Gumanitar fanlar


-rasm. Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli4



Yüklə 97,78 Kb.
səhifə6/14
tarix14.05.2022
ölçüsü97,78 Kb.
#57899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
28-Mavzu. Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari va rivojlanib borishi

2-rasm. Bozor xo’jaligi sub’ektlari o’zaro aloqasining umumiy modeli4.

Har qanday bozor iqtisodiyotini tartibga solish mexanizmi asosan to’rtta tarkibiy qismdan iborat bo’ladi: narx, talab va taklif hamda raqobat.

Narxlar nisbati o’zgarib turadi, shuning uchun narx, ishlab chiqaruvchi uchun ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi zarurligini aniqlashda yo’l ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Talab va taklif hamda raqobatchilik muhitidagi o’zgarishlar, o’z navbatida, narxlardagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Bozor iqtisodiyotining muhim va umumiy belgilari quyidagilardan iborat:

- turli shakllardagi mulkchilikning mavjud bo’lishi va unda xususiy mulkchilikning ustun turishi;

- tadbirkorlik va tanlov erkinligi;

- raqobat kurashning mavjudligi;

- davlatning iqtisodiyotga cheklangan holda aralashuvi;

- korxona va firmalarning ichki va tashqi shart-sharoitlar o’zgarishlariga moslashuvchanligi.

Bozor iqtisodiyotining bu belgilari uning hamma bosqichlari uchun umumiydir. Lekin bozor iqtisodiyotining mazmuni va belgilari haqida ga’ borganda bu iqtisodiyotning tarixda tarkib to’gan ikki turini bir-biridan farq qila bilish zarurdir. Uning birinchi ko’rinishi uzoq vaqt davomida shakllanib, g’arbdagi rivojlangan mamlakatlarda XIX asrning oxirlarigacha davom etib keldi. U iqtisodiy adabiyotlarda klassik yoki sof bozor iqtisodiyoti deb nom oldi. Uning asosiy belgilari: a) xususiy mulkchilikka asoslangan holda iqtisodiy faoliyat yuritish; b) ka’ital va ishlab chiqarishning korxona miqyosida umumlashganligi; v) tadbirkorlar, ishchilar, ishlab chiqaruvchi va iste’molchilarning shaxsiy erkinligi; g) tadbirkorlarning yuqori foyda olish uchun kurashlari; d) iqtisodiyotning talab va taklif, erkin bozor narxi va raqobat kurashlari asosida tartiblanishi; e) aholining ijtimoiy himoya qilinmasligi, ishsizlikning va aholi ijtimoiy tabaqalashuvining kuchayishi.

Bozor iqtisodiyotining ikkinchi ko’rinishi hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti deb atalib, XIX asrning oxiri va XX asr boshlaridan buyon amal qiladi. Uning asosiy belgilari:

a) mulkchilikning turli shakllariga ya’ni, xususiy, davlat, jamoa, aralash va boshqa mulk shakllariga asoslanib iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyati yuritilishi;

b) ka’ital va ishlab chiqarishning yuqori darajada umumlashganligi, mulkning bir qismi yirik mono’oliyalar va davlat qo’lida to’lanib, milliy va xalqaro miqyosda umumlashganligi;

v) iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki. Bunda davlat fan-texnika taraqqiyoti va boshqa omillarni hisobga olib, turli iqtisodiy tadbirlarni, rivojlanish istiqbolini aniqlash, turli sohalar va tarmoqlar o’rtasidagi nisbatlarni tartibga solish chora-tadbirlarini belgilash vazifalarini bajaradi;

g) xo’jaliklarni yuritishda reja usulidan foydalanishning kuchayishi (biznes rejasi, marketing tizimi orqali boshqarish);

d) ijtimoiy himoyaning kuchayishi. Bunda davlatga, jamoalar va xususiy kishilarga tegishli turli xil ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy sug’urta fondlarining vujudga kelishi.








Yüklə 97,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin