Jahon tarixi mavzu: 1991-2017-yillarda Italiya 11-sinf 1990-yillarda Italiya



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#163681
  1   2   3

JAHON TARIXI


Mavzu:
1991-2017-yillarda Italiya
11-sinf

1990-yillarda Italiya


Italiyada postindustrial jamiyatning asoslari o‘tgan asrning 80-yillarida shakllandi. Keng miqyosda sanoat ishlab chiqarishining texnik bazasi va texnologiyasini yangilash jarayoni — ishlab chiqarishga kompyuter boshqaruv tizimini joriy qilish, robotlardan keng foydalanish boshlandi. Eng asosiysi, bu jarayonning oldingi safida kichik korxonalar bordi.
Jamiyatning ijtimoiy strukturasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Jadal rivojlanayotgan xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lganlar soni tez o‘sdi.

1990-yillarda Italiya


Siyosiy hayotda beqarorlik va hukumatning tez-tez almashishi Italiyaning o‘ziga xos an’anasiga aylandi. Italiyada davlat institutlarining chuqur inqirozi, shuningdek, mafiya tizimlarining faoliyati bilan ham bog‘liq edi. Hokimiyatning yuqori organlarida misli ko‘rilmagan korrupsiya Italiya siyosiy mexanizmining o‘ziga xos tomonlari bo‘lib qoldi.

1990-yillarda Italiya


1980-1990-yillar boshlarida ichki siyosiy jarayonlarga an’anaviy partiyalarning ta’siri kamaydi. 1991-yilda Italiya kommunistik partiyasi tarqalib ketdi. Uning bazasida Liberal-sotsialistik partiya va Kom­munistik uyg‘onish partiyasi tashkil qilindi.
1992-yil fevral oyida mamlakatda “Halol qo‘llar” kampaniyasi boshlanib, hokimiyatning yuqori qatlami va asosiy partiyalar rahbariyatida ommaviy korrupsiya holatlari aniqlandi.
Saylovlar Italiyada proporsional tizim bo‘yicha o‘tkazilardi. 1993-yilgi referendumda Italiya aholisi bunday saylov tizimidan voz kechish uchun ovoz berdi.

1990-yillarda Italiya


Italiyada pora olish bilan bog‘liq yangi siyosiy janjallar avj oldi. Yirik tadbirkorlar, Xristian-demokratlar partiyasi (XDP) va Italiya sotsialistik partiyasi (ISP) yetakchilari, deputatlar va senatorlar, bir necha vazirlar tergovga tortildi. Italiya prezidenti F.Kossiga iste’foga chiqdi. Jami 20 ming kishi tergov ro‘yxatiga kiritildi.
1992-yil fevraldan boshlab ikki yil ichida poraxo‘rlikda ayblanib uch mingga yaqin kishi, jumladan, sobiq bosh vazirlar, parlament deputatlari, vazirlar qamoqqa olindi. Hokimiyatning oliy rahbariyati bilan mafiya o‘rtasidagi aloqani ochib tashlagan sud jarayoni butun jamiyatni hayratga soldi.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin