Gumanitar fanlar


-rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari5



Yüklə 97,78 Kb.
səhifə7/14
tarix14.05.2022
ölçüsü97,78 Kb.
#57899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
28-Mavzu. Bozor iqtisodiyoti mazmuni, asosiy belgilari va rivojlanib borishi

3-rasm. Zamonaviy bozor xo’jaligi modellari5

Bu har ikkala turda bozor iqtisodiyotining asosiy belgilari va xususiyatlari saqlanib qoladi, ularda tovar va pulning harakati, ularning qonun-qoidalari rivojlanish uchun negiz va shart-sharoit bo’lib xizmat qiladi.

Hozirgi zamon bozor xo’jaligi iqtisodiyot xususiy va davlat sektorlarining o’zaro aloqasiga asoslanadi. Iqtisodiyotga ta’sirning intensivligi darajasi hamda davlat tomonidan hal etiluvchi ustuvor vazifalardan kelib chiqqan holda, zamonaviy bozor iqtisodiyotining quyidagi modellari farqlanadi (3-rasm).

Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, ba’zi bir o’quv adabiyotlarida bozor iqtisodiyotini bosqichlarga ajratishda ma’lum noaniqlik, chalkashliklarga yo’l qo’yilgan. Jumladan, D.Tojiboeva uning dastlabki («kurtak»), erkin, tartibga solinuvchi va deformastiyalashgan bosqichlarini ajratib ko’rsatadi6.

Bozor iqtisodiyotni bunday bosqichlarga ajratilishi, fikrimizcha, quyidagi mulohazalarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi:

Birinchidan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi turli mamlakatlarda turli tarixiy davr va sharoitlarda turlicha kechgan. Natijada, alohida bosqich sifatidagi dastlabki, «kurtak» bozor iqtisodiyotning umumiy iqtisodiy manzarasi uning amal qilishining nazariy qoida va xususiyatlarini aniq tarzda ajratish va ifodalash mushkul. Shunga ko’ra, mazkur bosqich o’zining mohiyatini klassik bozor iqtisodiyoti bosqichida to’liq ifodalaydi, degan xulosa o’rinlidir.Ikkinchidan, deformastiyalashgan bozor iqtisodiyoti bosqichining ajratib ko’rsatilishi mantiqqa zid hisoblanadi. Chunki, muallifning o’zi tomonidan keltirilgan yorqin misol - ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan totalitar, markaziy rejalashtiradigan tizim - o’z nomiga ko’ra hech qanday bozor iqtisodiyoti emas, balki ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdir.

Bozor iqtisodiyotida yuqorida tilga olingan belgi va tartiblar bilan birga, barcha hozirgi zamon iqtisodiy tizimlariga xos bo’lgan bir qator shart-sharoitlar bo’lishi taqozo qilinadi.

Bular quyidagilar:

- ilg’or texnologiya va yangi texnik vositalardan keng miqyosda foydalanish;

- ishlab chiqarishning ixtisoslashishi.





  1. Yüklə 97,78 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin