslublarni o‘rgatuvchilar ham yo‘q.
Mamlakatda ta'lim dasturi yagona, faqat umumiy tavsiyalar bor, xolos. Har bir
pedagog o‘zi to‘g‘ri deb bilgan uslubni qo‘llaydi.
Ikkinchidan, bolalarga bo‘lgan ishonch: darslarda o‘quvchi o‘zini qiziqtirgan ish
bilan shug‘ullanishi mumkin. Masalan, adabiyot darsida o‘quv filmi namoyish
etilayotgan bo‘lsa-yu o‘quvchiga buning qizig‘i bo‘lmasa, u kitob o‘qib o‘tirishi
mumkin. O‘quvchi o‘zi uchun nima foydali ekanini o‘zi tanlaydi.
6. Istak-xohish
O‘qishni istagan odam o‘qiydi. Pedagoglar o‘quvchining e'tiborini qaratishga
harakat qilishadi, lekin uning o‘rgatilayotgan fanga qiziqishi yoki qobiliyati
bo‘lmasa, darrov "ikki" baho bilan "siylashmaydi", bolani kelgusida uncha murakkab
bo‘lmagan, amaliy jihatdan foydali bo‘lgan kasbga yo‘naltirishadi. Hamma ham
samolyot ixtiro qilishi shart emas, avtobuslarni ham kimdir boshqarishi kerak-ku,
axir!
Bunga ham o‘rta maktabda chora ko‘riladi - muayyan o‘smir litseyda
bilimlarini davom ettirishi kerakmi yoki olgan bilimlari yetarlimi, professional kasb-
hunar maktabiga borish kerakdir, ehtimol. Ta'kidlash joizki, bu ikki yo‘l ham
mamlakatda birdek qadrlanadi.
38
Har bir bolaning u yoki bu faoliyatga moyilligini aniqlash "kelajak o‘qituvchisi"
tomonidan test va suhbatlar yo‘li orqali amalga oshiriladi.
Umuman olganda, Finlyandiya maktabida ta'lim jarayoni yumshoq, biroq bu
maktabni jiddiy qabul qilmasa ham bo‘ladi, degani emas. Maktab rejimiga rioya
qilish majburiy. Barcha o‘tkazib yuborilgan darslarda qayta o‘tirishga to‘g‘ri keladi.
Masalan, o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisi uchun o‘z jadvalidan "bo‘sh soat"ni belgilaydi
yoki 2-sinfning darsiga kirib o‘tiradi. Dars qiladimi, zerikib o‘tiradimi, o‘ziga havola.
Kichik yoshlilarga xalaqit bersa, bu hisobga o‘tmaydi, yana boshqa soatda qayta
o‘tirishga to‘g‘ri keladi.
O‘qituvchi bergan vazifani bajarmagan, darsda ishlamagan bolaning ota-onasi
maktabga chaqirtirilmaydi, tanbeh ham berilmaydi, aqliy qoloqlikda ayblanmaydi
ham. Agar ota-ona ham farzandining bunday xatti-harakatlariga befarq qarasa, bola
shunchaki keyingi sinfga o‘tmaydi.
Finlyandiyada bir sinfda ikkinchi yilga qolish uyat hisoblanmaydi, ayniqsa 9-
sinfdan keyin. Katta hayotga jiddiy tayyorgarlik ko‘rish lozim, shuning uchun fin
maktablarida qo‘shimcha (majburiy emas) 10-sinf bor.
7. Mustaqillik
Finlyandiyada maktab bolani eng asosiysi - mustaqil muvaffaqiyatli hayotga
o‘rgatishi kerak deya hisoblanadi. Shu bois u yerda fikr yuritish va o‘z xohishiga
ko‘ra bilim olishga o‘rgatiladi. O‘qituvchi yangi mavzularni so‘zlab o‘tirmaydi -
barchasi kitobda bor. Yod olingan formulalar emas, ma'lumotnomadan, matndan,
internetdan, kalkulyatordan foydalanish - joriy muammolar yechimini topish uchun
kerakli resurslarni jalb qilishni bilish muhim.
Shuningdek, maktabdagi pedagoglar o‘quvchilar o‘rtasidagi mojarolarga ham
aralashishmaydi, ularga hayotiy vaziyatlarga mustaqil tayyorlanish va o‘zlari uchun
javob berish mas'uliyatini rivojlantirish imkoni beriladi.
39
Finlyandiya maktablari bir xil bo‘lsa-da, ulardagi o‘quv jarayonlari turlicha tashkil
qilingan.
Qachon va qancha vaqt o‘qiladi?
Finlyandiyada o‘quv yili avgustda boshlanadi, ya'ni 8 avgustdan 16
avgustgacha, yagona kun yo‘q. O‘quv yili may oyi oxirida yakunlanadi. Kuzgi yarim
yillikda 3-4 kunlik ta'til bor, shuningdek Rojdestvo munosabati bilan 2 haftalik ta'til
beriladi. Bahorgi yarim yillik fevral oyidagi "chang‘i" ta'tilini ham o‘z ichiga oladi,
bunda fin oilalari, qoidaga ko‘ra, oilaviy chang‘i uchishga borishadi. Bundan
tashqari, bahorgi yarim yillikda Pasxa ta'tili ham bor.
Ta'lim - besh kunlik, faqat kunduzgi smenada. Juma - qisqartirilgan kun.
Nima o‘rganiladi?
1–2 sinf:
Ona (fin) tili va o‘qish, matematika, tabiat, din (e'tiqodiga qarab) yoki hayotiy
tushunchalar (dinga qiziqmaydiganlar uchun), musiqa, tasviriy san'at, mehnat va
jismoniy tarbiya. Bir darsda biryo‘la bir necha fan o‘tilishi mumkin.
3–6 sinflar:
Ingliz tili o‘rgatila boshlanadi. 4-sinfda - tanlov asosida yana bir chet tili: fransuz,
shved, nemis yoki rus tillari. Qo‘shimcha fanlar kiritiladi (tanlov asosida, har bir
maktabda har xil): klaviaturada ishlash tezligi, kompyuter bilimlari, daraxt bilan
ishlash, xor ijrosi. Deyarli barcha maktablarda musiqiy asboblarda o‘ynashni
o‘rgatishadi, bolalar 9 yillik ta'lim davomida barcha musiqiy asboblarida o‘ynashni
mashq qilib ko‘rishadi.
5-sinfda biologiya, geografiya, fizika, kimyo va tarix qo‘shiladi. 1-sinfdan 6-
sinfgacha deyarli barcha fanlardan bir o‘qituvchi kiradi. Jismoniy tarbiya darsi
haftada 1-3 marta istalgan sport o‘yini shaklida o‘tadi (maktabning tanlovi asosida).
Darsdan keyin dush qabul qilish majburiy. Adabiyot bizning tushunchamizdagidek
o‘qitilmaydi, bu ko‘proq shunchaki o‘qishni eslatadi.
40
Fan o‘qituvchilari faqat 7-sinfdan kira boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |